Qo’shma korxonalarning milliy iqtisodiyotga qo’shgan hissasini statistik o’rganish


Download 0.5 Mb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1424010
1   2   3
Bog'liq
Anvarov Jamshidbek

Oʻzbekistonda, asosan, mustaqillikdan keyin Koreya Respublikasi, AQSH, Xitoy, Italiya, Turkiya, pokiston, Germaniya, Rossiya, Ukrai-na, Buyuk Britaniya va boshqa bir qator davlatlar kompaniyalari va fir-malari bilan hamkorlikda Qoʻshma korxonalar ishga tushirildi. Avtomobilsozlikda "Oʻz DEUavto" Oʻzbekistonkoreya (qarang Asaka avtomobil zavodi), "SamKoch-avto" OʻzbekistonTurkiya, oltin sanoatida "Zarafshon-Nyumont" Oʻzbekiston-Amerika, "OʻzBAT" Oʻzbekiston-Buyuk Britaniya (qarang "British Ame-riken Tobakko"), "Sovplastital" Oʻzbekiston-Italiya, telekamunikatsiya korxonalari va boshqa juda koʻp Qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

2002-yilda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar eksporti hajmi Oʻzbekiston Respublikasi umumiy eksport hajmining 19,8% ni(443,0 mln. AQSH dollari) va import respublika umumiy importi hajmining 26% ni (704,8 mln. AQSH dollari) tashkil etdi. Oʻzbekistonda 2004-yil 1 yanvar holatiga koʻra chet el investitsiyalari ishtirokidagi 3539 korxona roʻyxatga olingan boʻlib, ularning 62,4% faoliyat yuritdi.

Qo’shma korxonalar


Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 11 919 tani tashkil qiladi. Shulardan 5724 tasi qo‘shma korxona va 6195 tasi xorijiy korxonalar hisoblanadi.
2021 yilning 1 fevral holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning sohalar bo‘yicha soni:
Sanoat — 3981 ta;
Savdo — 3148 ta;
Qurilish — 966 ta;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 690 ta;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 507 ta;
Tashish va saqlash — 322 ta;
Axborot va aloqa — 321 ta;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish — 174 ta.
Olmaliq hududi qadimdan konchilikka ixtisoslashgan zamin hisoblanadi. Eramizning IX-XII asrlariga taaluqli bo’lgan ko’plab qadimgi topilmalar va ruda qazuvchilar faoliyatining izlari hamma joyda qayd etilgan. Bu esa Olmaliqda qadimda mis, qoʻroshin, rux, oltin, kumush, temir, ametist, feruza va boshqa qazilmalar jadal ravishda qazib olinganligidan darak beradi. Kombinat tomonidan ishlov beriladigan deyarli barcha ruda konlari o’z vaqtida o’sha qadimgi konlar izlari bo’yicha ochilgan.
Respublikamizda konchilik va metallurgiya sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. 36 000 nafardan ortiq konchi-metallurgni birlashtirgan, O’zbekiston rangli metallurgiyasining bayroqdori Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 40 dan oshiq millat va elat vakillari bo’lgan konchi-metallurglar mehnat qilishadi. O’zining 70 yillik tarixi davomida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelayotgan “Olmaliq KMK” AJ O’zbekistondagi eng yirik sanoat korxonalaridan biri bo’lib, uning ishlab chiqarish quvvati Toshkent, Jizzax, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida joylashgan mis-molibden, qo’rg’oshin-rux, oltin va kumush konlariga asoslanadi.
Ona-zaminimiz bag’ridagi nodir, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olishga hamda ularni qayta ishlashga ixtisoslashgan ushbu kombinat konlaridan qazib olinayotgan ma’danlar tarkibida Mendeleev davriy jadvalidagi elementlarning deyarli barchasi mavjud.
“Qalmoqqir”, Angren, Chodak va Xondiza kon boshqarmalari hamda “Kovuldi” konining boy zaxiralari, shuningdek, beshta boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, Markaziy ta'mirlash-mexanika zavodi, Avtomobil transport boshqarmalari va Texnologik transport boshqarmalari, Sanoat temiryo`l transport boshqarmasi shuningdek, uchta qo’shma korxona «Hayat Power Cable Systems» (yuqori kuchlanishli elektr kabellarini ishlab chiqaradi), “AWP” (santexnika mahsulotlarini ishlab chiqadi) va “Deutsche IT-AGMK” QK MChJ mavjud.
Shuningdek, korxonalarimizni ohak xom-ashyosi bilan ta’minlab kelayotgan Ohak zavodi, konchilar ishini yengillashtirayotgan Portlatish materiallari zavodi, shuningdek, Issiqlik elektr markazi, Sanoat suv ta’minoti sexi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, kapital qurilish boshqarmasi, kombinat va shaharda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining boshida turgan “Olmaliq metallurgqurilish” tresti, Ixtisoslashgan ta’mir ishlari boshqarmasi va boshqalardir.
Kombinatda ishlab chiqarilayotgan oltin va kumush London qimmatbaho metallar birjasining sifat belgisiga, ya’ni “Yaxshi yetkazib beruvchi” maqomiga ega. Mis ishlab chiqarish jarayonida sifat tizimi menejmenti joriy etilib, unga Xalqaro muvofiqlik sertifikati olingan. Ushbu muvofiqlik sertifikati kombinatning Jizzaxdagi sement ishlab chiqarish jarayoniga ham berilgan.
Metallurglar, konchilar va qimmatbaho metall qazib olish sohasining yetuk olimlari ishtirokida ekspertlar guruhi tashkil etilgan bo’lib, ular tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini uzoq muddatda modernizatsiya qilish bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Dasturda qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish va qayta ishlashga ilg’or xorijiy tajribani joriy qilish ko’zda tutilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu dasturni tatbiq etish uchun taxminan 300 million dollardan ortiq mablag’ yo’naltiriladi. Bu esa yiliga mis ishlab chiqarish hajmini 109 ming tonnadan 140 ming tonnagacha, rux metallini ishlab chiqarishni 78 ming tonnadan 120 ming tonnagacha, oltingugurt kislotasi ishlab chiqarishni qariyb ikki barobar - 845 ming tonnadan 1,6 million tonnagacha oshirish imkonini beradi.
Qimmatbaho va nodir metallarni qazib olish hamda qayta ishlash avvalgi yillarga nisbatan 1,3 martaga ortadi.
Mahsulotlarni sotishdan olinadigan daromad 1,5 barobarga ortib, 12 trillion so’mga yetadi. Davlat byudjetiga tushumlar hajmi ham 1,4 barobarga ortib, 5 trillion so’mdan ortadi. Kombinatning sof foydasi ham 1,4 barobarga ortib, 1,6 trillion so’mni tashkil qiladi.
Yangi konlarni, jumladan, “Yoshlik I” (23 million tonna mis-molibden) va “Yoshlik II” (2 million tonna mis-molibden) konlarini o’zlashtirish va rivojlantirish yo’lida ayni paytda yettita istiqbolli investitsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Endilikda “Olmaliq KMK” AJ rahbariyati istiqbolda ijtimoiy sohadagi chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlash, oddiy ishchidan tortib to markaziy apparat xodimlarigacha bo’lgan mehnat jamoasi bilan uzviy tarzda ishlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini va eksportni yanada oshirish, mehnatkashlarni har tomonlama ijtimoiy qo’llab-quvvatlashdek vazifalarni o’z oldiga qo’ygan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati haqida


Kombinat mehnat jamoasi tomonidan 2022 yilga belgilangan barcha vazifalar bajarilishiga erishildi.
Xususan, 2022 yilda 30,5 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarildi. (belgilangan reja 28 trlnni tashkil etadi.), prognoz 108,3 foizga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida:

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling