Taqlid so‘zlar
Tovushga va holatga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar deyiladi. Bunday so‘zlar ma’no jihatidan ikki turga bo‘linadi:
1. Tovushga taqlid bildiradigan so‘zlar: gumbur-gumbur, dup-dup, duk-duk, shiq-shiq, qiy-chuv, taq-tuq, g‘arch-g‘urch, inga-inga, pix-pix, qult-qult, bidir-bidir, vov, uv, irr, mo‘o‘, maa, baa, mee, ing-ing, ang-ang, miyov, vaq-vaq, vish-vish, qu-qu, qa-qa, g‘a-g‘a, qag‘-qag‘, pit-pildiq, parr, viz-viz.
2. Holatga taqlid bildirgan so‘zlar: yalt-yult, apil-tapil, g‘uj-g‘uj, yarq-yurq, jimir-jimir, milt-milt, lip-lip, pildir-pildir, hang-mang, jilpang-jilpang, alang-jalang, mo‘lt-mo‘lt, lop, likang-likang, qilpang-qilpang, salang-salang, g‘ivir-g‘ivir, dik-dik, lik-lik, hilp-hilp, duv-duv, pir-pir, lang, dang, hil-hil kabi.
Taqlid so‘zlar yakka holda, juft holda va takrorlangan holda qo‘llanadi. Juft va takrorlangan taqlid so‘zlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi.
Taqlid so‘zlar mustaqil so‘zlar kabi gap bo‘lagi bo‘la oladi: SHamol g‘ir-g‘ir (hol) esmoqda.
Tovushga taqlid so‘zlar ba’zan otlashib, ko‘plik, egalik va kelishik qo‘shimchalarini qabul qiladi va ega, qaratqich aniqlovchi hamda to‘ldiruvchi vazifalarini bajaradi: Odamlarning g‘ovur-g‘ovuri bosildi. YUragining duk-dukini eshitdi. CHug‘ur-chug‘urning to‘xtashi amri mahol.
Modal so‘zlar tahlili
|
Undov, taqlid so‘zlar tahlili
|
1. Ma’no turi.
2. Qaysi turkumdan kelib
chiqqan?
3. Gapda bajargan vazifasi
|
1. Ma’no turi.
2. Tuzilish turi.
3. Otlashgan-otlashmaganligi.
4. Gapda bajargan vazifasi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |