Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Download 0.57 Mb.
bet1/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект


Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar (stimulyatorlar).
Haroratni pasaytiruvchi moddalar.
Lixoradka – isitma, bezgak isitmalab qaytarish.
Haroratning ko‘tarilishining sabablari juda ko‘p. Bulardan mikroblarning toksinlari, pratozoylari, toksikologik moddalar buzilgan oziqalar vaspalenielar va boshqalar. Hamma dori moddalari shu o‘zgarishlarga ta’sir etadi. (ximioterapevtik moddalar, izotologik moddalar, protivovospalitelьniy moddalar) Bularning ichida aniqroq ta’sir etuvchilari, haroratni tushiruvchi moddalar ko‘pgina kasalliklarda yuqori temperaturada ko‘p vaqtlar saqlanadi va bir necha kungacha, bunday vaqtlarda hayvonlarning ozishiga yoki xar xil asoratlarning qolishiga va boshqalari. SHuning uchun xam birinchi vrachlik yordami ko‘rsatiladi.
Isitmaga qarshi ta’sir mexanizmi. Har xildagi haroratni tushiruvchi moddalar xar xil ta’sir etadi. Lekin xammasi xam issiqlik markazini tiklovchi ta’sir etadi. Ta’sir reflektorini vegetativ nervning markazi orqali amalga oshirilib, haroratning pasayishiga olib keladi, bunday vaqtlarda teridagi tomirlar kengayishi bilan issiqlikberilishini kuchaytiradi. Bir xil dorilar ta’sir qiladi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomirlarni kengaytirishi bilan. Katta dozalarda issiqlik markazini pasaytiruvchi va shu bilan hamma markaziy nerv sistemasini ishini ham susaytiradi.
Katta gruppadagi haroratni tushiruvchi moddalar. M.Salitsiloviy kislota preparatlari, issiqlik markaziga ta’sir qilishidan tashqari antitoksik – toksinlarga qarshi va bakteriostatik ta’sir ham qiladi, shular orqali lixoradkaning kelib chiqish sabablarini oldini oladi.
Haroratni tushiruvchi moddalar bilan birgalikda analьgetiklar ogriq markaziga ta’sir etib uni susaytirib, issiqlik markaziga ta’sir etadi, bunda periferik retseptorlarda sezuvchanlikning pasayishi bilan boradi. Haroratni tushiruvchi moddalar harorat ko‘tarilganda yaxshi ta’sir etadi. Sog‘lom hayvonlarga faqat katta dozalarda ta’sir etadi, bunday dorilar hayvonlarda endokrin bezlarining funksiyasining buzilishiga olib keladi.
Analьgetiklar isitmani tushiruvchi ta’siri organizm harorati ko‘tarilganda – isitma chiqqanda yaxshi samara beradi. Bunda preparatlar ta’sirida prostoglandin sintezining susayishi hisobiga uning termoregulyasiya markaziga ko‘rsatadigan pirogen (isitma ko‘taruvchi) ta’siri ham susayadi. Bu o‘z navbatida termoregulyasiya markazining qo‘zg‘aluvchanligi pasayishiga va shu sababli teri qon tomirlari kengayishi va ter chiqishi hisobiga organizmdan chiqib ketishiga olib keladi. Isitma tushadi.
SHuni aytib o‘tish kerakki, analьgetiklarning isitma tushiradigan ta’siri tana xarorati normal bo‘lgan maxalda yuzaga chiqmaydi.
Haroratni tushiruvchi moddalar asosan:
1. Anilin unumlariga fenatsetin va paratsetamol preparatlari kiradi, bular asosan og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta’siriga ega. SHuning uchun xam unga kuchli bo‘lmagan har xil og‘riqlarda ishlatiladi. Bu preparatlar farmakologik xossalari, ishlatilishi jixatidan bir xil. Ular me’da - ichakdan tez so‘riladi va konьyugatsiyalanib buyraklardan chiqib ketadi.
Terapevtik dozalarda ishlatilganda deyarli nojo‘ya ta’sir etmaydi. Lekin uzoq vaqt davomida berilsa, qonda metgemoglobin va sulьfgemoglobin hosil bo‘lib, gemolitik anemiya holatlari yuz berishi mumkin.bunday holatlarda dorilarni berish to‘xtatiladi.
2. Pirazolon unumlariga analьgin, amidopirin, butadion, antipirin kiradi. Bu preparatlarning asosiy farmakologik xossalari: og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Og‘riqni qoldiruvchi ta’siri bo‘yicha pirazolon unumlari analьgetiklar ichida birinchi o‘rinda turadi. Isitma tushirish va yallig‘lanishga qarshi ta’siri bo‘yicha salitsilatlarga yaqinlashadi. Bu preparatlarni uzoq vaqt qo‘llasa oq qon tanachalari kamayib agranulotsitoz yoki leykopeniya boshlanadi. Bu holat organizm uchun nacha xavfli xisoblanadi. CHunki organizmning kasallikka nisbatan qarshiligi ancha pasayadi va ko‘pincha organizm har xil yuqumli kasalliklarga chalinadigan bo‘lib qoladi. Hattoki sepsis boshlanishi xam mumkin. SHuning uchun bu preparatlarni ishlatish davomida qondagi leykotsitlar soni nazorat qilib boriladi. Agar shunday holat kuzatilsa qon quyiladi, pentoksil, leykogen preparatlari, zaruriyat bo‘lsa, antibakterial preparatlari (antibiotiklar) beriladi.
Salitsilatlarga – salitsil kislota, metil salitsilat, natriy salitsilat, atsetil-salitsil kislota kiradi. Bularning farmakologik ta’siri orasida yallig‘lanishga qarshi ta’siri birinchi o‘rinda turadi, ikkinchi o‘rinda esa isitma tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta’sir etadi.
Salitsilatlarning nojo‘ya ta’siri ko‘pincha me’da – ichak tizimidagi dispeptik o‘zgarishlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunda ich ketish, qorin og‘rig‘i va boshqa alomatlar bo‘ladi. Me’dada yara hosil qiladi va qon ketishi mumkin, hamda allergik reaksiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Bu asoratlar yuz bersa, preparatlarni berish to‘xtatiladi. Ularga qarshi simptomatik davo qilinadi. (allergiyaga qarshi dorilar, siydik haydovchi dorilar dezintoksikatsion suyuqliklar va boshqalar buyuriladi).
Keyingi vaqtda farmakologik ta’siri bo‘yicha salitsilatlarga yaqin turadigan, lekin ta’siri ancha kuchli, ular revmatizmga qarshi ishlatiladi. Indometatsin, brufen, naproksen, diklofenap-natriy va boshqalar

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling