M – xolinoretseptorlarga ta’sir etuvchi moddalar
Bu guruxga kiruvchi preparatlar asosan postganglionar xolinergitik sistemaga ta’sir kursatadi va kuyidagi guruxlari mavjud:
Xolinomimetiklar
Antixolinesteraz moddalar
Xolinolitiklar
1- va 2- gurux preparatlari xolinergitik sistemani aktivlashtiradi, 3- gurux preparatlari esa bu sistemani blokada kiladi.
Xolinomimetik va antixolinesteraz moddalar bir- biriga uxshash xolinergitik innervatsiyani aktivlashtiruvchi uzgarishlar chakiradi. Jumladan, xazm sistemasining sekretar va kiskarish funksiyasini birdan aktivlashtirib yuboradi, ichak bezlari sekretsiyasi 2-8 marta, oshkozonda 3-12, sulak bezlari 3-20 marta kuchayadi, bu xolat o‘txo‘r xayvonlarda kuchli, go‘shtxo‘rlarda sust namoyon bo‘ladi. Hazm organlari sekretsiyasini oshirish, ovqat xazm qilishni yaxshilash maqsadida qo‘llash qiyin, lekin bezlar bilan zaxarlarni va ozuqalarni xazm yo‘lidan chiqarishda yordam beradi.
Bu moddalar oshqozon va ichaklar peristalьtikasini ham tez aktivlashti-radi. Bu holat 10- 20 minut davom etadi va oshqozon, ichaklarni t____ridan tez tozalaydi. Lekin o‘txo‘r xayvonlarda bu juda xavfli, chunkiichaklarni yorib yuborishi mumkin. SHuning uchun bu dorilarni belgilangan dozada bo‘ltb- bo‘lib yuborish (drob. doza) tavsiya etiladi.
Nafas organlaridasekretsiya kuchayadi va muskullar qaisqarishi tezlashadi. YUrak ishishni vaqtinchalik susaytirishi mumkin. Katta dozalarda mayda kapilyarlar kengayib, qon bosimi pasayishi mumkin. Eng ko‘zga ko‘rinadigan o‘zgarishlardan biri, bu ko‘z qorachig‘ining torayishi, ko‘z ichki bosimining pasayishi. Bunda xayvon yaqinni ko‘rib, uzoqni ko‘ra olmaydi.
Ushbu guruxga kiruvchi dorilar xolinergik sistemani sezilarli darajada aktivlashtirib, shu innervatsiyaga ega boshqa fiziologik sistemalardaham murakkab o‘zgarishlar chaqiradi. Lekin hamma preparatlar bir xil ta’sir etmaydi, shuning uchun har biri har xil maqsadlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |