Mavzu: Sifat menejmenti tizimi


Download 1.15 Mb.
bet4/7
Sana22.12.2022
Hajmi1.15 Mb.
#1042616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifat menejmenti tizimi

SMT va ISO 9000 seriya standartlari rivojlanishiga katta hissa qo`shgan “g’arb maktabi”ning vakili, amerikalik mutaxassis F.B.Krosbi o`zidan oldingi hamkasblaridan farqli o`laroq, sifatni kompleks usulda takomillashtirish muammosini echish taklifi bilan chiqdi. U sifat tizimini joriy etishning 14 ta qoidasini kashf etgan. ISO 9000 standartlarida bunday yondoshuv (unifikatsiyalash va standartlashtirish) 8 yil o`tgandan keyingina – 1987 yilda qo`llanilgan.

ISO 9000 seriyali standartlari-SMT uchun mo`ljallangan standart

  • ISO 9000 seriyali standartlari-SMT uchun mo`ljallangan standart
  • 1987 yil 9000 seriyali ISO standartlarining beshtasi nashr etilgan: ISO 9000, ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 va ISO 9004. 1986 yilda esa, sifat ta`minoti sohasidagi ISO 8402 atama va tushunchalarning uch tildagi lug’ati ishlab chiqilgan. ISO 9000 standarti esa, 9000 seriyali ISO standartlaridan qaysisini tanlash va qanday qo`llash bo`yicha yo`riqnomani o`z ichiga olgan. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 standartlari (“sifatni ta`minlash modellari”, deb ham ataladi) mahsulot hayotiy tsiklining turli bosqichlari uchun mo`ljallangan, sifat tizimiga qo`yilgan me`yoriy talablardan iborat bo`lib, mahsulot ishlab chiqaruvchining sifat tizimini baholashning, shu jumladan, bu tizimni sertifikatlashning me`yoriy bazasi bo`lgan:

ISO 9001. To`liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik xizmat ko`rsatishni o`z ichiga oladi;

  • ISO 9001. To`liq ishlab chiqarish jarayonining sifat tizimi – yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, ishlab chiqarish va sotishdan tortib, tayyor mahsulotga texnik xizmat ko`rsatishni o`z ichiga oladi;
  • - ISO 9002. Loyihalashtirishni o`z ichiga olmagan ishlab chiqarish jarayoni uchun, ya`ni, an`anaviy mahsulotni chiqarish uchun mo`ljallangan sifat tizimi;
  • - ISO 9003. Faqat tayyor mahsulot nazoratini amalga oshiruvchi tashkilotlarga (ishlab chiqarish jarayoni bunga kirmaydi) mo`ljallangan sifat tizimi, masalan: savdo tashkilotlari va vakolatxonalari;
  • ISO 9001 modeli eng umumiy bo`lib, boshqa ikki sifat modellarining ham talablarini o`z ichiga olgan. ISO 9004 standarti sifat tizimiga bo`lgan talablarni izohlovchi yo`riqnomalardan iborat bo`lib, korxonada sifat tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish uchun mo`ljallangan.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling