Quduqlarda olib boriladigan sinashlar reja: Mahsuldor qatlamni burg‘ilab birlamchi ochish Qatlamni sinab ko‘rish usullari
Qatlamni himoya tizmasi orqali sinash
Download 53.78 Kb.
|
quduqlarda olib boriladigan sinashlar
4. Qatlamni himoya tizmasi orqali sinashSinash ishlarini quduqda ochilgan eng pastki qatlamdan boshlanadi. Buning uchun qatlamni quduq bilan perforatsiya yo‘li orqali bog‘lanadi va keyin quduqqa NKK tushiriladi. Qatlamdan oqimni chaqirish uchun quduq tubidagi bosim Pz ni qatlam bosimi Ppl dan kamaytirish (xech bo‘lmasa tenglashtirish) kerak. Quduq tubida bosimni tushirish uchun burg‘ilash eritmasining turi (zichligi past bo‘lgan) o‘zgartiriladi yoki quduqdan suyuqlik haydaladi (hajm kamaytiriladi). Quduqdagi suyuqlikni chuqurlik nasoslari yoki kompresorlar yordamida, quduq ustini germetik saqlagan holda haydaladi (germetik saqlashdan maqsad burg‘ilash maydonchasi atrofini ifoslanishini oldini olishdir). Qatlamga nisbatan bosimini pasaytirish ishlari – oqimni chaqirish deb ataladi. Agar qatlamdan suyuqlik qisqa quduqni birmuncha mukammalrok rejimda oqimni chaqirib sinab ko‘riladi. Bunda qatlam suyuqligini doimiy quduq tubi bosimida va uzoq muddat olinadi. Bundan maqsad xaqiqiy hosil bo‘ladigan debitni o‘rnatishdir. SHu bilan birga suyuqlik va gazning namunasi olinadi, quduq tubi va quduq ustidagi bosim o‘lchanadi, suyuqlik va gaz faktori debiti o‘lchanadi. Ohirgi yillarda vaqtni iqtisod qilish uchun barqaror bo‘lmagan rejimda qatlamni o‘rganish uchun ekspress - usullar qo‘llaniladi. Oqim chaqirib sinash ishlari tugagandan keyin quduq tubi bosimini qayta tiklanadi. Buning uchun quduqni yopiladi va chuqurlik manometri yordamida quduq tubi bosimini vaqt bo‘yicha o‘zgarishini yozib olinadi. Qaysiki Pz Ppl sharti oqimni chiqarish uchun etarli bo‘lsa ham, u hamisha ham talabga javob bermaydi. Quduqni burg‘ilash va mustahkamlash jarayonida mahsuldor qatlam ifloslanishi, ayrim hollarda esa to‘liq yopilib qolishi mumkin. SHuning uchun oqimni chiqarishdan oldin qatlamni ochish jarayonida uning ifloslanishini oldini olish kerak: Sharoitdan kelib chiqqan holda qatlamni gidro yorish, kislotali va issiqlik bilan ishlash, torpedalash mumkin. Pastdagi ob’ektdan qoniqarsiz natija olingandan keyin, yuqoriroqda joylashgan ob’ektni sinab ko‘riladi. Buning uchun sinab ko‘rilgan qatlam quduqning boshqa qismidan ajratiladi (sement ko‘prigi ko‘yish orqali). Keyin esa xuddi shu usulda boshka ob’ektlar sinab ko‘riladi. Download 53.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling