Qum-shag’al tog’ jinslarini qazib olish va qayta ishlash texnologiyasi va mexanizatsiyalash


Download 5.09 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi5.09 Kb.
#1642451
Bog'liq
39 QUM SHAG’AL TOG’ JINSLARINI QAZIB OLISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI

QUM-SHAG’AL TOG’ JINSLARINI QAZIB OLISH VA QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI VA MEXANIZATSIYALASH.

  • REJA
  • 1. Qum-shag’al konlari.
  • 2. Qum-shag’al konlarini qayta ishlash texnologiyasi va mexanizatsiyalash.

Qum-shag’al konlari yurtimizda keng tarqalgan. Ular plastsimon yotish bilan xarakterlanadi va asosan turli o’lchamdagi valunlar va gilsimon tog’ jinslari linzalariga ega bo’ladi. Ko’plab hollarda konlar suv bilan qoplangan. Kompleks mexanizatsiyalash tarkibi va qazib olinadigan qum-shag’al massasining qayta ishlash maydoni asosan uning tarkibi va yotish holatlariga bog’liq bo’ladi, shuningdek uning tarkibida mavjud gilsimon tog’ jinslarining va valunlarning mavjudligi bilan farqlanadi.

Quruq va nisbatan namlangan uncha katta bo’lmagan karyerlarni qazib olishda (unumdorligi yiliga 100-150 ming.m3) harakatlanadigan maydalash-ajratish uskunalaridan foydalaniladi. Qum-shag’al massasini yuklash ekskavatorlar yoki bir cho’michli ekskavatorlar bilan amalga oshiriladi (9.2-rasm.). nisbatan katta karyerlarda maydalash-ajratish uskunalari yarim turg’un bo’ladi va ularga kon massasi zaboylardan avtosamosvallar va bir cho’michli yuklagichlar bilan tashib kelinadi. Tayyor mahsulot bevostida iste’molilarning transport vositalariga yuklanadi yoki omborlarga joylashtiriladi.


9.2-rasm. Qush-shag’al tog’ jinslarini qazib olish va qayta ishlashdagi texnologik majmua uskunalari:
1-yuklagich; 2-avtosamosval; 3, 4 – yarim turg’un maydalash – ajratish uskunalari; 5 – suzuvchi er snaryadi; 6 – suzuvchi pulpovod; 7 – yuzadagi pulpovod; 8 – gidroaralashmaning harakatlanish yo’nalishi; 9 – draglayn; 10 – suvni qochiruvchi bunker qabul qilgich; 11 – lentali konveyer; a, b – mos ravishda harakatlanadigan va yarim turg’un uskunadan foydalangan holda; v – suzuvchi er snaryadidan foydalangan holda; g – maydalash-ajratish stexi va avtomobil transportidan foydalangan holda; d – maydalash-ajratish stexi va konveyer transportidan foydalangan holda.

Nisbatan suvlangan yoki to’la suvlangan konlarni qazib olishda suzib yuruvchi qazib olish va qayta ishlash uskunali yer snaryadlaridan foydalaniladi (9.2-rasm.), ularda bir vaqtda qum-shag’al massasi elanishi bilan bir vaqtda ularni yuvish hamamalga oshiriladi va valunlar mavjud bo’lganda ularni maydalangan tosh ko’rinishiga keltirib maydalash ham amalga oshiriladi. Qum-shag’al massasini yoki tayyor mahsulotni tashish barjalar yoki pulpovodlar bilan pantonlarda mustahkamlangan holda amalga oshiriladi. Suzuvchi snaryadli bunday majmualarning davriy unumdorligi 500ming.m3gaetadi.

Namlangan zaboylarda suv ochishi uchun mo’ljallangan perforirlangan cho’michli draglaynlardan foydalaniladi (9.2-rasm.). qum-shag’al massasida katta miqdorda valunlarning mavjudligida avtomobil transportidan foydalaniladi. Valunlarning mavjud bo’lmaganida qator karyerlarda konveyer transportidan foydalaniladi (9.2-rasm). Stexga kelib tushgan qum-shag’al massasi kerakli frakstiyalar bo’yicha ajratiladi. Gilsimon va ilsimon frakstiyalar yuvish yo’li bilan yo’qotiladi.

Quritilgandan so’ng ajratilgan va yuvilgan qum va shag’al omborlarga keladi va foydalanuvchilarga etkaziladi. Alohida valunlar maydalangan tosh ko’rinishida maydalanadi. Bunday stexlardagi uskunalar majmuasi o’ziga konusili va sheksimon maydalagichlar, qiya vibrastion va inerstion elaklar, qumlarni ajratgichlar kabi uskunalarni oladi. Ochish ishlarini amalga oshirish uchun qum-shag’al konlarida buldozerlar, skreperlar, draglaynlar va ekskavator-avtomobil majmualari qo’llaniladi. Qum-shag’al konlarida asosan bir bortli bo’ylama va ko’ndalang (nisbatan kamroq ikki bortli va elpig’ichsimon) qazib olish tizimlaridan foydalaniladi.


Download 5.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling