Qum piyozi, jag’-jag, sassiq kovrakning(efemer va efemeroid o’simliklar) botanik tavsifi Reja
Download 268.49 Kb.
|
1 Qum piyozi, jag’-jag, sassiq kovrakning(efemer va efemeroid o’simliklar) botanik tavsifi
Mahsulot tayyorlash. 0‘simlik gullashi va mevasi etilishi davrida ildizi bilan sug‘urib olinadi. lldizini (ba’zan, ildizoldi barglari bilan) tashlab yuborib, qolgan qismini soya joyda quritiladi.
PIYOZ (Allium) — loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, sabzavot va manzarali ekin. Shim. yarim sharda 500 ga yaqin turi maʼlum. Eng koʻp turlari Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Sharqiy Sibirda, kamroq turi Yevropada va Uzoq Sharkda uchraydi. Oʻzbekistonda Piyozning doyra piyoz (qirqbarg piyoz), piskom P. (togʻ piyoz), koʻrimsiz piyoz, gʻadir-budur piyoz, havorang Piyoz (gulpi-yoz), yovvoyisarimsoq Piyoz, sarimsoq P. (sarimsoq), Shubert P. i (choʻchqa piyoz), qoratov piyozi (choʻchqaquloq), novcha piyoz (anzur piyoz), chimyon P., Seversov P. i kabi 15 yovvoyi turi usadi. Asosan, 6 turi — osh Piyoz (vatani Oʻrta Osiyo va Afgʻoniston), batun Piyoz (vatani Sharqiy Sibirning janubi), porey Piyoz (vatani Oʻrta dengiz boʻylari) va b. ekib yetishtiriladi. Eng koʻp tarqalgan turi osh Piyoz (A. sera L.) tuproq unumdorligiga gʻoyat talabchan, sovuqqa chidamli va oʻta namsevar sabzavot ekini. Oʻrta Osiyodan tashqari AQSH, Bolgariya, Ispaniya, Misr, Fransiya, Italiya va Yaponiyada koʻp ekiladi. Oʻzbekistonda 2 yillik, ay-rim mamlakatlarda 2 va 4 yillik ekin. Piyoz boshlari yapaloq, uzunchoq yoki yumaloq. Tarkibida (navlariga qarab) 2,4—14% qand, 2—13,9 mg% S vitami-ni, efir moyi, bargida esa 19—57,7 mg% S vitamini, shuningdek, A, V,, V2 vitaminlari va 1,3—5,9 mg% A pro-vitamini, limon va olma kislotalar, fitonsidlar va b. bor. Piyoz boshi poyasining shoxlanishiga qarab kam, oʻrtacha va kup uyali navlarga ajratiladi. Kam uyali navlar 1, ay-rim hollarda 2, oʻrta uyali navlar 2 — 3, koʻp uyali navlar 5 va undan kup pi-yozboshlar hosil qiladi. Taʼmiga kura, osh piyoz navlari achchiq, yarim achchik, va chuchuk turlarga ajratiladi. Piyoz, asosan, ovqatga ishlatiladi. Tabobatda oshqozon-ichak, nafas organlari va yurak-tomir sistemasi kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Osh P. bir yoki bir necha generativ va vegetativ kurtaklar joylashgan qisqa poyadan iborat. Guli ikki jinsli. Il-dizi popuk ildiz. Urugʻi uch qirrali, 1000 donasi 2,5—4 g. P. janubiy, gʻar-biy, sharqiy kenja turlarga boʻlinadi. Oʻzbekiston va Qozogʻiston janubida janubiy va, qisman, gʻarbiy kenja turga oid mahalliy navlar tarqalgan. Bularga Andijon oq Piyozi (yirik, oq), Samarqand qizil 172 Piyozi (dumaloqyassi, qizil), margʻilon P. i yoki tuxum P. (choʻzik, tuxumsimon, oq), Qoratol P. i( dumalok, tillarang), Farobi (yirik, dumaloqyassi, oq), Kaba 132 (yirik, dumaloq, jigarrangsarik), Tungani-56 (dumaloqyassi, toʻq binafsharang) va Ispan 313 (yirik, dumaloq, och sarik) Piyoz lari va b. kiradi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda 1-yili dalaga urugʻi sepilib, isteʼmol uchun osh Piyoz (boshpiyoz) olinadi. 2-yili bosh P. ekilib, urugʻ olinadi. Oʻzbekiston sharoitida Piyoz ekiladigan yer iloji boricha begona oʻtlar chiqmaydigan qilib tayyorlanadi, kuzgi shudgor erta oʻtka-ziladi, kultivatsiya qilinadi, mola bosiladi. Piyoz ekiladigan yerning gektariga 20—25 t chirigan goʻng, texnologiya talablariga koʻra mineral oʻgʻitlar solinadi. Oʻrta Osiyoda Piyoz 3 muddatda: erta koʻklamda (fev. oxiri — mart boshlari-da); yozkuzda (avg. oxiri — sent. boshlarida) va kech kuzda (noyab. da, «toʻqson bosdi») ekiladi. Piyoz sabzavot va dala almashlab ekish tizimida yetishtiriladi. Eng yaxshi oʻtmishdoshlar — karam, pomidor, bodring, kuzgi don ekinlari angʻizi, kartoshka. Oʻsuv davrida oziklantiriladi, sugʻoriladi (yer osti suvlari chukur joylashgan boʻz tuprokli yerlarda 12, oʻtloqibotqoqi tuproklarda 7—8-marta), qoʻlda yoki kimyoviy usulda oʻtoqqilinadi. Sent. oxiri — okt. boshlarida qazilib, avval dalada, keyin usti yopiq joylarda kuritiladi, saralanadi, har xil chiqitlardan tozalanadi. Hosildorligi 120 dan 400— 600 s/ga. Urugʻ olishda saralangan, navdor Piyoz boshi (noʻsh) egatlarga ekiladi. Mayda Piyoz boshchalarini noʻsh qilib erta bahorda koʻkpiyoz va yoz boshida bosh piyoz olish uchun Piyoz boshi (noʻsh) kdsaladi – P. urugʻi iyun oxiri — iyul boshlarida yetiladi. Gektaridan oʻrtacha 3—5 s, ayrim xoʻjaliklarda 10 s gacha urugʻ olinadi. Asosiy zararkunandal ar i: P. pashshasi, tamaki shirasi, Piyoz parvonasi; kasal l ikl ar i : boʻyin chirishi, soxta kul, k°RakUya> virus kasalliklari. Osh P. va uning noʻshidan tashqari, Piyozning batun, porey, shnitt, shalot va juda koʻp boshqa turlari xam ozik-ovkatga ishlatiladi. Batun Piyoz, (A. fi stulosum) piyoz bosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Bir joyda 3—4 y. usadi (Salatniy 35 navi). Barglari 25—30 sm boʻlganda — may oxirida yigʻishtiriladi. Hosildorligi 300 s/ga. Porey Piyoz (A. porrum) — piyozbosh tugmaydigan koʻp yillik oʻsimlik. Uzun nishtarsimon bargli, soxta poyali koʻp yillik oʻsimlik. Hosildorligi 250 s/ga. Shnitt (Sibir) P. (A. scho-enoprasum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan koʻp yillik oʻsimlik. Kam mikdorda yetishtiriladi. Kuchli shoxlanadi — 3 yoshlisi 50 tagacha barg chiqaradi. Bargida 70—105 mg% S vita-mini bor. Sovuqqa oʻta chidamli, hosildorligi 150—200s/ga. Shalot Piyoz (A. ascalonicum) — vatani Janubiy Osiyo boʻlgan kup yillik usimlik. Piyoz boshchalari mayda. Asosan, Kavkazda ochik va yopiq (himoyalangan) tuprokqa bahorda ekiladi. Piyozning vegetativ koʻpayadigan sarimsoq Piyoz (A.sativum) turi qimmatli sabzavot ekini (q. Sarimsoq). Piyozning ayrim yovvoyi turlari bargi yoki piyozboshi isteʼmol qilinadi, piskom Piyoz (A. pskemens) kabi boʻyi 1 m ga boradigan ayrim turlari manza-rali bogʻdorchiliqsa ekiladi. Sassiq kovrak – Ferula vonyuchaya - Ferula foetida (Bunge) Regel. O‘simlikning tarqalishi. Sassiq kovrak Farg‘ona vodiysi, Zarafshon daryosining quyi qismida, Qizilqumda, Surxon-Sherobod vodiysi va Ustyurtda tarqalgan.v O‘simlik qurg‘oqchilikka chidamli, o‘sish sharoitlariga talabchan emas. O‘rta Osiyoda kovraklarning 104 turi uchraydi. O‘zbekiston florasida 45 turi keltirilgan. O‘zbekiston Qizil Kitobiga 5 turi kiritilgan: Archa kovrak, Nor kovrak, Sumbul kovrak, Tuganakli kovrak va Qizilqum kovragi. O‘zbekistonda sanoat masshtablarida kovrakning ikki turi: sassiq kovrak va Qo‘xiston kovragi ishlatiladi. Agrotexnik tadbirlar. O‘simlik urug‘larini ekish orqali ko‘paytiriladi. Ekishdan oldin tuproqni begona o‘tlardan tozalaniladi, organik va mineral o‘g‘itlar bilan boyitiladi. Ekish uchun ma’qul joy, o‘simlik tabiiy o‘sish arealiga yaqin hududlar hisoblanadi. Asosiy shudgorni 25-30 sm chuqurlikda o‘tkaziladi. Keng qatorli qilib ekiladi. Qatorlar orasi 70 sm, ekish normasi 2-3 kg/ga, ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekish muddati noyabr-dekabr oylari hisoblanadi, chunki kuzda urug‘ni unishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bahorda, mart oyining o‘rtalarida urug‘lar unib chiqadi. O‘simlikda ikkinchi chin barg hosil bo‘lgandan so‘ng begona o‘tlardan tozalanadi va yagona qilinadi. 40-50 sm.da bir tupdan o‘simlik qoldiriladi. Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. O‘simlikning ildizidan 4-5 yili barglar soni 6-8 tadan ortganda shira olish ishlari boshlanadi. Dastlab o‘simlik barglari qurib boshlagan vaqtda, ya’ni barglar ildiz bo‘g‘zidan oson ajraladigan vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi. Barglari oxistalik bilan ildiz bo‘g‘zidan ajratilib ildiz ustiga bostiriladi. Barglari shamolda uchib ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‘miladi va o‘simlik ildizi 30 kun mobaynida dimlanadi. Ushbu vaqt davomida o‘simlik ildizida shira to‘planadi. So‘ngra ildiz usti oxistalik bilan tozalanadi. Tozalangandan so‘ng maxsus o‘tkir pichoq bilan kesiladi. Uch kundan so‘ng ildiz ustki qismidagi donak, shiralar yig‘iladi. Ushbu tadbirning davomiyligi pichoqning o‘tkirligiga va ildizni qimirlatib shikast yetkazmaslikka bog‘liq. Har bir ildiz yupqa qilib kamida 15 martagacha kesiladi. Yig‘ilgan shira 5-10 kg.li plastmassa idishlarda 1 yilgacha saqlanadi. Tashkil etilgan plantasiyalarda har 10 m2 maydonda 2-3 dona o‘simlik urug‘ olish va tabiiy ravishda tiklanishi uchun qoldiriladi. Urug‘lari to‘liq yetilgan davrda yig‘ib olinadi.Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. O‘simlikning ildizidan 4-5 yili barglar soni 6-8 tadan ortganda shira olish ishlari boshlanadi. Dastlab o‘simlik barglari qurib boshlagan vaqtda, ya’ni barglar ildiz bo‘g‘zidan oson ajraladigan vaqtda ildiz atrofi 30x30 sm sxemada kovlanadi. Barglari oxistalik bilan ildiz bo‘g‘zidan ajratilib ildiz ustiga bostiriladi. Barglari shamolda uchib ketmasligi uchun ozroq tuproq bilan ko‘miladi va o‘simlik ildizi 30 kun mobaynida dimlanadi. Ushbu vaqt davomida o‘simlik ildizida shira to‘planadi. So‘ngra ildiz usti oxistalik bilan tozalanadi. Tozalangandan so‘ng maxsus o‘tkir pichoq bilan kesiladi. Uch kundan so‘ng ildiz ustki qismidagi donak, shiralar yig‘iladi. Ushbu tadbirning davomiyligi pichoqning o‘tkirligiga va ildizni qimirlatib shikast yetkazmaslikka bog‘liq. Har bir ildiz yupqa qilib kamida 15 martagacha kesiladi. Yig‘ilgan shira 5-10 kg.li plastmassa idishlarda 1 yilgacha saqlanadi. Tashkil etilgan plantasiyalarda har 10 m2 maydonda 2-3 dona o‘simlik urug‘ olish va tabiiy ravishda tiklanishi uchun qoldiriladi. Urug‘lari to‘liq yetilgan davrda yig‘ib olinadi. Tibbiyotda qo‘llanilishi va kimyoviy tarkibi. Kovrakning qatroni (smola) asosan asab tizimi faoliyatini yaxshilashda, yo‘talni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. U og‘riqni qoldiruvchi, tinchlantiruvchi va ichni yumshatuvchi xususiyatlarga ega. Uning tarkibida faol modda bu efir moyidir. Uning davolovchi xususiyatlari haqida olimlarning fikri turlicha. Kimdir uni katta dozada ham zararsiz desa, boshqalar uni zaharli deb ta’kidlashadi. Veterinariya amaliyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. Kovrak o‘tkir, kuchli, yoqimsiz, uzoq turadigan sarimsoq piyoz hidiga ega. Yetishtiriladigan joylarda ovqatga solinadigan ziravorlar sifatida ishlatiladi. Eron, Afg‘onistonda kovrakni qo‘y go‘shtidan tayyorlanadigan taomlarga solinadi. Hindiston va Indoneziyada sabzavotli va guruchli ovqatlarga qo‘shiladi. Kovrak “karri” aralashmasi tarkibiga ham kiradi. Faol ta’sir qiluvchi moddalari: kovrak kislotasining 60% gacha efirini tutuvchi qatron, azaresitannol, kumarinlar, efir moyi, vanilin va bir qator boshqa moddalar. Tavsiyalar. Qizilqumning Gʻarbiy va Janubi-Sharqiy cho‘l hududlarida yiliga 200 tonna chegarasida smola tayyorlash mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Агрохимия (Под ред. Б. А. Ягодина). Москва, 1982. 2. Атлас ареалов и ресурсов лекарствениих растений СССР, Москва, 1976. 3.Ataboyeva H.N. va boshqalar. 0‘simlikshunoslik. Toshkent, 1995. 4. Вопросы агротехники возделывания лекарственных культур. Часть 1, Москва, 1987. 5. Мурдахаев Ю. М. Лекарсвенные культуры в Узбекистане, Ташкент, 2001. 6. Murdaxayev Yu.M, 0‘zbekistonda vatan topgan dorivor o‘simliklar. Toshkent, 1990. 7. Musayev B. S. «0‘g‘it qo‘llash tizimi«, Toshkent, 1998. 8. Musayev B. S. Agrokimyo. Toshkent, 2001 Download 268.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling