Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti Kengashining


Download 19.53 Kb.
Sana25.10.2023
Hajmi19.53 Kb.
#1718717
Bog'liq
fakultet ko`chirma S.X.Xolikov


Navoiy davlat pedagogika instituti Matematika-informatika fakulteti Kengashining
2023-2024 o‘quv yilidagi 2-son yig‘ilish bayonnomasidan
KO‘CHIRMA



2023-yil 29-sentyabr Navoiy shahri

Kengash raisi: PhD. A.O.Norbekov
Kotib: PhD. M.A.Maxmudova
Qatnashdilar: Fakultetning barcha professor-o‘qituvchilari.



KUN TARTIBI:
7.Turli masalalar.
7.1 “Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimiga tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlarni tavsiya etish to`grisida.
ESHITILDI:
“Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimi tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlarni tavsiya etish to‘g‘risida fakultet Kengashi kotibi M.A.Maxmudovaning axboroti eshitildi.
Ushbu masala bo‘yicha fakultet dekani A.Norbekov Navoiy viloyati hokimligi “Do‘stlik bayrog’i” gazetasining 2023-yil 21-sentyabr №38 (4146) sonida e’lon qilingan “Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimiga tanlovida ishtirok etish uchun nomzodlar kafedra katta o‘qituvchisi S.X. Xolikov va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti “Kimyo-metallurgiya” fakulteti “Oliy matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasining dotsenti Ishmamatov Matlab Raxmatovich tomonidan arizalar berilganligi bilan kengash a’zolarini xabardor qildi. “Matematika” kafedrasi katta o‘qituvchisi S.X. Xolikov va
M.R. Ishmamatovlar barcha me’yoriy hujjatlarni taqdim etganliklarini ta’kidladi.
A.Norbekov kafedra katta o‘qituvchisi S.X. Xolikovning nomzodini kafedra dotsentligiga tavsiya qilishni taklif qildi va uning ilmiy-pedagogik faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berdi. Xolikov S. 2023 - yildan Navoiy davlat pedagogika instituti “Matematika” kafedrasida katta o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelmoqda. Ilmiy izlanishlari natijasi sifatida 2022 yil 22-noyabrda Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (matematika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori PhD ilmiy darajasini oldi. Shuningdеk, u bir necha yillardan beri “Matematika” (O‘zbek, rus tillarida), fanlaridan ma’ruza va amaliy mashg’ulot o‘tib kelmoqda, bundan tashqari o‘z mеhnat faoliyati davomida murabbiylik, institut va fakultеt jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Xolikov S. institutning professor – o‘qituvchilari va talabalari orasida o‘zining ijobiy va kasbiy fazilatlari bilan hurmat qozonib kelayotgan pedagog hisoblanadi. Hozirgi kunga qadar nufuzli jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirgan.
M.R. Ishmamatov 1999 yilda 05.23.17 ixtisoslik bo‘yicha nomzodlik ishini himoya qilgan. Hozirgi kunga qadar turli nashrlarda ko‘plab ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirgan. Ilmiy izlanishlari natijasi sifatida u shu kunga qadar xalqaro va respublika miqyosidagi konferensiyalarda maqola va tеzislarini chop ettirgan. Men ushbu o‘qituvchilarni “Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimi tanloviga qatnashishga tavsiya etaman.
Fakultetning tajribali o‘qituvchilari dots. R. A. Ro‘ziyev, dots. A. A. Ibragimov, dots.
E. A. Chuliyev va p. f. d. U.Mirsanovlar ham yuqorida ko‘rsatilgan nomzodlar bo‘yicha o‘z fikrlarini aytib o‘tdilar.
Ochiq ovoz berish natijalariga asosan fakultet Kengashi.
QAROR QILADI:

  1. Yuqorida so‘zga chiqqan Kengash a’zolarining taklifi ma’qullansin.

  2. Navoiy davlat pedagogika instituti “Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimiga nomzodlar tomonidan topshirilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, nomzodlarni “Matematika” kafedrasi dotsenti lavozimiga tanlovda ishtirok etish uchun institut Ilmiy kengashiga tavsiya etilsin.



Yig‘ilish raisi: PhD A.O.Norbekov
Kotiba: PhD.M.A.Maxmudova
Download 19.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling