Quduq debitini aniqlash Reja: Qatlam debiti deganda nimani tushunasiz ?
Download 27.04 Kb.
|
gorizontal quduq debitini aniqlash
Quduq debitini aniqlash Reja: 1.Qatlam debiti deganda nimani tushunasiz ? Qatlamda suyuqlik va gaz quduqdan uncha uzoq bo’lmagan masofada kichik tezlikda harakatlanadi, shuning uchun chiziqli qonunga bo’ysunadi. Suyuqlik uchun sizishning chiziq qonunida quduq debiti qatlam va quduq tubi bosimlar farqiga to’g’ri proporsional. Suyuqlikning bosim ostida tekis radial barqarorlashgan harakatlanish sharoitida quduq debitini suyuqlik sizishining chiziq qonuni orqali quyidagicha aniqlanadi. Sizishning chiziq qonuni yoki Darsi qonuni differensial ko’rinishda quyidagicha yoziladi. V=k/µ*dp/dr (15.1) bu yerda: V-sizish tezligi; k-o’tkazuvchanligi; µ-qovushqoqligi; dp- bosimning o’zgarishi; dr- quduqdagi masofaning o’zgarishi. Sizish tezligini quyidagicha aniqlash mumkin: (15.2) bu yerda: Q- quduq debiti; F-sizish maydoni ( yuzasi) Oxirgi ikki formuladan quyidagini olamiz: (15.3) sizish maydoni silndrning yon yuzasiga teng. (15.4) unda (15.5) o’zgaruvchilarni ajratamiz: 2. O’zgaruvchi r uchun rk dan Rk gacha va uzgaruvchi P uchun Pq.tub dan Pqat gacha chegarani tanlab yuqoridagi tenglamani integrallaymiz: (15.6) Bundan Dyupyui formulasini topamiz: (15.7) bu yerda rc-Gidrodinamik mukammal quduq radiyusi. Quduq tubiga gazli neft oqib kelayotgan sharoitda quduq debitini aniqlashni ko’rib chiqamiz. Bunday holda g’ovak muhitdagi bosim to’yinish bosimidan tusha boshlaganidan neft tarkibidan gaz ajrala boshlaydi. Bunday sizish rejimini, erigan gaz rejimi deb atash qabul qilingan. Akademik S. A. Xristianovich tarkibda gaz bo’lgan suyuqlikning muayyan sizishi uchun debitni topish formulasini, siqilmaydigan suyuqlikning muayyan sizishi uchun topilgan debit formulasi kabi bo’lib, faqatgina P bosim o’rniga N ni qo’yishni isbotlab bergan. N - Xristianovich funksiyasi deb ataladi. Gazli neft’ning muayyan sizishi uchun debitni topish formulasi ko’yidagicha yoziladi: (15.8) bu yerda: Q - neft debiti m3/sek. da; k - absolyut o’tkazuvchanligi m2 da; h - qatlam qalinligi m da; Hqatva Hq.tub–Pqat va Pq.tubbosimlari orqali aniqlangan bosim funksiyasi n/m2 da. Bu funksiya quyidagicha aniqlanadi. ni topamiz. (15.9) bu yerda: μg,μn-Qatlam sharoitida neft va gazlarning qovushqoqligi n/m2 da; G-gaz faktori m3/ m3 da; ; (bu yerda Qg atmosfera sharoitida keltirilgan gaz debiti; Q- atmosfera sharoitiga keltirilgan neft debiti; Qg va Q ning o’lchov birliklari bir xil bo’lishi kerak.) Pqat va Pq.tub o’lchovsiz bosimni quyidagicha aniqlaymiz. (15.10) bu yerda p0 = 0,1 mN/m2=1 atm – atmosfera bosimi. Topilgan o’lchovsiz bosim P* orqali bosimning o’lchovsiz funksiyasi N* ni topamiz. Buning uchun dastlab α ni aniqlaymiz. (15.11) bu yerda: s-gazni neftda eruvchanligining hajmiy koeffisienti. ξ - topilgandan keyin grafik orqali boshlang’ich o’lchovsiz funksiya H* ni topamiz. Barcha natijalardan foydalanib, bosimni funksiyasi H ni quyidagi formula orqali topamiz: (15.12) bundan olingan natija (II.4) formulaga qo’yiladi. Tugallangan uyumning ya’ni suyuqlikning statik sathi neft uyumi yuqori chegarasidan past bo’lgan holda neft debiti quyidagi formula orqali aniqlanadi. bu yerda: Q - neft debiti m3/sek da; k - o’tkazuvchanlik m2 da; hqat va hq.tub – uyum pastki chegarasidan hisoblangan statik va dinamik holatlarni hisobga olgan holdagi suyuqlik ustuni m da; µ-qatlam sharoitida suyuqlikning qovushqoqligi Nsek/m2. Gazning barqaror radial sizishda gazning dastlabki, chiziqli qonun bo’yicha quyidagicha aniqlanadi. bu yerda: Qg - atmosfera sharoitida gaz sarfi m3/sek. da; k - absolyut o’tkazuvchanligi, m2; h - qatlamning samarali qalinligi, m; Pqat va Pq.tub.qatlam va quduq tubi bosimi, n/m2; µ- qatlam sharoitida gazning qovushqoqligi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR; 1.AGZAMOV. A. X ‘NEFT KONLARINI ISHLATISH VA LOYIHALASHTIRISH, TOSHEKNT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI, TOSHKENT 2005. 2.ABIDOV,A,A ERGASHEV .Y , QODIROV.M. NEFT VA GAZ GEOLOGIYASI XULOSA: qatlamdan yuqori debitli mahsulotni qazib olayotganimizda unda bosimni kamayib ketmasligini oldini olishimiz kerak .Albatta har doim ham yuqori debitli mahsulot olinavermaydi. Quduqni holatiga qarab quduq debiti tanlanadi. Yani ushbu quduq shuncha mahsulotni beraoladimi degan savol o’rtaga tashlanadi va quduq holati o’rganiladi. Biz quduqdan yuqori debitli mahsulot olayotganimizda quduq bosimini tushib ketmasligini taminlashimiz kerak. Download 27.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling