Qozog`istonning xalq xo'jaligi


Download 41 Kb.
bet1/2
Sana21.06.2023
Hajmi41 Kb.
#1642284
  1   2
Bog'liq
QOZOG`ISTONNING XALQ XO\'JALIGI


QOZOG`ISTONNING XALQ XO'JALIGI
Reja:



  1. Qozog`iston Rossiya bosib olganga qadar

  2. Qozog`iston Rossiya tarkibida

  3. Qozog`iston xalq xo`jalik tarmoqlarining geografik joylashuvi


Qozog'iston-Rossiya bosib olingunga qadar. Qozoq xalqi hozirgi Respublika hududida asrlar davomida chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan.Ularning turmush tarzi bir yaylovdan ikkinchi yaylovga ko'chib yurishdan iborat bo'lgan. Qadimgi qozoqlar dehqonchilik bilan deyarli shug'ullanmagan. Tyan-shan, Oltoy tog' oldi rayonlarida uchratish mumkin xolos. Qozog'istonda ko'p hollarda dehqonchilik bilan chorva mollari bo'lmagan kambag'al qozoqlar shug'ullanganlar. Ular asosan tariq qisman bug'doy ekganlar.
Qozoq xalqining asosiy boyligi chorva mollari va chorva mollari maxsulotlarini qayta ishlash asosida tayyorlangan maxsulotlar bo'lgan. Qozoq xalqi chorva mollar maxsulotlaridan qo`lda ustibosh, poyavzal, arqon, har xil idishlar tayyorlaganlar. Qisman qozoqlar rangli metallarni qayta ishlash bilan ham shug'ullanganlar. Lekin rangli metal konlari izlab topish tasodifan hollardan iborat bo'lib rangli metallarni qayta ishlash qozoq xalqi orasida keng taraqqiy qilmagan edi.
Qozoq xalqi tomonidan uyida tayyorlangan maxsulotlar ularning talabini qondira olmas edi.Shu sababli qozoq xalqi qadimdan O'rta Osiyo xalqlari bilan savdo -sotiq ishlarini olib borganlar.O'rta Osiyo xalqlarida qozoq xalqi tomonidan tayyorlangan chakmon terilar qora uylar juda xaridorgir mollar hisoblanadi. Lekin qozoq xalqining asosiy savdo qiladigan maxsuloti -bu chorva edi.Qozoqlar O'rta osiyo bozorlaridan o'zlari uchun kerakli maxsulotlarni xarid qilar edilar. Shular ichida eng asosiylari-non, gazlama, choy, qand va boshqalardir.
XVIII asrning 30-yillaridan boshlab rus davlati tomonidan Qozog'iston hududi bosib olina boshladi.Dastlab ruslar G'arbiy Qozog'istonni bosib oldilar.Keyinchalik ular Markaziy va Shimoliy Qozog'istonni bosib ola boshladilar.XIX asrning 60-yillariga kelib ruslar tomonidan Qozog'iston to'lig`icha bosib olindi.

Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling