Bozor qal'a arxeologiya yodgorligi


Download 21.19 Kb.
Sana03.06.2024
Hajmi21.19 Kb.
#1840426
Bog'liq
Базар кала маълумот


Bozor qal'a arxeologiya yodgorligi

Seytbaev Islambek Bekmuratovich
Qoraqalpog'iston Respublikasi Madaniy meros boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari.

B ozorqal’a Qoraqalpog’iston Respublikasi To’rtko’l tumani xududida joylashgan madaniy veros ob’yekti. U deyarli kvadrat shaklda (600x560 m) qurilgan, uning maydoni 32 ga. Devor pastki qismining qalinligi 8,5-9 m. Devor ikki qatorli bo’lib, ular o’rtasida yo’lak-karidor hosil bo’lgan. Tashqi devor nayza o’qi uchli shinaklarga ega. Devor va uning tashqi burchagida yarim aylanali burjlar joylashgan bo’lib, ular o’rtasidagi masofa 30-50 m, kengligi 5,5 m, devordan yon o’sib chiqishi 6,5 m. Qal’a darvozasi shimoliy devor o’rtasida joylashgan, kengligi 5 m, ikki yon tomonida yarim aylanali burjlarga ega. Ark yodgorlikning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan, kvadrat shaklida (120x120 m). Uning maydoni 1,4 ga teng. Ark ikki qatorli devor bilan o’rab olingan bo’lib, yarim aylana burjga ega. Arkning kirish qismi bir tirsakli to’g’ri burchakli ―labirintga ega, hajmi 22x17 m. Labirint, o’z navbatida, kengligi 2,1 m yo’lakka ega. Uning shimoli-g’arbiy burchagi ikki tomonga yo’nalgan ―qaldirg’och dum‖li burjlar bilan mustahkamlangan. Ark devorining saqlanib qolgan qismi 9-10 m. Devor nayza o’qi uchli shinaklarga ega, ular o’rtasidagi oraliq 1,6-2 m. Devor va burj qurilishida 47x47x10-12 sm xomg’isht ishlatilgan.


Bozorqal‘ada mil.avv. IV asrda madaniy hayot bo’lib, uning qadimgi davrdagi tarhi saqlanib qolgan, qal’aning umumiy maydonida o’zgarish yuz bermagan. Antik davrda paxsadevor ustiga xom g’ishtdan qurilgan bo’lib, ular o’rtasidan kengligi 2,30 sm yo’lak o’tgan. Devor yarim aylanali burjlarga ega,ular o’rtasidagi masofa 3 0-50 m, kengligi 5,5 m, uzunligi 6,5 m bo’lgan (jami 44). Shaharga kiriladigan yolg’iz darvozasi shimoliy qismidagi devor markazida joylashgan, labirintsiz ishlangan. Tashqi tomonga chiqarilib qurilgan ikkita burj bu darvozaga tayanch bo’lib xizmat qiladi. Shimoli-sharqiy burchagida ark-a’lo joylashgan bo’lib, to’g’ri burchak holda uning hajmi 120x120 m, devor balandligi 4 m, pastki qismining qalinligi 8,5-9 m. Ark darvozasi g’arbiy devor o’rtasida bo’lib, murakkab inshoat bilan mustahkamlangan (22-17 m). Murakkab inshoat yarim aylanali burjlar bilan bezatilgan bo’lib, ular o’rtasidagi masofa 1,6-2 m, tashqi tomondagi hajmi 1,2 m, ichki tomonda esa 0,60 sm. Bozorqal‘a tarixi ikki qurilish davridan iborat bo’lib, mil.avv. VI-milodiy IV asrgacha shaharda madaniy hayot davom etgan.
S . Ismoilov fikricha, Qo’yqirilganqal’a inqirozga uchragandan keyin Xorazm davlati poytaxti Nuzkat (Bozorqal’a) ga ko’chirilgan, milodning boshlaridan to IV asrgacha poytaxt Tuproqqal’ada bo’lganini ham bilamiz. Bozorqal’aning shu davrda vohadagi eng qadimiy va rivojlangan qal’alardan biri bo’lganiga asoslanib, Qo’yqirilganqal’adan keyin poytaxat Nuzkatga, yan’i Bozqal’aga ko’chirilgan. Demak, Nuzkat – Bozorqala’a Qo’yqirilganqal’adan keyin Tuproqqal’adan oldin qadimgi Qadimgi Xorazm davlatining poytaxti bo’lgan. – deb ta’kidlaydi.
Lekin arxeolog V.N. Yagodin yuqoridagi fikrga qo’shilmagan holda, shunday ta‘kidlaydi: “Amudaryoning o’ng sohili Xorazmda yana bir yirik ko’hna shahar – Bozorqal’a bo’lganki, u maydoniga ko’ra poytaxt shaharlikka da’vo qilishi mumkin. Lekin u Kat shahridan qariyb 80 kilometr olisda, demak, u qadimiy poytaxt sifatida qobul qilina olmaydi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Bozorqal’ani poytaxt emas, shahar tipidagi qal’a sifatida ko’ramiz. Chunki, oxirgi o’n yilliklarda arxeologlarimizning tadqiqotlari, Aqchaxonqal’ani poytaxt sifatida ta‘kidlamoqda. O’tmish albatta, yangi materiallar bilan boyitiladi va qo’shimcha yangiliklar kiritiladi.
Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling