Qt guruhi talabasi Kanjayev Quvonchbek Alisher o’g’lining
Download 18.2 Kb.
|
quvonch fikrnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- MBI rahbari Chorshanbiyev Sh.
77-19 QT guruhi talabasi Kanjayev Quvonchbek Alisher o’g’liningAlyuminiy qotishmalarini suyuqlantirishda tejamkorlikni taminlaydigan jarayonni ishlab chiqish” mavzusidagi bitiruv ishiga FIKRNOMA Bitiruvchi Q.A.Kanjayevning malakaviy bitiruv ishi 3 ta grafik qismdan va 64 bet, hisoblash-tushuntirish yozuvidan tashkil topgan. Ma’lumki yuqoridagi mavzu metallurgiya zavodlarida hozirgi kunda eng dolzarb mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda. Sanoatda rangli metallar bilan ishlovchi detallar mashinasozlikda 70-80%ni tashkil etadi. Xozirgi paytda rangli metallarga talabni oshishi ilg‘or usullardan foydalangan holda sifatli cho‘yan maxsulotlarini olish va bunda yuqori samaradorlikka erishish dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bitiruv ishining muallifi elektr yordamida ishlovchi pechlarning konstruksiyasini mukammal o‘rganib va qo’shimcha induksion pechini ham o’rganib, unumdorligi yuqori va iqtisodiy jihatdan arzon bo‘lgan texnologik jarayonni loyihalashga erishdi. U zamonaviy texnik vositalardan foydalanib, rangli metall eritish pechlarining konstruksiyasini ishlab chiqdi va ishlab chiqarishga tavsiya etdi. Shuningdek bitiruv ishi muallifi texnologik jarayonni iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham hisoblab, uni tannarxini aniqlab chiqdi. Bitiruv ishida shuningdek mashinasozlik zavodlarida ishlashdagi hayot faoliyati xavfsizligi va ekologik muammolar ham o‘rganib chiqildi. Umuman olganda Q.A.Kanjayevning malakaviy bitiruv ishi DTS ning 5312800-yo‘nalishi talablariga javob beradi va unga 5312800- “Quymakorlik texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha “Bakalavr” malakasini berish mumkin. Bitiruv malakaviy ishi “a’lo” bahoga tavsiya qilindi. MBI rahbari Chorshanbiyev Sh. Download 18.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling