Mavzu: Sifat menejmenti tizimi


yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashr etildi. Standartlar to`plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat


Download 1.15 Mb.
bet5/7
Sana22.12.2022
Hajmi1.15 Mb.
#1042616
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sifat menejmenti tizimi

2000 yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashr etildi. Standartlar to`plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat:

2000 yil 15 dekabrda 9000 seriyali ISO standartlarining yangi tahriri rasman nashr etildi. Standartlar to`plami endi 4 ta asosiy standartdan iborat:

  • ISO 9000:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug’at” – sifat menejmenti tizimlarining asosiy qoidalari va SMT atamalarini izohlaydi.
  • ISO 9001:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Talablar” – sifat tizimlari uchun minimal zarur bo`lgan talablar majmuini joriy qilib, sertifikatlash va audit maqsadlarida qo`llaniladi.
  • ISO 9004:2000 “Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo`yicha tavsiyalar” - korxonalarning samaradorligini oshirishga qaratilgan sifat menejmenti tizimlarini yaratish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalardan iborat.
  • ISO 19011 “Sifat menejmenti tizimini tekshirish va atrof-muhitni himoyalash bo`yicha yo`riqnomalar”.

ISO 9000 bo`yicha SMTni sertifikatlashning ko`p sabablaridan biri “iste`molchilarning talabi” edi va bo`lib qoladi. Bu omil ko`p jihatdan sanoat bozoriga (“business–to-business”) taalluqlidir, chunki ISO 9000 sertifikati ta`minotchi hamkorni izlash va keyinchalik u bilan munosabat o`rnatish bilan bog’liq chiqimlarni qisqartirish imkonini beradi. ISO 9000 seriya standartlari talablariga muvofiq SMTni ishlab chiqish jarayoni vaqtning katta davrini o`z ichiga olishi sababli, mazkur omil sertifikatlashning xarajatli jihatini ko`rib chiqishda o`ta muhim sanaladi. Turli korxonalarning tajribasi dalolat berishicha, ro`yxatga olish jarayoniga odatda 12 oydan 18 oygacha vaqt sarflanadi. Mavjud sifat tizimining etukligi, sabablar darajasi, qabul qilingan yondoshuv, mavjud hujjatlarning holati va jalb qilingan resurslar kabi omillarga ko`ra, bu davr o`zgaradi. Qisqa muddat ichida tizimga katta o`zgarishlar kiritish odatda chalkashliklarga, barcha ish qatnashchilarining noto`g’ri tushunishiga va harakatlarining qovushmasligiga olib keladi.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling