Qozon agregatining issiqlik balansi


CHiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning yo`qotilishi Q


Download 90.09 Kb.
bet2/3
Sana03.02.2023
Hajmi90.09 Kb.
#1152816
1   2   3
Bog'liq
qozon agregatining issiqlik balansi

1.CHiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning yo`qotilishi Q2 (q2)

CHiqib ketayotgan gazlar bilan issiqlikning yo`qotilishi eng katta isrof bo`lib, asosan, chiqib ketayotgan gazlarning tempera­turasiga va ortiqcha havo koeffitsientiga bog’liq.


Q2 ning qiymati, qozon agregatidan chiqayotgan gazlar bilan agregatga kirayotgan soviq havo ental’piyalari farqiga teng bo`ladi:
(17.7)
bu erda: Vg -1 kg yoqilg’i yonish mahsulotining hajmi;
- yoqilg’i yonish mahsulotlari va havoning o`rtacha hajmiy izobarik issiqlik sig’imi;
Tch , Ts.x - chiqayotgan gazlar va havoning temperaturasi;
a - mexanikaviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishini ifodalaydigan koeffitsient, a = 1 – q4 /100 .
Issiqlikning chiqib ketayotgan gazlar bilan yo`qotilishi q2 ning qiymati gazlar temperaturasi Tch va ortiqcha havo koeffitsienti ch ortishi bilan ortib boradi. Tch ning qiymatini kamaytirish maqsadida havoqizdirgich va ekonomayzerlardan foydalaniladi.


2. Kimyoviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi Q3 (q3 )

O`txonadan chiqayotgan gazlar tarkibida chala yongan yoqilg’i mahsulotlari SO, N2 , SN4 , yonish issiqliklaridan agregatda to`la foydalanilmaydi. Bu gazlarning yonish issiqliklari yig’indisi kimyoviy to`la yonmaslikni ifodalaydi.


Kimyoviy to`la yonmaslikning asosiy sabablari: havoning etishmasligi ( < 1); yoqilg’ining havo bilan yomon aralashishi; ortiqcha havoning ko`pligi ( > 1 ); o`txonada solishtirma issiqlik ajralishining kam yoki juda ko`p bo`lishi q , kvt / m3 .
Qattiq yoki soviq yoqilg’i yonganida Q3 ning qiymatini quyidagi formula bo`yicha aniqlash mumkin:
(17.3)


3.Mexanikaviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilishi Q4 (q4 )

Mexanikaviy to`la yonmaslikdan bo`ladigan issiqlik sarflari kolosnik cho`g’donlarning teshiklaridan to`kilib qozon agregatlari­dan kul va shlak bilan birga hamda tutun gazlari bilan birga chiqib ketadigan yoqilg’ining yonib bo`lmagan zarralari miqdoriga bog’liq bo`ladi.


Kimyoviy va mexanikaviy to`la yonmaslikdan issiqlikning yo`qotilish qiymati o`txona turiga, yoqish usuliga, yoqilg’i turiga va qozon qurilmasi quvvatiga bog’liq bo`ladi. Kamerali o`txonada qattiq yoqilg’ini yoqishda isroflar yig’indisi (q3 Q q4 ) = 1 -7 % ni tashkil etadi. Mazut va gazni yoqishda kimyoviy to`la yonmaslikdan bo`ladi­gan isroflar 1-1,5% ni va mexanikaviy to`la yonmaslikdan 0,5-3% ni tashkil etadi. Qatlamli o`txonalarda kimyoviy va mexanikaviy to`la yonmaslikdan bo`ladigan isroflar 6-14% ni tashkil etadi.




  1. Download 90.09 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling