Qo’yiladigan


mashq. O`qing. Matnda nechta gap borligini aniqlang


Download 102.26 Kb.
bet14/20
Sana30.04.2023
Hajmi102.26 Kb.
#1404350
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Shaxinur

mashq. O`qing. Matnda nechta gap borligini aniqlang.


TIPRATIKAN


Men tikanlarim bilan uyimga olma, qo'ziqorinlarni tashiyman. Ignam bilan yaproqlarni sanchib to‘playman. Uning orasida tinchgina uxlayman. Bo’ridan ayyor tulkini ijnalarim bilan qo‘rqitaman. Ignalarim zaharli ilonlarni yengishda yordam beradi.
Turg'unboy G'oyipov
Matndagi hayvon nomlarini alifbo tartibida yozing. Oxirgi gapni ko‘chiring. Bosh va ikkinchi darajali bo'laklamu aniqlab, tagiga chizing.
O‘zak va qo'shimchalami tegishlicha belgilang.
Mashq shartlaridan ma’lumki, bunda ko’cirib yozuv, orfografik-sintaktik tahlil qilish nazarda tutiladi. Shu kabi tahlil usullari mashqni o’rganish va til materiallarini tushunish ko’nikmasini shakllantiradi.
O’qituvchining qo’ygan maqsadiga bog’liq holda ko’chirib yozishdan oldin unga tayyorgarlik ko’riladi; bunda imlosi qiyin so’zlarni izohlab o’qish, so’zning nima uchun shunday yozilishini asoslash, o’rganilgan qoida asosida yoziladigan so’zlarni aniqlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Bu ko’nikma qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadida nazorat (tekshiruv) ko’chirib yozuv o’tkaziladi.
Ko’chirib yozuv mashqlari grammatik, leksik yoki so’z yasalishiga oid vazifalarni bajarish bilan birga olib boriladi. Bu imlo qoidasini tatbiq etishni yaxshi bilib olish imkonini beradi. Chunki vazifaning xarakteri imloviy malakani shakllantirishga nazariy asos bo’ladigan grammatik, fonetik bilimlarni faollashtirishni talab etadi. Bulardan tashqari, kompleks mashqlar orfografiya bilan birgalikda nutq o’stirish vazifalarini ham bajarish imkonini beradi. Kompleks mashqlarga misol qilib quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

    1. Ko’chirish. O’zakdosh so’zlarni aniqlab, o’zakni ajratish.

    2. Tushirib qoldirilgan qo’shimchalarni qo’yib ko’chirish, qanday qo’shimcha ekanini aytish; yozilishini tushuntirish.

    3. Matn mazmuniga mos so’zni qavs ichida berilgan so’zlardan topib qo’yib ko’chirish. Shu so’z qaysi so’z turkumiga oid ekanini, uning yozilishini tushuntirish.

    4. Aralash berilgan so’zlardan gap tuzish va yozish.

    5. Tartibsiz berilgan gaplardan bog’lanishli matn tuzish.

    6. Tanlab ko’chirish (Berilgan gaplardan yoki matndan muayyan bir so’z turkumini; ot va fe’ldan yoki ot va otdan, sifat va otdan tuzilgan so’z birikmalarini ko’chirish).

Download 102.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling