Qo`shtepa tumani 43-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi Ergʻoziyeva Xurshidaxonning 2022-2023 o`quv yilida amalga oshirgan sinfdan tasqari ishlari yuzasidan ma`lumotnoma
Download 40.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqMa\'lumotnoma Tadbirlar
Qo`shtepa tumani 43-umumiy o`rta ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi To`ychiyeva Feruzaxonning 2022-2023 o`quv yilida amalga oshirgan sinfdan tasqari ishlari yuzasidan
ma`lumotnoma Men To`ychiyeva Feruza 2022-2023 o`quv yilida 15 soat dars bilan ta`minlandim. Menga o`quv yilida 1-,,B” sinfiga rahbarlik qilish topshirildi.O`zimga berilgan darslar uchun avgust oyida yillik taqvim mavzu rejalarini tayyorladim va tasdiqlatdim,kundalik kom.ga joyladim.Yillik ish rejam asosida o`quv qo`llanmalari va darsliklar bilan tanishib chiqdim. Avgust oyida o`zimga biriktirilgan mikrouchastkada 0 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalarni ro`yhatga oldim. 1- ,,B” sinfda jami 26 nafar o`quvchi bo`lib,ulardan 12nafari qizlardir. Har bir darsni davlat ta`lim standartlari asosida ,,Dars muqaddas dasturiga amal qilib, olib borishga harakat qildim. Dars jarayoniga ta`limning noan`anaviy usullari va metodlarini tadbiq qilib bordim.O`quvchilarning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olib, shug`ullanib bordim. Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun yillik ish reja tayyorlab muntazam o`tib bordim.Rejada berilgan amaliy mashg`ulotlar uchun ekskursiyalar uyushtirib , o`quvchilar bilan tabiat qo`yniga , Farg`ona shahar o`lkashunoslik muzeyiga ,mohir chevar va usta hunarmandlar oilalariga sayr qildik.Bu o`quvchilar yodida qoldi.Ular turli mavzuda mustaqil ishlar tayyorlab,yangidan yangi yutuqlarga erishdilar. 28-sentabr kuni ,,Mehrjon bayramini o`tkazdim. Ta`lim sifatini yaxshilash uchun darslarimga namunaviy ishlanmalar tayyorlab ,yangilik va g`oyalar bilan tanishib bordim.Yil davomida barcha bayram va muhim sanalarga turli tanlovlarni o`tkazib bordim. Dekabr oyida " Konstitutsiya mening nigohimda" nomli matnlar tanlovi, " Madhiyam- mening faxrim" nomli she'riy kecha, " Yangi yilga yangi tilaklar" nomli tadbir otkazdim. Mart oyida 1- sinflar oʻrtasida Milliy oʻyinlar doirasida " Quvnoq startlar" musobaqasini o`tkazdik. Maktabning barcha yig`ilishlari ,seminarlar va o`quvlarda faol ishtirok etdim.Tuman miqyosida o`tkazilgan seminarlar va sho`ba yig`ilishlarida o`z fanim bo`yicha faol ishtirok etib bordim. Yil davomida barcha dars ishlanmalarni kompyuterda yozib ,ilmiy bo`lim mudiriga ko`rsatib bordim.Darslarim yuzasidan yil davomida barcha nazorat ishlarini o`tkazdim va o`z vaqtida baholab bordim. Darslarimda ta`lim sifatiga va samaradorligiga e`tibor berishga harakat qildim. O`quvchilar qalbida bu fanlarga qiziqishni yana ham oshirdim deb hisoblayman.Bo`sh o`zlashtiruvchi va iqtidorli o`quvchilar bilan reja asosida ishladim. Har bir darsimni multimedia vositalaridan foydalanib ,yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib o`tishga harakat qildi. Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan 5 ta tashabbus doirasida ,, Yosh kitobxon” tanlovini o`tkazdim.May oyida maktab miqyosida o`tkazilgan ,,Yosh magistr” va ,,Husnixat ham bir san’at kichik tanlovlarida o`quvchilarim faol ishtirok etib faxrli o`rinlarni egallashdi. Yil davomida ona tili fanidan to`garak mashg`ulotlarini muntazam o`tib bordim. Besh tashabbus doirasida ,,Chiroyli nutq “ tadbirlarini tashkillab bordim. Ma`lumotnoma yozuvchi: F. To`ychiyeva Download 40.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling