Qotishmalar. Reja
Fazalar qoidasi haqida ma’lumot
Download 78.5 Kb.
|
Qotishmalar turlari. Reja Qotishmalarning holat diagrammalari v
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temir-uglerod qotishmasining holat diagrammasi
Fazalar qoidasi haqida ma’lumot
Muvozanat holatdagi qotishmalarni erkinlik darajasi bilan komponentlar, fazalar va o‘zgaruvchan tashqi omillar (temperatura, bosim) ning bog‘liqligi quyidagicha ifodalanadi: С = К - F + O‘t, bu yerda, К – komponentlar soni, F – fazalar soni, O‘t – o‘zgaruvchan tashqi omillar Temir-uglerod qotishmasining holat diagrammasi Amalda foydalaniladigan Fe-C li qotishmalarida uglerodning miqdori 4,5–5% dan ortmaydi. Shu boisdan Fe-Fe3C li qotishmalarining holat diagrammasi o‘rganiladi. Bu diagrammani tuzishda yuqorida Pb-Sb qotishmasining holat diagrammasini tuzilganidek, termik analiz materiallariga asoslanib tuziladi. Bunda koordinatalar tizimining ordinata o‘qiga Fe, Fe3C∗ larnini va qotishmalarning temperaturasi, abssissa o‘qi bo‘ylab qotishmadagi uglerodning miqdorini qo‘yib chiqiladi. Keyin esa ularning kristallana boshlanish va tugash kritik temperaturalari aniqlanib (sovitish egri chiziqlaridan) abssissa o‘qida ularni tegishli uglerod konsentratsiyali joyiga o‘tkazib, kristallana boshlanish va tugash temperaturalarini ko‘rsatuvchi nuqtalarni o‘zaro tutashtirilganda holat diagramma hosil bo‘ladi. Diagrammani chap tomonidagi ordinata chizig‘idagi A nuqta temirning suyuqlanish temperaturasini, N va G nuqtalar esa uning allotropik shakl o‘zgarish temperaturasini va o‘ng tomondagi vertikal chiziqdagi D nuqta temir karbidining suyuqlanish temperaturasini ko‘rsatadi. Agar abssissa o‘qidagi 2,14% uglerodni ko‘rsatuvchi nuqtadan vertikal chiziq o‘tkazib, diagrammani ikki qismga ajratsak, chap qismi po‘latlarga, o‘ng qismi esa cho‘yanlarga taalluqli bo‘ladi. ∗ Fe3C*suyuqlanish temperaturasi 1250oC bo‘ladi. Po‘latlarga taalluqli qismini po‘latlar tarkibidagi uglerod miqdoriga ko‘ra evtektoid (C=0,8%), evtektoidgacha (C<0,8%) va evgektoiddan keyingi po‘latlarga (0,8 bo‘lib, undan yuqorida qotishma suyuq eritma holatda bo‘ladi (bu chiziq likvidus chizig‘i deb ataladi). AHjECF chizig‘i qotishma kristallanishining tugash chizig‘i bo‘lib, undan pastda esa qotishma qattiq eritma holatda bo‘ladi (bu chiziq solidus chizig‘i deyiladi). Qotishma ABCD va AHjECF chiziqlar orasida suyuq hamda qattiq holatda bo‘ladi. AHN chiziq yuqori temperaturali ferrit oblastini bildiradi. Qotishmalarni suyuq eritma holatidan asta-sekin uy temperaturasigacha sovitilganda faza (struktura) o‘zgarishlarini holat diagrammadan har bir qotishma uchun temperaturasiga qarab kuzatish mumkin. Download 78.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling