Qo’shma korxonalarning milliy iqtisodiyotga qo’shgan hissasini statistik o’rganish
Download 0.5 Mb.
|
Anvarov Jamshidbek
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34,5 tonna selen, 2,8 tonna tellur hamda 92,5 kg palladiy mahsuloti ishlab chiqarildi.
- 2022 yilda Kombinat tomonidan budjetga 18,6 trln so‘m, ijtimoiy jamg‘armalarga 240,3 mlrd so‘m to‘lovlar amalga oshirildi.
Mis katodi - 148 516 tonna (loyiha quvvati 148 000 tonna)
metalli rux -90,05 ming tonna oltingugurt kislotasi -815,0 ming tonna ishlab chiqarildi. Qimmatbaho metallar rejasi : oltin –rejasi 100,3% kumush rejasi ham 100,3 % bajarildi. Shuningdek, nodir metallar: molibden 1 177,2 tonna va 33,8 tonna volfram 34,5 tonna selen, 2,8 tonna tellur hamda 92,5 kg palladiy mahsuloti ishlab chiqarildi. Investitsiya dasturi doirasida o‘z mablag‘lari va kreditlar hisobidan 788,8 mln dollar o‘zlashtirilib, o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga o‘sishga erishildi. Bunda umumiy qiymati 1,3 trln so‘m bo‘lgan 15 ta loyiha, shu jumladan ijtimoiy sohada 5 ta obekt (116,1 mlrd so‘m) foydalanishga topshirildi. Jami 947,5 mln dollar qiymatdagi mahsulot eksport qilinib, prognoz 110,8 foizga bajarildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 334,1 mlrd so‘m miqdorda mahsulotlar ishlab chiqarildi yoki prognozga nisbatan 141,0 foizni tashkil etdi. Raqamlashtirish dasturi bo‘yicha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan 48 ta axborot tizimlari joriy qilinib, qog‘oz hujjat aylanishi 80 foizga va omborlardagi tovar-moddiy boyliklar qoldiqlari 260 mlrd so‘mga qisqartirildi hamda jami 237 mlrd so‘m iqtisod qilindi. 2022 yilda Kombinat tomonidan budjetga 18,6 trln so‘m, ijtimoiy jamg‘armalarga 240,3 mlrd so‘m to‘lovlar amalga oshirildi. Qiziqarli ma’lumotlar.2020 yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlar tahlili natijasiga ko‘ra, eng ko‘p sof foyda ko‘rgan 20 ta korxona ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi. Unga ko'ra, "Olmaliq kon-metallurgiya zavodi" AJ eng ko'p foyda olgan korxona deb topildi. Uning o'tgan yilda olgan foydasi 3944,9 mlrd. so'mni tashkil qilgan. Keyingi o'rinni "O'zbekneftgaz" AJ egallagan. U o'tgan yil davomida 3432,1 mlrd. so'm miqdorida foyda olgan. Uchinchi o'rinda esa 292,6 mlrd. so'mlik foyda bilan "Farg'onaazot" AJ turibdi. Bundan tashqari: "O'zbekiston metallurgiya kombinati" AJ - 218,5 mlrd. so'm; "Hududgazta'minot" AJ - 211,2 mlrd.so'm; "Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan" MChJ - 205,7 mlrd.so'm; "Koskom" MChJ - 199,8 mlrd.so'm; "O'zshahar qurilish invest" MChJ - 168,8 mlrd.so'm; O'zavtosanoat" AJ - 160,3 mlrd.so'm; "O'zbekiston Respublikasi tovar hom ashyo birjasi" AJ - 94,8 mlrd.so'm; "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ - 89,8 mlrd.so'm; "O'zbek o'rmon investitsiya kompaniyasi" MChJ - 86,4 mlrd.so'm; "Agroklaster" MChJ - 82,9 mlrd.so'm; "O'zbektelekom" AJ - 69,7 mlrd.so'm; "Dori-darmon" AJ - 53,8 mlrd.so'm; "Texnik ta'minlash va butlash" MChJ - 52,7 mlrd.so'm; "O'zbekgeofizika" AJ - 50,5 mlrd.so'm; "Namangandonmahsulotlari" AJ - 45,3 mlrd. so'm; "O'zbekiston Respublikasi valyuta birjasi" AJ - 45,2 mlrd.so'm; "O'zdonmahsulot" AJ - 44,8 mlrd.so'm Shunday qilib, umumiy hisobda korxonalar ishtiirokidagi yillik foyda 9548,9 mlrd so'mga yetgan. Ma'lumot uchun, mamlakatimizda bugungi kunda davlat ishtirokidagi korxonalar soni 2 578 tani tashkil etadi. Ularning 675 tasi faoliyatsiz, tugatish jarayonida va bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling