Qum-gilli aralashmalar. Reja


Download 243.5 Kb.
bet1/3
Sana01.05.2023
Hajmi243.5 Kb.
#1419467
  1   2   3
Bog'liq
Qum-gilli aralashmalar.


Qum-gilli aralashmalar.
Reja:

  1. Qolip qumlari va ularning xossalari;

  2. Qolip gili, uning xossalari.

  3. Mashinali qoliplash texnologiyasi


Quymakorlik qolipi va qolip materiallari.
Quymakorlik mashinasozlikni asosiy detallar va yarim mahsulotlar yetkazib beruvchi bazasi hisoblanadi. Quymakorlik eng qadimgi metallarga ishlov berish usuli. Quyma usulida detallarni olish va suyuq metallni mahsus qolipga quyiishsh yo’li bilan yarim mahsulot, yoki tayyor detal olinadi. Quymakorlik qoliplari asosan qum-gilli qoliplarda olinadi. Bu usulda 80% dan oshiq quymalar olinadi va kelajakda ham qum-gilli qoliplar asosiy usul bo’lib qoladi, chunki bu usulda bir necha grammdan, bir necha yuz tonnagacha bo’lgan detallar olish mumkin. Undan tashqari qum va gillar arzon va taqchil emas. Qum-gilli qolipdan tashqari qum-suyuq shishali, qum-sintetik saqichli, qumsulfidli, qum-qum-sementli aralashmalar ishlatilinadi. Bir tonna yaroqli quma olish uchun 8 tonnagacha qolip va o’zak aralashmasi sarflanadi. Qolip va o’zak aralashmalari mexanik, gidravlik, issiqlik-fizik va texnologik xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni o’rganib, ularni boshqarish, quymalarni tuzilishi, sovishi, fizik-mexanik xususiyatlarini shakllantirishga imkoniyat beradi. Quymakorlikda detallarning ko’p nuqsonlari qum-gilli qoliplarga va o’zaklarga bog‘liq. Qolip, o’zak, bog‘lovchi moddalarni xususiyatlarini va aralashmalar turlarini o’rganish hamda boshqarish nuqsonlarni kamaytirish va sifatli quymalar olish garovidir. Aralashmaning sifati uni tashkil etgan komponentlarining miqdori va tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq. Qolip aralashmalarini asosiy muvofiqlashtirish mezoni quymani sifati, aralashmalari maromi va qizitilgan xollariga bog‘liq. Qolip materiallari deb qum-gilli qolipni tayyorlashda ishlatiladigan materiallar kiradi. Bular quymakorlik qumlari, gillair, turli bog‘lovchi moddalar, yordamchi materiallar, bo’yoqlar, yelimlar, yopishqoq qorishma, va kuyishga qarshi ishlatilinadigan boshqa materiallar. Qum-gilli qoliplar va o’zaklar ma'lum talabalarga javob berishi kerak. Bunga quyidagi usullar kiradi: -qoliplarni tayyorlash texnologiyasi; -qolip aralashmasini tayyorlash texnologiyasi; -qolipga quyishda suyuq metall bilan o’zaro ta‘siri; -qolipni quyma soviganidan so‗ng uni ajratib olishga va o’zaklarni quymani ichidan urib chiqarishga osonlashtirsh. Quymakorlik texnologiyasini turli usullarda bajarilishi mumkin. Quymani tayyorlab, qum-gilli bir marotabali qoliplarda olishni texnologik jarayonining sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Qum-gilli qoliplar bir marta ishlatilinadi va quyma detal soviganidan keyin quyma ajratib olinadi va qolip buzilib ketadi. Ularning puxtaligini oshirish uchun ichiga armatura o’rnatilinadi. O’zaklarga puxtaligini oshirish uchun mahsus bog‘lovchi moddalar qo’shiladi. Yuqoridagi yarim qolipda suyuq metalni quyish uchun maxsus voronka o’rnatilinadi, yoki yarim qolip usti qismidagi o’zi bajariladi. Suyuq metall qolipni ichki qismi 2 quyiladi va kerak bo’lsa 6 ustamlarga xam yetkazib beriladi. Opokalarada qolip aralashmalarini zichlashtirilgandan so’ng model va quyish tizimi modellari chiqarib olinadi va qolipni pastki 3-qismi bilan qotiriladi yarim qolipga shtirlar yordamida ajralib ketmasligi uchun qotirib bog‘lab qo’yiladi. Qolip tayyor bo’lganidan so’ng unga suyuq metall quyilishi mumkin. Qolipdagi metall quyma shaklida kamida 200-300C soviganidan so’ng qolipni buzib, quymani ajratib olish mumkin. Undan keyin quymadagi quyish tizimi elementlari ajratiladi, ichki qismidan o’zak urib chiqariladi. Najdak bilan stanoklarda quyma tekislanadi va tozalanib omborxonalarga yoki mexanik ishlov berish b o’limiga yuboriladi.

Qum-gilli qolip (2-rasm) ikkita yarim qolipalardan iborat. Qolipni tepa qismi 4, pastki qismi 3. Qoliplar maxsus ramkali, po‗lat metallidan ishlab chiqilgan 5 opokalarda tayyorlanadi. Qolipni moslama (model) yordamida tayyorlab olinadi. Model qolipdan o’lchovlari, qoliplash qiyaliklari va o’zak belgilari bilan farqlanadi. O’zaklarni ham mexanik xususiyatlari yuqoriroq, puxta qoliplash materiallaridan tayyorlanadi


Quyish uskunalari- quyma qoliplarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan
model, o’zak qutilari, opokalar, model plitalari va boshqa moslamalardan iborat.
Mashinali qoliplashda va tez-tez qo’lda qoliplarni ishlab chiqarishda modellar
model plitalarga o’rnatiladi.
Model plitalari, shuningdek, qoliplash mashinasi yoki mashina stoliga
biriktirilishi uchun asboblarni o’z ichiga oladi, qoliplash paytida opokni qotirish
uchun markazlashtiruvchi tig‘, quymaning modellari va quyish tizimini o’rnatish
va qotirish elementlari.
Quyish uskunalari, shuningdek, pastki yarim qolipga o’rnatishgacha, quyish
tizimi va kosacha, bloklarga o’zaklarni yi g‘ish uchun konduktorlar, o’zaklarni
quritish uchun plitalar, turlicha nazorat asboblari va hokazolarni o’z ichiga oladi.
Qo‘lda qoliplash texnologiyasi donali quymalarni ishlab chiqarishda
ishlatiladi(ta‘mirlovchi quyish, noyob donali quymalar).
Misol uchun, 1.1. a-rasmda taqdim etilgan eskiz bo’yicha quymani tayyorlash
kerak. Model odatda yog‘ochdan, eng arzon, oson ishlov beradigan materiallardan
tayyorlanadi. Model o’lchamlari metall quymaning hajmi siqilish qiymati va (agar
nazarda tutilgan bo’lsa) qayta ishlash uchun qo’yim kattaligidan ortiq bo’lishi
kerak.
Bu holatda, eng oddiysi, ajralmas model yordamida qoliplash. Model plitalari
yog‘och yoki yengil metalldan bo’lishi mumkin.
Model 1 model plitasi 2 ga o’rnatiladi, bu yerda opoka 3 ga joylashtiriladi
(1.1. –rasm- b). Model va plastina yuzasi aralashmani asbobga yopishishini
kamaytirish uchun ajratuvchi birikma (quruq qum) bilan sepiladi.
Keyinchalik, qoliplash aralashmasi modelga quyiladi, uni (qo’lda yoki
pnevmatik) trambovka bilan zichlanadi. Zichlanish, qoliplash aralashmasining
mustaxkamligini oshiradi. Aralashma zichlanishidan so’ng ortiqchasi tozalanadi, opokani aralashmasi bilan model plitasidan olib tashlash bilan bir vaqtning o‗zida yarim-qolip 180° C o’girilib, bir necha joylarda shamollatish kanallarini yaratish uchun o’tkir uchli (dushnik) po’lat sim bilan teshiladi.
O’girilgan opokaga xuddi shu o’lchamda ikkinchi opoka 4, voronka 5 va
vыpara (havo chiqib ketish uchun o’rnatilgan teshiik) 6 bilan model ustuni
o’rnatiladi (1.1- rasm- c), undan keyin qoliplash aralashmasi opokaga quyiladi va
zichlanadi. Qolipni metall bilan to’ldirganda, bu opoka yuqori qism deb ataladi. Yuqori
yarim qolipda shamollatish kanallari 7 dushnik bilan qo’yiladi.
Keyinchalik, quyma, ustun va bug‘lanish modellari qolipdan chiqariladi.
Buning uchun, ustun va vыpar modellarini chiqarib keyin bir vaqtning o’zida
180° C o’girib tepa qismi yarim-qolip olinadi. Pastki yarim qolipda joylashgan model ehtiyotkorlik bilan chiqariladi. Pastki yarim qolipda ustun modelning belgisidan qo’lda kanal kesiladi, bu orqali suyuqlik metall quyish vaqtida ustundan qolip bo’shlig‘iga o’tadi. Xuddi shunday kanal vыparga ham kesiladi.
Modellarni olishda va boshqa operatsiyalarda yuzaga keladigan
kamchiliklarini kamaytirish uchun, har ikki yarim qolipni quruq siqilgan havo
bilan puflab, mumkin bo’lgan ifloslarni olib tashlanadi va qolip yig‘iladi. Tayyor
qolip 1.1.-d rasmda ko’rsatilgan. Quyma sirtini yuqori sifatli olish uchun ikki turdagi qoliplash aralashmasi ishlatiladi: qoplama va to’ldiruvchi.
Qoplama aralashmasi 10-50 mm qalinlikdagi qatlam hosil qiladi, suyuq
metall bu bilan quyish va undan keyin sovutish vaqtida bevosita aloqada bo’ladi.
Metall va qolip materiallari o’rtasidagi fizik-kimyoviy o’zoro ta‘sirni kamaytirish
uchun ko’proq olovbardosh materiallar qoplama aralashmasiga kiritiladi.
Ko’rib chiqilgan usulga qo’shimcha ravishda, gilda qoliplash, ajraluvchi
model bilan ikki opokada, modelning ajraluvchi qismlari bilan, shablon bo’yicha,
nazorat kesimlar bo’yicha va hokazolarda ishlatiladi.
Zichlangan aralashmalarga qo’shimcha ravishda, suyuq o’zi qotuvchi
aralashmalar (JSS) ishlatiladi. Opokalar yoki o’zak qutilari suyuqlik kabi oqishi
mumkin bo’lgan aralashma bilan to’ldiriladi. An‘anaviy zichlash o’rniga, maxsus vibratsiyali stendda tebranish orqali qo’shimcha kichik zichlanish qo’llaniladi. Aralashmaning tarkibida bog‘lovchini qotish jarayonini boshlaydigan
materiallarning mavjudligi tufayli qolip va o’zaklar qattiqlashadi va bir muncha
vaqt o’tgach, keyingi texnologik operatsiyalarni amalga oshirish uchun yetarli
mustaxkamlikga ega bo’ladi.

Download 243.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling