5. Quduqlarni parmalash jarayonida sinash.
Q uduqni parmalab o‘tishda noma’lum qatlamlarni kesib o‘tiladi. Qatlamda nima borligini aniqlash uchun uni sinab ko‘riladi. Sinash usullari bir nechta; kabelda tushiriladigan namuna oluvchi (oprobovatel ili probootbornik); quvurlarda tushiriladigan qatlamlarni sinovchi asboblar (plastoispыtateli).
1-rasmda kabelda tushiriladigan namuna oluvchining ishlash prinsipi kщrsatilgan. Bu asbobni quduqqa tushirish oldidan parmalash quvurlari ko‘tariladi. So‘ngra karotaj qilinib, sinash kerak bo‘lgan interval aniqlanadi. Namuna oluvchi asbob karotaj kabelida belgilangan chuqurlikka tushiriladi. Kabel orqali elektr toki yuborilib, asbobga o‘rnatilgan zaryadlar birinketin portlatiladi. SHunda kerakli teshik yo‘llar
ochilib, mexanizmlar ishlay boshlaydi. Asbob quduq devoriga taqaladi, teshiklar ochiladi. Qatlamdan suyuqlik yok gaz namuna olish uchun o‘rnatilgan idishga
(ballonga) kirib to‘ldiriladi.
1-rasm. Kabelda tushiriladigan namuna oluvchi asbob.
Ishlash prinsipi I, II va III etapdan iborat: 1- yuqorigi zaryad tiqin; 2-defferensial
porshen; 3-pastki zaryad-tiqin; 4-itargich; 5-yopishtirgich; 6-kumulyativ zaryad; 7-to‘siq; 8idish.
Yana bir zaryadning portlashi bilan idishning teshigi yopiladi. Asbobni devorga taqab turgan itargich orqaga – o‘z joyiga qaytib, uni bo‘sh holga keltiradi. Asbob yuqoriga ko‘tarilib namuna joylangan idish laboratoriyaga yuboriladi.
Qatlam bosimini aniqlash uchun asbob ichiga manometr ham o‘rnatilgan.
6. Qatlamni sinovchi asbob.
Qatlamni sinovchi asbob quduqqa nasos-kompressor yoki parmalash quvurlariga bog‘lab tushiriladi.Bu asbob yordamida qatlamni to‘liq sinab, uning parametrlarini aniqlash mumkin. Qatlamdagi neft yoki gazni yer yuziga chiqarib, ishlash rejimlari tekshiriladi.
Qatlamni sinovchi asbob quduqni parmalash jarayonida, mustahkamlovchi quvurlar tushirilmasdan oldin qatlamlardan ma’lumot olish uchun qo‘llaniladi. Bu asbob KII (komplekt ispыtatelnыx instrumentov) deb yuritiladi.
Q atlamni sinovchi asbobni quduqqa tushirishdagi yig‘indisi 2.2-rasmda ko‘rsatilgan. Qatlamni sinovchi asbobni yuqoridan parmalash quvurlari orqali boshqariladi. Bu asbob bilan qo‘yidagi ishlarni bajarish mumkin: sinalayotgan qatlamni yuqoridagi qatlamlardan ajratish; qatlamga depressiya berib, undagi neft, gaz yoki suvni quduqqa keltirish; qatlamdan kelgan suyuqlik
yoki gazdan namuna olish; qatlam bosimini yozib
olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |