Mushaklar, muskullar odam va hayvonlar tanasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga EGA toʻqima (mushak toʻqimasi)dan tashkil topgan


Download 0.74 Mb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1554880
  1   2
Bog'liq
MUSHAKLAR


Mushaklar, muskullar – odam va hayvonlar tanasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (mushak toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalang-targʻil va yurak mushaklari birgalikda organizmning mushak tizimini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalang-targʻil va silliq mushaklarga boʻlinadi. Silliq mushaklardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining mushak pardalri, shuningdek, teri mushaklari hosil boʻladi.
Silliq mushaklar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy mushaklar deyiladi. Silliq mushak nukul mezenximadan vujudga keladi. Mushak tolasi uzunasiga ketgan mushak hujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi – sarkolemmasi, sitoplazmasi – sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Mushak tolasining qisqaruvchi tuzilmasi – uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolning bir uyidan ikkinchi uchigacha davom etadi.
Koʻndalang-targʻil mushaklarga skelet mushaklari va yurak mushagi (miokard) kiradi. Koʻndalang-targʻil mushaklar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. Har qaysi mushak yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi.
Mushak boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Mushaklar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazifasiga koʻra kisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, bukuvchi, chanovchi va h. k.
Mushaklarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon mushakning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi va dumi deb ataladi. Baʼzi mushaklarning bir emas, balki 2-3 va hatto 4 ta boshi bor (masalan, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli mushak i). Mushaklarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibroz-suyak kanallari, sinovial qin va xaltalar kiradi. Mushaklarda qon Tomirlar koʻp, ular qon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir mushak da harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv tizimi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan mushaklar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet mushaklari topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, qoʻl va oyoq mushaklar iga ajratiladi.
Tana mushaklari orqa, koʻkrak va qorin mushaklar idan iborat. Orqa mushaklari yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻynini yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur mushaklari umurtqa pogʻonasini tiklaydi.
Koʻkrak mushaklari xususiy tashqi va ichki qvurgʻalararo mushaklar, yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak M. i, oʻmrov usti va oldingi tishsimon M. ga boʻlinadi. Tashqari qvurgʻalararo M. qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki M. esa nafas olish va chiqarishda ishtirok etadi.
Qorin M. i tashqi va ichki qiyshiq M., qorinning koʻndalang va toʻgʻri M. i, shuningdek, belning kvadrat mushagidan tashkil topgan. Qorin M. i toʻgʻri tanani oldinga bukadi, qiyshiq M. i yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu M. qorin pressini tashkil etib, asosiy vazifasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab tuzishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi M. ining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tutish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin M. i fassiya bilan qoplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib mushak tolalarida miofibrilarni koʻpaytirish va shu tariqa mushak kuchini oshirish mumkin.
Barcha M. ning asosiy xususiyati ularning kisqarishidir (q. Mushak qisqarishi), bunda muayyan ish bajariladi. Mushaklar kuchi mushak tollaridagi miofibrillar soniga bogʻlik; yaxshi rivojlangan M. da ular koʻp, sust rivojlaganlarida kam. Yuz va boshning barcha M. i 2 guruhga: mimika va naynov M. iga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jani harakatlantirishda qatnashadi.
Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl M. i bor. Skelet M. ining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam tanasida 600 ta yaqin mushak bor. Odam tanasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv tizimi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pfagi va qovuq, bachadon nayi, bachadon silliq M. dan tuzilgan.
Ichki aʼzolar devori silliq M. ining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashismon boʻladi. Silliq M. refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (masalan, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h. k.).
Yurak mushagi tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalang-targʻil hamda silliq M. dan farq qiladi. Unda boshqa M. da boʻlmaydigan xususiyat – maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak mushagi umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv tizimi boshqaradi.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling