Fizik va kimyoviy xossalari. Glikollar rangsiz, hidsiz, shirinroq ta'mga ega bo'lgan qayuq suyuqlikdir. Ular suv va spirt bilan yaxshi aralashadi. Bir atomli spirtlarnikiga nisbatan ikki atomli spirtlarning qaynash temperaturasi doimo yuqori bo'ladi.
Masalan, etil spirt 78°C da qaynasa, etilenglikol 197°C da qaynaydi.
Ikki atomli spirtlarning kimyoviy xossalari bir atomli spirtlarnikiga o'xshash bo'lib, faqat reaksiya ikki bosqichda ketadi.
Glikollar ishqoriy metallar bilan ikki xil glikolatlarni hosil qiladi.
Glikollarga galoid kislota ta'sir ettirilsa, gidroksil gruppa galogen atomiga almashinadi:
Glikollar mis (II) gidroksid ta'sirida kompleks tuz hosil qiladi:
Bu reaksiya rangli bo'lgani uchun sifat analizda glikollarni aniqlashda qo'llaniladi.
Etilenglikol xalq xo'jaligining ko'pgina tarmoqlarida ishlatiladi. U suv bilan aralashtirilganda suvning muzlash temperaturasini pasaytirib yuboradi, shuning uchun «antifrizlar» tayyorlashda ishlatiladi. Etilenglikol avtomobil sanoatida, shuningdek, motorlar va pulemyot stvolini sovitishda keng qo'llaniladi. Undan to'qimachilik sanoatida sintetik tola (lavsan) olishda foydalaniladi.
Mavzu yuzasidan jadvallar namoyish qilinadi:
1jadval
Eng muhim bir atomli to‘yingan spirtlarning gomologik qatori
Do'stlaringiz bilan baham: |