Qozon agregatining issiqlik balansi
Download 90.09 Kb.
|
qozon agregatining issiqlik balansi
Aim.uz Qozon agregatining issiqlik balansi Qozon qurilmasining issiqlik balansi agregatga issiqlik kelishi va sarflanishi orasidagi tenglikni ifodalaydi. Issiqlik balansi asosida yoqilg’i sarfi aniqlanadi va foydali ish koeffitsienti hisoblanadi. Qozon agregatida yoqilg’ining kimyoviy energiyasi yonish natijasida, yonish mahsulotlarining fizikaviy issiqligiga aylanadi. Bu issiqlik suvni qizdirish yoki bug’ ishlab chiqarish va o`ta qizdirish uchun sarf bo`ladi. Issiqlik uzatish va yonish protsesslari davomida ma`lum issiqlik yo`qotiladi va hosil bo`layotgan mahsulot suv yoki qizigan bug’ issiqlikning bir qismini o`ziga oladi. Qozon agregatining issiqlik balansini tuzish agregatga kirayotgan issiqlik bilan foydalanilayotgan va sarf bo`layotgan issiqliklar orasidagi tenglikni ifodalashdan iborat bo`ladi. Issiqlik balansi 1 kg qattiq yoki suyuq yoki 1 m3 gaz yoqilg’isi uchun tuziladi. Agregatning issiqlik holati muvozanatlashganda issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko`rinishda yoziladi: yoki (17.1) bu erda: Q1 -bug’ hosil bo`lishiga foydalanilgan issiqlik miqdori; Q2 -chiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning yo`qotilishi; Q3 -kimyoviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi; Q4 -mexanikaviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi; Q5 -atrof-muhitga issiqlikning yo`qotilishi; Q6 -shlaklarning fizik issiqligi bilan issiqlikning yo`qotilishi. Agar (17.1) tenglikning o`ng tomonidagi har bir yig’indini Qnu ga bo`lib va 100% ga ko`paytirsak, issiqlik balansi tenglamasi quyidagi ko`rinishga keladi: q1 Q q2 Qq3 Q q4 Q q5 Q q6 =100 % (17.2) (17.2) tenglikdagi q1 agregat foydali ish koeffitsientini ifodalab, qozon qurilmasi energiya sarflarini (bug’ so`rgich, ventilyator, ta`minlash nasosi va boshqa) hisobga olmaydi. Issiqlik balansi (17.1) ning chap qismi quyidagi kattaliklar yig’indisidan iborat: (17.3) bu erda: Qx.f.i - 1 kg yoqilg’ini yoqish uchun o`txonaga beriladigan havoning fizikaviy issiqligi; Qyo.f.i - o`txonaga beriladigan 1 kg yoki 1 m3 yoqilg’ining fizikaviy issiqligi; Q.f.i - 1 kg yoqilg’iga puflanadigan bug’ bilan keladigan fizikaviy issiqlik. Havo bilan beriladigan issiqlikni quyidagi tenglikdan topish mumkin: (17.4) bu erda: - havoqizdirgichga kirayotgan havo miqdorini nazariy jihatdan kerak bo`ladigan havo miqdoriga nisbati; Sp - havoning o`rtacha hajmiy izobarik issiqlik sig’imi; Tk.x -qizigan havo temperaturasi; Ts.x - soviq havo temperaturasi. Mazut yoqishda puflanadigan bug’ bilan keladigan issiqlik: (17.5) bu erda: Wf - forsunka bug’ining sarfi; if- forsunka bug’ining ental’piyasi; r - bug’lanish issiqligi. O`txonaga berilayotgan 1 kg yoqilg’ining fizikaviy issiqligi; (17.6) bu erda: Syo -yoqilg’ining issiqlik sig’imi; Tyo -yoqilg’ining temperaturasi. Agar havo va yoqilg’i dastlab qizdirilmasa, hamda yoqilg’i bilan puflanadigan bug’ ishlatilmasa, u holda bo`ladi. Download 90.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling