Mushaklar, muskullar odam va hayvonlar tanasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga EGA toʻqima (mushak toʻqimasi)dan tashkil topgan
Download 0.74 Mb.
|
1 2
Bog'liqMUSHAKLAR
Muskullar, mushaklar — odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi. Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi. Muskullarda kon tomirlar koʻp, ular kon bilan moʻl taʼminlangan, limfa tomirlari yaxshi rivojlangan. Har bir muskulda harakatlantiruvchi va sezuvchi nerv tolalari bor, ular yordamida markaziy nerv sistemasi bilan aloqa qiladi. Bir harakatni bajaradigan muskullar sinergistlar, qarama-qarshi harakatlarni bajaradiganlari antagonistlar deyiladi. Skelet Muskullar topografik jihatdan tana, bosh, boʻyin, koʻl va oyoq muskullariga ajratiladi.
Tana muskullari orqa, koʻkrak va qorin muskullaridan iborat. Orqa muskullari yuza va chuqur boʻladi. Ular kurakni koʻtaradi, uni yaqinlashtiradi va yopishtiradi, boʻyinni yozadi, yelka va qoʻlni orqaga va ichkariga tortadi, nafas olish va chiqarishda qatnashadi. Orqaning chuqur muskullari umurtqa pogʻonasini tiklaydi. Koʻkrak muskullari xususiy tashqi va ichki qovurgʻalararo muskullar, yelka kamari va qoʻl bilan bogʻlangan katta va kichik koʻkrak muskullari, oʻmrov usti va oldingi tisheimon muskullarga boʻlinadi. Tashqari qovurgʻalar-aro muskullar qovurgʻalarni koʻtaradi, ichki muskullar esa nafas olish va chikarishda ishtirok etadi. Qorin muskullari tashki va ichki qiyshiq muskullar, qorinning koʻndalang va toʻgʻri muskullari, shuningdek, belning kvadrat muskulidan tashkil topgan. Qorin muskullari toʻgʻri tanani oddinga bukadi, qiyshiq muskullari yon tomonlarga egilishini taʼminlaydi. Bu muskullar qorin pressini tashkil etib, asosiy funksiyasi qorin aʼzolarini funksional qulay holatda ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari, qorin pressi muskullarining qisqarishi siyish, ichak boʻshashi, tugʻish jarayonlarini taʼminlaydi. Qorin muskullari fassiya bilan krplangan. Muntazam mashq qilib, jismoniy ish bilan shugʻullanib muskul tolalarida miofibrillarni koʻpaytirish va shu tarika muskul kuchini oshirish mumkin. Barcha muskullarning asosiy xususiyati ularning qisqarishidir, bunda muayyan ish bajariladi. Muskullar kuchi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan muskullarda ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov muskullariga boʻlinadi. Ular yuz mimikasida, chaynashda va pastki jagʻni harakatlantirishda qatnashadi. Bulardan tashqari, boʻyin hamda qoʻl muskullari bor. Skelet muskullarining deyarli hammasi richaglar qonuniga muvofiq boʻgʻimlardagi suyaklarni harakatga keltiradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin muskul bor. Odam gavdasidagi barcha erkin harakatlar oʻzaro bogʻlangan boʻlib, murakkab shartli va shartsiz reflekslar yordamida yuzaga chiqadi va markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi. Arteriya va venalar devorining asosiy qismi, hazm yoʻlining deyarli hammasi, oʻt pu-fagi va krvuq, bachadon nayi, bachadon silliq muskullardan tuzilgan. Ichki aʼzolar devori silliq muskullarining qisqarishi sekin va chuvalchang oʻrmalashisimon boʻladi. Silliq muskullar refleks yoʻli bilan avtomatik qisqaradi. Ular haddan tashqari kuchli qisqarganda ogʻriq paydo boʻladi (mas, jigar va buyrak sanchigʻi, ichak spazmi va h.k.). Yurak muskuli tuzilishi va vazifasiga koʻra koʻndalangtargil hamda sillits muskullardan farq qiladi. Unda boshqa muskullarda boʻlmaydigan xususiyat — maʼlum ritm va kuchga ega boʻlgan qisqarishlar avtomatizmi bor. Yurak muskuli umr boʻyi ritm bilan toʻxtamasdan ishlaydi, uning faoliyatini nerv sistemasi boshqaradi. S SKELET MUSHAKLARI. Mushaklar – mushak tolalaridan hosil bulgan va asosiy vazifasi qisqarish bo`lgan anatomik hosilalar. Mushak to`qimasi katta yoshdagi odamlar og`irligining 28-48% ni, ayollarda 28-32% ni, keksalarda 30% gacha, chaqaloqlarda 20-22% ni, sportchilarda esa 50% dan ko`prog`ini tashkil qiladi. Mushak tolalari tuzilishiga ko`ra silliq va ko`ndalang targ`il mushaklarga bo`linadi. Ko`ndalang targ`il mushaklar esa yurak mushaklari va skelet mushaklari guruhidan hosil bo`ladi. Silliq mushaklar qon-tomir devorlariga, ichki a’zolar devorida (traxeya,bronx, o`pka,oshqozon ichaklarda,ayirish yo`llarida, jinsiy a’zolarda) uchraydi. Ko`ndalang targ`il mushaklarda: skelet mushaklari,ko`zni harakatga keltiradigan mushaklar,yumshoq tanglay mushaklari, halqum, hiqildoq, qizilo`ngachning yuqori qismi to`g`ri ichakning tashqi qismi mushaklariga kiradi. Alohida tuzilishga ega bo`lgan mushak guruhini yurakning ko`ndalang targ`il mushaklari hosil qiladi. Mushaklar biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan mushak tolalaridan hosil bo`ladi. Mushak tolalarini qalinligini o`zgarishi, mushaklar hajmining o`zgarishiga ta’sir qiladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda skelet mushak tolalarining qalinligi 7-8 mkm, 2 yoshga 10-14 mkm, 4 yoshga 14-20 mkm, katta odamda 38-80 mkm, sportchilarda 100 mkm bo`ladi. Barcha mushaklar tashqi tomondan fassiya pardasi bilan o`ralgan. Fassiyalar mushaklarni ajratib turadi,mushak qisqarishida yon tarafdagi bosimni oshiradi. Fassiya pardasi har bir mushakdan tashqari mushaklar guruhini ham o`rab turadi. Ular har bir mushakni alohida qisqarishini ta’minlaydi. Mushak fassiyalari alohida mushakni o`rab olishdan tashqari sinergest guruhini o`rab oladi va suyak tomon o`simta chiqarib,suyak bilan birlasha oladigan to`sqini hosil qiladi. Fassiyalar ba’zi bo`g`imlar sohasida qalinlashadi va mushak paylari ustidan keng boylam sifatida o`tadi. Natijada fibroz kanal yoki suyak – fibroz kanali hosil bo`ladi. Bu kanallar ichidan mushak paylari o`tadi. Fibroz boylamlar mushak paylarini siljimay turishini ta’minlaydi. Fibroz kanali ichida sinovial parda bo`lib, pardaning pariental varag`i fibroz pardani ichki yuzasini o`rab olsa visseral varag`i esa mushak fassiyalarining ustki yuzasidan o`tadi. Sinovial parda varaqlari orasida ozgina sinovial suyuqlik bo`lib, mushak paylarining harakatini engillashtiradi. Ko`ndalang – targ`il mushaklarning ko`pchiligida qisqaruvchi go`shtdor qismi qorinchasi bo`lib, mushak uchlarining suyaklarga birikishi sohasi paylari hosil bo`ladi.Agar go`shtdor qismi bir tomonda, pay ikkinchi tarafda bo`lsa bunday mushaklarga bir patli mushaklar deyiladi. Agar odatda pay o`rtada bo`lib, ikki tarafli mushakning go`shtdor qismi bo`lsa, u ikki patli mushaklar deyiladi. Ba’zi mushak paylarining ichida suyaklar taraqqiy etadi. Bunday paylar ichidagi suyaklarga sesamasimon suyak deyiladi. Mushak tasnifi Shakliga ko`ra mushaklar uzun, kalta, keng, kvadrat shaklidagi, deltasimon, piramidasimon,yumaloq, tishsimon va boshqalar bo`lishi mumkin. Mushak tutamlarining yo`nalishi bo`yicha to`g`ri, qiyshiq, ko`ndalang, aylana mushaklar bo`ladi. Ularning bajaradigan vazifasiga nisbatan: bukuvchi, yozuvchi, tanaga yaqinlashtiruvchi, tanadan uzoqlashtiruvchi, aylantiruvchi, ichki va tashqi tomonga buruvchi guruhlarga bo`linadi. Mushaklar bo`g`imlarga nisbatan: bir bo`g`imli, ikki bo`g`imli va ko`p bo`g`imli guruhga bo`linadi. Mushaklar joylashishiga nisbatan yuza, chuqur, oldingi, orqadagi,tashqi, ichki guruhlarga bo`linadi. Bir xil vazifani bajaruvchi mushaklarga – sinergist mushaklar, qarama – qarshi vazifani bajaruvchi mushaklar-ga – antogonist mushaklar deyiladi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling