Quduqlarni burg’ilash chog’ida bajariladigan geologik tadqiqotlar


Download 37.94 Kb.
bet1/4
Sana06.11.2023
Hajmi37.94 Kb.
#1752008
  1   2   3   4
Bog'liq
islom7


QUDUQLARNI BURG’ILASH CHOG’IDA
BAJARILADIGAN GEOLOGIK TADQIQOTLAR
1. Quduqlarni burg’ilash joyini aniqlash, ularni qurish va burg’ilash uchun tavsiya etish
2. Quduqlarni burg’ilash loyihasini geologik asoslash (geologik-texnik naryad tuzish)
3. Burg’ quduqlari kesimini geologik va geokimyoviy metodlar bilan o’rganish

Neft va gazga boy bo’lgan tog’ jinsi qatlamlari yer yuzasidan katta chuqurliklarda joylashgan, shu sababli ularni bevosita kuzatish yo’li bilan o’rganish ancha qiyin. Binobarin, yer qa’rining chuqur joyidagi tog’ jinslarining fizik-geologik xususiyatlari to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar quduqlar qazish chog’ida bajarilgan tadqiqotlar natijasida olinadi.


Burg’ qudug’i turli burg’ilash mexanizmlari yordamida qaziladigan tog’ inshooti bo’lib, odatda, uning diametri uzunligiga nisbatan bir necha yuz, hatto ming marotaba kichik bo’ladi. Uning yordamida tog’ jinslarining yotish sharoiti, qalinligi, tarkibi, jinslarni to’yintirib turgan neft, gaz va suvlarning fizik-kimyoviy va boshqa xususiyatlari o’rganiladi.
Har bir qazilgan quduqning ahamiyati uni burg’ilash, o’rganish va sinash jarayonida olingan geologik-konchilik ma’lumotlarining to’laqonligi va sifati bilan belgilanadi. Shuning uchun ham quduqlarda ochilgan jinslarning moddiy tarkibi, yoshi va tuzilishi, flyuidlarga to’yinish yo’sini, shuningdek, qatlamdagi neft, gaz, suv va hakozolarning fizik-kimyoviy xossalari haqida to’liq ma’lumotlar olish bajariladigan geologik ishlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Quduq kesimi haqida to’liq ma’lumotlar olish uchun uni burg’ilashda puxta va malakali geologik kuzatuv ishlarini tashkil etish bilan bir qatorda quduqda bajariladigan barcha ishlarni to’g’ri yo’naltirish va doimiy geologik rahbarlikni amalga oshirish lozim.
Neft va gaz konlaridagi quduqlarni burg’ilash paytida quyidagi geologik ishlar bajariladi: 1) quduq burg’ilanadigan joyni belgilash; 2) quduq burg’ilash jarayonini nazorat qilish; 3) quduqning geologik kesimini o’rganish; 4) qatlamni ochish va sinash ishlarining bajarilishini geologik nazorat qilish; 5) yer osti boyliklarini muhofaza qilish; 6) quduq hujjatlarini rasmiylashtirish.



Download 37.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling