Qurbaqa va baqa oʻrtasida farq borligini bilgan ayrim insonlar bunga hayron qoladi. Ikkisining asosiy belgilari oʻxshash boʻlsa-da, muayyan farqlari ham mavjuddir
Download 28.22 Kb.
|
baqa va qurbaqa farqi
Qurbaqa va baqa oʻrtasida farq borligini bilgan ayrim insonlar bunga hayron qoladi. Ikkisining asosiy belgilari oʻxshash boʻlsa-da, muayyan farqlari ham mavjuddir. Ular sovuqqon hayvonlarga mansub boʻlib, suvda ham, quruqlikda ham yashaydi. Aksariyat qurbaqa va baqalar bir-biriga juda oʻxshash va baʼzan ularni aniqlash juda qiyin boʻlishi mumkin. Qurbaqalarning tanasi silliq, sirgʻanchiq, choʻzinchoq va nozikbadan. Baqalarning ko‘pchiligi quruq, soʻgal bosgan va kattaroqdir. Koʻp qurbaqalarning tishi bor, ko’l baqalarda esa yoʻq. Aksariyat amfibiyalar tuxum qoʻyadi, shu jihat bilan ham qurbaqa va baqalar bir-biriga oʻxshaydi. Tuxumlari suv yuzasida suzib yurgan jelega oʻxshash moddadagi kir dogʻlariga oʻxshaydi. Uvuldiriqlardan amfibiyalardan ko‘ra koʻproq baliqlarga oʻxshash kichik itbaliqlar chiqadi.Itbaliq jabrasi bilan nafas oladi va ularning uzun dumi boʻlsa-da, oyoqlari boʻlmaydi. Uvuldiriqdan itbaliq paydo boʻlgunicha 3 kundan 25 kungacha vaqt o‘tadi. 3–4 oydan keyin uning jabra va dumlari yoʻqolib, oʻpka hamda oyoqlari paydo boʻla boshlaydi. Biroq itbaliq toʻliq qurbaqa yoki baqaga aylanishi uchun taxminan bir yil kerak boʻladi. Bu jonzotlar 30–40 yilgacha ham yashashi mumkin. Qurbaqa baqaga nisbatan kamroq tuxum qoʻyadi, yiliga atigi 4000 tadan 12 000 tagacha. Urgʻochi baqaning tuxumlari esa bir mavsumda 18 000 tadan 20 000 tagacha yetishi mumkin.Tuxum qoʻyishda erkaklari hal qiluvchi rol oʻynaydigan baqa turlari ham mavjud. Yevropada yashovchi bu turdagi baqalardan birining erkagi uvuldiriqlarni panjasi atrofiga oʻrab olib, ular ochib chiqishga tayyor boʻlgunga qadar ular bilan birga yerdagi chuqurchada oʻtiradi. Keyin esa ularni yana suv havzasiga olib oʻtadi.Janubiy Amerikada yashovchi baqalar ota-onasining orqa qismidagi chuqurchalarga qoʻyilgan tuxumdan chiqadi. Ushbu chuqurchalar teri bilan qoplangan va suyuqlik bilan toʻldirilgan bo‘ladi. Boʻlajak baqalar itbaliqqa aylangunga qadar oʻsha yerda qoladi.Mo‘tadil iqlim sharoitida yashovchi baqalar jigarrang yoki och jigarrangdir. Tropikdagilarining rangi juda yorqin boʻladi. Ularni qoʻlga olish mutlaqo xavfsizdir.Mana endi oldingizdan qurbaqa yoki baqa chiqib qolsa, terisining xususiyatiga qarab qaysi biri ekanini ajrata olasiz. Download 28.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling