Qo’yiladigan


-sinfda beriladigan orfografik mashqlar tizimi


Download 102.26 Kb.
bet6/20
Sana30.04.2023
Hajmi102.26 Kb.
#1404350
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Shaxinur

4-sinfda beriladigan orfografik mashqlar tizimi.


Boshlang`ich sinf ona tili darslarida orfografik mashqlar tizimi turli mavsu va til sathlari doirasida berib boriladi. O’quvchilarda to’g’ri yozuv malakasini shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini o’zlashtirishga asoslanadi. Orfografik mashqlar tizimida imlo qoidalari ustida ishlash bir so’z yoki so’z birikmasi doirasida emas, balki umumiylik mavjud bo’lgan butun so’zlar doirasida amalga oshiriladi. Bu jarayonlar mavzular ko`lamidan kelib chiqqan holda, o’ziga xos xususiyati bilan o`quvchini mashq yozish jarayonida har bir so’zni yodda saqlash, xotirlashdan qutqaradi va imlo qoidasiga amal qilib, belgilangan me’yorga muvofiq butun so’zlar guruhini yozish imkonini yaratadi.


Orfografik mashqlar grammatik umumiylik asosida birlashgan so’zlarning yozilishini bir xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi va imlo qoidalarining ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi. Yig`ilgan materiallardan shu narsa ma’lum bo`ldiki, 4-sinf ona tili darsliklarida orfografik tahlil qilinadigan imloviy mashqlarni grammatik, fonetik, so’z yasalishi, so`z turkumlariga oid materiallarni ma’lum darajada bilmasdan turib o’zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor bo`lganligi sababli 4-sinfda ham imloviy mashqlar shu qoidaga asos bo’ladigan grammatik nazariyaga bog’liq holda o’rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo’shimchalarning yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik olmoshlari”, “Fe’l” mavzulari ichiga kiritilgan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografiyani bir-biriga bog’liq holda o’rganishni ta’minlaydi.
4-sinfda berilgan imloga doir mashqlar ham, shu asosga qurilgan bo`lib, imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so’ng o’rganiladi. Masalan, otlarning kelishiklar bilan turlanishi o’rganilgach, kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi ko’nikma shakllantiriladi. “Sifat” mavzusini o’rganish -roq qo’shimchasining va qip-qizil, yum-yumaloq kabi sifatlarning yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o’rganishda bo’lishsizlik (-ma) va o’tgan zamon (-di) qo’shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o’rgatishga bunday yondashish 4-sinfdagi barcha orfografik materiallarni o’rganishda tipik hisoblanadi.
Ma’lumki, orfografik mashqlar sirasiga kiruvchi grammatik-orfografik tahlil va leksik-orfografik tahlillarda ham berilgan materiallarni o`rganish uchun orfografiyaning grammatika va leksikologiya bilan bog’lanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Biz quyida 4-sinf “Ona tili” darsligida berilgan imloga doir mashqlardan bir nechtasini maxsus tizim asosida belgilab oldik. Bu mashqlar ishimiz davomida tahlil qilinadigan va o`rganish uchun asos bo`ladigan mashqlar sifatida qamrab olindi.

  1. Download 102.26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling