Mavzu: Sifat menejmenti tizimi


Download 1.15 Mb.
bet1/7
Sana22.12.2022
Hajmi1.15 Mb.
#1042616
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifat menejmenti tizimi

Mavzu: Sifat menejmenti tizimi

Reja:

  • Sifatni boshqarish tizimining mohiyati
  • ISO 9000 seriyali standartlari-SMT uchun mo`ljallangan standart
  • SMT uchun sertifikatning zarurligi
  • SMTni joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar

SMTni joriy etish va sertifikatlashga ketadigan xarajatlar
Eng ko`p tarqalgan xarajatlarga quyidagilarni kiritish mumkin: hujjatlar tizimini yaratish; maslahatchilik xizmat haqi; xodimlarni ISO 9000 seriya standartlari tamoyillariga o`rgatish; SMTni joriy etish uchun qo`shimcha xodimlarni yollash; ishlab turgan xodimlarning SMTni joriy etishga sarflaydigan vaqtinchalik xarajatlari; sertifikatsion audit haqi; axborot texnologiyalariga qo`shimcha investitsiyalar (ehtimol, yangi dasturiy ta`minotni sotib olish uchun).
SMT uchun sertifikatning zarurligi
 
ISO 9000 bo`yicha SMTni sertifikatlashning ko`p sabablaridan biri “iste`molchilarning talabi” edi va bo`lib qoladi. Bu omil ko`p jihatdan sanoat bozoriga (“business–to-business”) taalluqlidir, chunki ISO 9000 sertifikati ta`minotchi hamkorni izlash va keyinchalik u bilan munosabat o`rnatish bilan bog’liq chiqimlarni qisqartirish imkonini beradi.
Birinchi tamoyil
Iste`molchiga e`tiborni qaratish. Kompaniyaning muvaffaqiyatli ishlashi avvalo uning buyurtmachilariga bog’liqdir. shu boisdan har qanday tadbirkorlik faoliyati bozorni tahlil qilish va mijozlarning ehtiyojini o`rganishdan boshlanishi kerak, shular asosida mahsulot loyihalashtiriladi va ishlab chiqarishga joriy qilinadi. shu bilan birga, ideal variant - nafaqat buyurtmachilarning rasmiy talablarini bajarish, balki ularning istaklarini oldindan ko`ra bilishdir
Ikkinchi tamoyil
Yetakchilik. Bu tamoyilni shartli ravishda ikki tomonlama ko`rib chiqish mumkin. Bir tomondan, u bevosita tashkilot rahbarlariga qaratiladi, chunki ular kompaniyalarda sifatni yaxshilashga qaratilgan o`zgarishlarni amalga oshirishda juda muhim rol’ o`ynaydilar
Uchinchi tamoyil
Xodimlarni jalb qilish tamoyili; amalda har bir xodimning boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda muntazam ishtirok etishini bildiradi. Bunday imkoniyat kishilarda ijodiy mehnatga undaydigan mas`uliyat va ishtirokchilik hissini uyg’otadi, bu esa pirovard-natijada tashkilot samaradorligini oshiradi. Kompaniya rahbariyati xodimlar maqsadi tashkilot maqsadiga imkon qadar hamohang bo`lishiga harakat qilishi lozim. Bunda moddiy va ma`naviy rag’batlantirish katta ahamiyatga egadir

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling