Quda-andachilikda ayollarning o‘rni


Download 51.25 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi51.25 Kb.
#1221057
Bog'liq
quda-andachilik FAY MFY


Paxtachi tumani Fay MFY Xotin-qizlar faoli Boboqulova Dilraboning

Quda-andachilikda ayollarning o‘rni” mavzusi yuzasidan bajargan ishi.




Oila huquqida qon-qarindoshlik, qayin-bo‘yinchilik va qudaandachilik tushunchasi hamda ularning ahamiyati Oila kodeksining uchinchi bo‘lim 9-bobi qarindoshlik, qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilikka bag‘ishlanib, o‘z ichiga uch moddani oladi. Undagi bu bob qonunchilikka butunlay yangilik bo‘lib kirdi. Uning ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi bor. Qon-qarindoshlik — bu shaxslar o‘rtasidagi qon va qorin aloqasi bo‘lib, biri ikkinchisidan yoki umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini bildiradi. Qon-qarindoshlik oila huquqiy munosabatlarining vujudga kelishiga asos bo‘ladigan hollardan biri bo‘lgani uchun ham qonunchilikda o‘z yechimini topishi lozim edi. Bu vazifa ham bajarildi. Undan tashqari nikohdan o‘tishda uni man etadigan holatlardan biri nikoh tuzuvchilarning yaqin qarindoshlikda bo‘lishidir. Shuning uchun unga to‘g‘ri ilmiy asoslangan tushuncha berish lozim edi, chunki hozirga qadar bu masalada chalkashliklar mavjud. Qonun bo‘yicha kimlarni qarindosh deb ataymiz va ular o‘rtasidagi huquq va majburiyatlar qanday vujudga keladi, degan masalalar o‘z yechimini topdi. Endilikda bu masala bo‘yicha ham oila qonunchiligiga aniqlik kiritildi. Yaqin qon-qarindoshlik o‘z ichiga to‘g‘ri chiziq, yon, tug‘ishgan va o‘gay qarindoshlar, aka-ukalar bilan opa-singillar tushunchalarini oladi.
To‘g‘ri chiziq qarindosh bo‘lib, biri boshqasidan dunyoga kelgan shaxslar, ya’ni bobo-ota-o‘g‘il-nevara-evara-chevara-duboralar tushuniladi. Har bir fuqaro yetti avlodini bilishi lozim, chunki buni bilish o‘z avlodiga hurmat va ular o‘rtasida nikoh tuzilmaslikni anglatadi. Yon chiziq qarindosh bo‘lib, aka-uka va opa-singillar hisoblanadi. Umumiy ota-onaga ega bo‘lganlar tug‘ishgan qarindosh, ota bir ona boshqa yoki ona bir ota boshqalar o‘gay qarindoshlar deb tushuniladi. Aka-uka hamda opa-singillar farzandlarining o‘zaro nikoh tuzishlari, shuningdek, bolalarni emizish tufayli vujudga kelgan sut 31 qarindoshlar, ya’ni ko‘kaldoshlarning ham nikoh tuzishlari maqsadga muvofiq emas. Bu haqda me’yoriy hujjatlarda tegishli qoidalar berilsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni qonun yo‘li bilan ta’qiqlash axloqiy hamda biologik nuqtayi nazarga, tibbiyot fani yutuqlari va xulosalariga asoslanadi. Boshqa qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish qonun bilan man etilmaydi. Shuning uchun yon chiziq bo‘yicha qarindosh bo‘lgan, amakivachcha, tog‘avachcha, xolavachchalar, ammavachchalar va boshqa uzoq qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish mumkin. Ammo bu maqsadga muvofiq emas. Chunki qarindoshlik nikohi tufayli odatda jismoniy va aqlan nosog‘lom, ya’ni, nimjon, kasalmand, aqli zaif, kar-soqov, ortiq, qo‘shoq, pakana yoki nuqsonli, mayib bolalar tug‘iladi. Ular o‘sishda tengdoshlaridan orqada qoladilar. Bunday oilalarda ko‘pincha yurak, buyrak xastaligi kasalligiga yo‘liqqan go‘daklar tug‘ilishi kuzatilmoqda. Biologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, nikoh qanchalik begona shaxslar bilan tuzilsa, avlod, shuncha sog‘lom bo‘ladi. Amaldagi oila qonunchiligida aka-ukalar va opa-singillar farzandlarining nikohlanishi ta’qiqlanmagan, vaholanki, hozirgi zamon genetikasi yutug‘i va xulosalariga ko‘ra, bunday nikoh nomaqbuldir.
Xo‘sh, genetika nima?
Gen – irsiyat belgilarini nasldan-naslga o‘tkazuvchi omildir. Inson a’zosining har bir belgisi, ko‘rinishi va xususiyatlarini gen belgilaydi. Ana shu genlar, binobarin, barcha xususiyatlar ota-onadan farzandga o‘tadi. Biror genning o‘zgarishi natijasida kelib chiquvchi va nasldan-naslga o‘tuvchi kasalliklar irsiy kasallik hisoblanadi. Kasal gen kelgusi avlodlarning birida shu xastalikning kelib chiqishiga sababchi bo‘ladi. Qon-qarindoshlar nikohidan tug‘ilgan bolalarda bu xastalik genetik qonuniyatlar asosida osongina yuzaga chiqadi. Bundan ko‘rinadiki, qarindosh-urug‘lar nikohidan xasta bolalar tug‘ilishi ko‘p bo‘ladi. Ayni chog‘da qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh aholining geografik yashash sharoitiga ham bog‘liq. Tog‘li va orol joylarida yashovchi, tashqi dunyo bilan aloqasi birmuncha cheklangan ijtimoiy guruhlarning barini, shubhasiz, qon-qarindosh deyish mumkin. Bu yerdagi barcha aholi o‘z xohishidan qat’i nazar, zaruratdan kelib chiqqan holda, qon-qarindoshga aylangan. Olib borilgan kuzatish 32 lar qon-qarindoshli nikohining kelgusi avlodga ta’siri oqibatlarini tasdiqladi. Avvalo, bunday nikohdan tug‘ilgan bolalar kasallikka tez chalinadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, AQShda qon-qarindoshlar nikohidan tug‘ilgan bolalarning 22,5 foizi, qarindosh bo‘lmaganlar nikohidan tug‘ilgan bolalarning esa 16 foizi nobud bo‘lgan. Qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikoh hatto farzandsizlikka ham olib kelmoqda. Bular hammasi tibbiyot fanining asosli xulosalaridir. Akademik K. N. Bochkovning fikriga ko‘ra, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga chek qo‘yilsa, aholi o‘rtasida kasalga chalinishni
teng yarmiga kamaytirish mumkin. Umuman, qarindosh-urug‘lar nikohi kelgusi avlodlar salomatligiga putur yetkazishi shubhasizdir. Agar nikoh tuzishga monelik qiladigan hollarga to‘la rioya qilinib, oila qurilsa, u mustahkam bo‘ladi, kelajak avlod barkamolligiga, qolaversa, kelajagimiz bo‘lgan farzandlarimizning sog‘lomligini ta’minlashga katta hissa qo‘shiladi. Musulmon huquqi bo‘yicha, har xil oilada tug‘ilgan bolalarni bir ona emizishi tufayli sut qarindoshligi vujudga keladi. Tug‘ruqxonalarda ona-bola yotayotgan alohida xonalar bo‘lishi lozim. Boshqa ayoldan tug‘ilgan bolani emizgan ayol o‘sha bolaga ikkinchi ona hisoblanadi. Demak, go‘dak boshqa onaning sutini emsa, u o‘sha sut bergan ayolning farzandi bilan turmush qurishi mumkin emas. Bu ham o‘z tug‘ishgan ukasi yo singlisi bilan turmush qurganday bir gap. Hozir ham ba’zilar emizgan ayolni tuqqan onasi yanglig‘ ko‘rib, uni ham «ona» deydi. Qadimda sut emishganlar orasida akauka, opa-singillik, ya’ni ko‘kaldoshlik bo‘lib, ular o‘zaro turmush qurmaganlar. Shuning uchun bundan buyon ana shunday boshqa ayolning manzili, nasl-nasabi o‘sha suti kam onaga rasman yozib berilishi, unga tanishtirib qo‘yilishi shart.
Bu ma’naviy jihatdangina emas, balki kelajak avlodimizning qon musaffoligiga erishishi uchun ham juda zarur. Binobarin, milliy qadriyatlarimizni tiklab, me’yoriy hujjatlarga tegishli o‘zgartirish kiritib bir onani emgan bolalar o‘rtasida vujudga kelgan ko‘kaldoshlik tufayli ham ularning bir-biri bilan nikohdan o‘tishini man etadigan qoida kiritilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zotan, bu holat islom shariatida ham qayd etilgan. Oila kodeksining 59-moddasiga binoan, er (xotin) va uning yaqin qarindoshlari bilan xotin (er) qarindoshlarining bir-biriga nisbatan
munosabatlari (qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik) o‘zaro huquq 33 va majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. Qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilikni qarindoshlikdan farqlay bilish kerak. Erning qarindoshlari bilan xotinning qarindoshlari o‘rtasidagi munosabatlar quda-andachilik va qayin-bo‘yinchilik hisoblanadi. Er-xotinning qarindoshlari bo‘lmasa, qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik vujudga kelmaydi. Qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik shaxsning nasl-nasabiga yoki qarindoshligiga asoslanmasdan balki er-xotinning nikoh ittifoqi va ahdnomasiga asoslanadi. Er va xotin qarindosh ham emas qayin-bo‘yin ham emas, quda-anda ham emas. Er va xotin o‘zaro qonuniy rasmiylashtirilgan nikohda bo‘lib, shu asosda ularning o‘rtasida alohida huquqiy munosabat bo‘lib shaxsiy va mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Qayin-bo‘yinchilik va quda-andachilik axloq, odob qoidalari bilan tartibga solinadi.
Download 51.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling