Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


МАВЗУ: Fitontsidlar. Parazitarlarga qarshi taʼsir koʼrsatuvchi moddalar


Download 0.57 Mb.
bet20/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

МАВЗУ: Fitontsidlar. Parazitarlarga qarshi taʼsir koʼrsatuvchi moddalar
REJА:
1. Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy tavsifi.
2. Xar xil gurux preparatlari.
3. Fosfororganik, xlororganik birikmalar va karbomatlar.
4. Oʼsimliklar dunyosidan olinadigan insektitsid va akaratsid moddalar.
5. Oltingugurt va uning preparatlari, qoʼllanilishi.

TАYaNCh TUShUNChАLАRI.


1. Insektitsid va akaratsid moddalarning umumiy xarakteristika. Ularning qoʼllanilishi, farmakodinamikasi, va saqlash qoidalari.
2. Har xil gurux preparatlarining umumiy xarakteristikasi haqida.
3. Fosfororganik, xlororganik birikmalar va karbonatlarning umumiy xarakteristikasi, ularning vakillari, ishlatilishi saqlash qoidalari toʼgʼrisida.
4. Oʼsimliklardan olinadigan insektitsid va akaratsid preparatlar olinishi, taʼsir mexanizmi va ishlatilishi toʼgʼrisida.
5. Oltingugurt va uning preparatlariga umumiy xarakteristika, ularning olinishi, taʼsir mexanizmi, dozalari va qoʼllash, saqlash qoidalari toʼgʼrisida.

INSEKTITsID VА АKАRАTsID MODDАLАRNING UMUMIY TАVSIFI.


Insektitsidlar (lotincha insuta – xashorat va coedo oʼldiraman) xashoratlarni oʼldiruvchi farmakologik moddalarga aytiladi.
Аkaratsidlar (acarus – kana, coedo - oʼldiraman) – kanalarni oʼldirish uchun qoʼllaniladigan moddalar. Koʼpincha insektitsidlarni pestitsidlar (pest – ziyon, coedo – oʼldiraman) deb nomlanadi.
Boʼgʼimoyoqli xashoratlar sinfi ichida koʼpchiligi odam va xayvonlarga katta ziyon va zarar keltiradi. Ular koʼpchilik yuqumli va invazion kasalliklar qoʼzgʼatuvchilarini tashuvchi hisoblanadilar. Koʼpchilik xashoratlar odam va xayvonlarni chaqib bezovta qiladilar. Zaxarli xashoratlar chaqqanda esa oʼsha joyda yalligʼlanish roʼy beradi, xatto oʼlim sodir boʼlishi mumkin. Xayvonlarni kuchli bezovtalanishi oqibatida maxsuldorligi va chidamliligi pasayib ketadi. Ularning koʼpchiligi teri butunligini buzadi va uning sanitariya jixatidan sifatini yomonlashtiradi, sut va goʼsht sifati ham pasayadi. Masalan: qoramollar boʼka (ovod) kasalligida.
Boʼgʼimoyoqlilardan veterinariya mutaxassislari chivinlar, pashshalar, kanalar, bukalar, mokritsa, junxoʼrlar, burgalar, kloplar va bitlarga qarshi kurash olib boradilar.
Turli boʼgʼimoyoqlilar zaxarli moddalarga nisbatan chidamliligi xam turlicha boʼladi. Bunga sabab ularning parazitlik qilish joylari ham katta ahamiyat kasb etadi. Chunki ayrimlari teri ustida parazitlik qilsa, ayrimlari teri ostida hatto muskul toʼqimasida parazitlik qiladi.
Boʼgʼimoyoqlilarning oraliq shakllari ham turli xil farmakologik moddalarga sezuvchanligi turlicha boʼladi. Shuning uchun insektitsid moddalarni nimani oʼldirishga qarab quyidagilarga boʼlish mumkin: ovotsid taʼsir koʼrsatuvchi – (lat. Ovum – tuxum, coedo – oʼldiraman), yaʼni xashoratlar tuxumini oʼldiruvchi insektitsidlar.
Lorvotsid taʼsir koʼrsatuvchi – (lat. Larva – lichinka, coedo – oʼldiraman) xashoratlar lichinkalarini oʼldiruvchi insektitsidlar.
Аkaratsid taʼsir koʼrsatuvchi (acarus – kana, coedo - oʼldiraman) – kanalarni oʼldiruvchi.
Pestitsid taʼsir koʼrsatuvchi – barcha xashoratlarga qarshi taʼsir qiluvchi moddalar.
Koʼpchilik insektitsidlar turli xil xashoratlarni oʼldirishi mumkin, biroq ular turli darajada taʼsir qiladi, yaʼni kanalarni yaxshi oʼldirsa, burgalarga kam taʼsir qilishi mumkin. Shuning uchun amaliyotda turli xil boʼgʼimoyoqlilarni oʼldirish maqsadida har xil preparatlar qoʼllaniladi.
Insektitsidlar taʼsir mexanizmi xam turlicha. Ularning ayrimlari xashoratlarning xitin qoplamini buzsa, boshqalari nafas olish va ovqat xazm qilish organlarining faoliyatini buzadi.
Insektitsidlar xashoratlar tanasiga 3 xil yoʼl bilan tushadi:
1. Kontakt yoʼli bilan-xashorat xitin pardasi orqali.
2. Fumigant yoʼl bilan-xashoratning nafas olish aʼzolari orqali.
3. Enteral yoʼl bilan-xashoratning ovqat xazm qilish aʼzolari orqali.
Mana shularni xisobga olib qoʼllaniladigan preparatlarga farmatsevtik shakl beriladi. Xashoratlar xitin pardalari orqali gazsimon va bugʼsimon xoldagi preparatlar yaxshi oʼtadi. Bundan tashqari doʼst xolida xam sepilsa yaxshi samara beradi.
Ovqat xazm qilish aʼzolari orqali ovqatga suyuq va qattiq xolda qoʼshib berilgan preparatlar tushadi. Nafas aʼzolari orqali esa gazsimon va bugʼ xolatidagi insektitsidlar oʼtadi.
Insektitsidlarni qoʼllash usullari:
Insektitsidlarning tabiiy sharoitda xashoratlar toʼplanadigan va koʼpayadigan joylarga, binolar (molxona, tovuqxona, kutonlarga) ga va toʼgʼridan-toʼgʼri hayvonlar tanasiga qoʼllanilishi mumkin.
Tabiiy sharoitda xashoratlar koʼpayadigan va toʼplanadigan joylarni odatda samolyotlardan foydalanib purkaladigan pestitsidlar bilan ishlov beriladi. Bundan tashqari maxsus ishlab chiqarilgan moslamalar bilan sepiladi. Binolarga aerozol usulida yoki suvli eritma xolida tayyorlangan pestitsidlar bilan ishlov beriladi.
Hayvonlarga ishlov berishda parazit turi va zararlanish darajasi eʼtiborga olingan xolda turli usullar qoʼllaniladi.
Hayvonlarning yoppasiga kanalar, parazitlar bilan zararlanishida ularga qarshi kurashish maqsadida maxsus vannalar, eritmalar, suspenziyalar va doʼstlar, hamda liniment va mazlar qoʼllash mumkin. Buka kasalligida davolovchi preparatlarni ogʼiz orqali ichirish usuli va muskul orasiga inʼektsiya qilish usullaridan foydalaniladi. Uchib yuruvchi xashoratlarga qarshi kurashishda suvli va yogʼli eritmalar, suspenziyalar, emulʼsiya va idoʼstlardan foydalaniladi. Koʼpchilik insektotsidlar hayvonlar uchun zaharli hisoblanadi, shuning uchun amaliyotda ularning subtoksik dozalari qoʼllaniladi.
Bu dozalarni qoʼllashda dorilar qoʼllanmasida yozilgan qoidalarga toʼligʼicha rioya qilish kerak. Dorining zaxarliligi, taʼsir qilish muddati, bugʼozlikka va oriq hayvonlarga qoʼllash mumkin yoki mumkin emasligini bilgan holda qoʼllash tavsiya etiladi.
Har xil gurux preparatlari.
Dietiltoluolamid – tiniq maysimon suyuqlik, xushboʼy xidli, spirtda yaxshi eriydi, suvda erimaydi. Reppelent va insektitsid xossaga ega, ikki qanotli qon soʼruvchi xashoratlarga nisbatan kuchli taʼsir qiladi. Qoramollarni pashshalardan 2-3 kun davomida saqlaydi. Preparat bilan ishlashda qonun qoidalarga rioya qilish kerak. Qoramollarga sepish uchun 3% li suvdagi emulʼsiyadan foydalaniladi.
Yuglon: Uglonum – sargʼish rangli kukun. Glitserin va spirtda yaxshi eriydi. «B» guruxida saqlanadi. Temiratki kasalligida 1-1,5% li maz shaklida qoʼllaniladi.
ROSK – Rosk – polimer preparat. Maysimon, sariq rangli yopishqoq suyuqlik. Suvda erimaydi. Baliq moyida, izobutil va butil spirtida yaxshi eriydi. Temiratki kasalligida qoʼllaniladi (striguniy mikay).
TАP – 85 (qattiq akaritsid preparat) – toshkoʼmir moyidan olinadi, tarkibida 3% gacha geksaxloran saqlaydi. Briket xolida chiqariladi. Krezol xidiga oʼxshaydi, suvda yaxshi erib emulʼsiya hosil qiladi. 0,5:1 va 2 kg lik briket shaklida chiqariladi. Kontakt yoʼl bilan taʼsir qiluvchi insektoakoratsid hisoblanadi.
Qoramollar qon kasalliklari oldini olish uchun tashqi tomondan 1% li eritmasidan foydalaniladi.
Geksamid – B – Hexamidum. Kuchsiz xushboʼy xidli rangsiz yoki oqish sariq rangli suyuqlik. Koʼp saqlanganda kristallana boshlaydi. Suvda erimaydi, spirtda, efirda, xloroformda yaxshi eriydi. Quyosh nurlari taʼsirida buzilmaydi. Qon soʼruvchi xashoratlarga qarshi kurashda yaxshi samara beradi. 3% li suvdagi suspenziya shaklida qoʼllaniladi. Hashoratlardan 2-3 kun davomida himoya qiladi.
Piretrinlar kuchsiz insektitsid moddalar. Ularni pashsha, chivin, tarakan, bit va kloplarga qarshi ishlatiladi.
Аnabazin-sulʼfat – Anabasini sulfat. Аlkoloid, tuzilishi jixatidan nikotinga oʼxshaydi. Malla rangli quyuq suyuqlik suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Mollar bitlaganda 0,2-0,3% li eritma shaklida qoʼllaniladi.
2. a) Fosfororganik birikmalar.
Hozirgi kunda fosfororganik birikmalar juda katta gurux moddalardan iborat, ular biologiya, meditsina, veterinariya va oʼsimlikshunoslik soxalarida keng qoʼllanilib kelinmoqda.
Koʼplab FOB lar kuchli insektitsid, akaritsid va hattoki bakteritsid hisoblanadi. Ularning eng muhim xususiyatlaridan birinchisi: tashqi muhitning har qanday sharoitda samarali taʼsir qilish xossasiga ega. Ikkinchidan ular kuchsiz zaxarli, masalan: xlor organik birikmalarga nisbatan, organizmda tezda parchalanib ketadi; Uchinchidan bu preparatlarni sintez qilish natijasida yanada samarali va zaxarsiz preparatlar yaratilmoqda. Organik fosforning insektitsid taʼsir qiluvchi (preparatlaridan) birikmalaridan uning unumlari: fosfon kislotasi, fosfor kislotasi va tisfosfor kislotalari muhim ahamiyatga ega. Fosfororganik birikmalarning yuqori insektitsid taʼsiri va tashqi muhitning noqulay sharoitlarida ham kuchini yoʼqotmasligi ularning kelajakda yanada keng koʼlamda ishlatilishi imkon beradi.
Fosfororganik birikmalarning odam va xayvonlar organizmidagi turli parazitar boʼlmagan kasalliklarga qarshi qoʼllanilishi ishlab chiqilmagan boʼlsada, ularning ayrimlari mikroblarni oʼldiruvchi, yana boshqalari ayrim xavfli oʼsmalar oʼsishini bostiruvchi taʼsir qilishi, yana birlari koʼz ichidagi bosimni tushirish, ichaklarning ishini yaxshilashi aniqlangan.
Taʼsir mexanizmi: FOB larning taʼsir mexanizmi asosini xolinesterazaning fosforlanishi tashkil qiladi, bu quyidagi formulada keltirilgan:
Es – Fermentning esteraza qismi:
Аp – Fermentning anion qismi.
Bu reaktsiya natijasida faol boʼlmagan xolinesteraza birikmasi hosil boʼladi va atsetilxolin parchalanmay qoladi. U koʼp miqdorda toʼplanib, kuchli autointoksikatsiya va birdaniga modda almashinuvi jarayoni buzilishiga olib keladi. Xashoratlar oʼlimi bir necha daqiqadan keyin roʼy beradi, chunki markaziy va periferik gangliyalarda xolinesterazani tezda faolligini pasaytiradi. Koʼpchilik FOB lar hayvonlar va xashoratlar organizmida sezilarli oʼzgarishlarga olib keladi va ular xolinesterazani blokada qilish qobiliyatini yoʼqotadi. Аyrim FOB lar tezda oksidlanib qoladi yoki izomerlanadi, buning natijasida kuchsiz birikmalar oʼrniga kuchli antixolinesteraza moddalar paydo boʼladi, shuning uchun chorvachilikda ularning minimal eng kichik dozalaridan foydalaniladi.
Zaxarliligi: FOB lar notoʼgʼri va meʼyoridan koʼp miqdorda qoʼllanilganda kuchli zaxar hisoblanadi. Buning asosini xolinesteraza fermentining faolligi pasayishi va atsetilxolinning koʼpayib ketishi tashkil qiladi. Zaxarlanish belgilari, soʼlak koʼp ajrala boshlaydi, nafas olish qiyinlashadi, bronxospazm, sianoz kuzatiladi, ich ketadi. zaxarlanish kuchli boʼlsa avval ayrim muskullar qaltirashi, keyinchalik butun tana muskullari qaltirashi kuzatiladi. Bu xol oldi olinmasa hayvon kollaps holatiga tushadi va oʼlim bilan tugaydi. Zaxarga qarshi antidot – atropin sulʼfat va xolinesteraza reaktivatorlari.
Odamlarning FOB lar bilan zaxarlanishini oldini olish maqsadida FOB lar bilan berilgan hayvonlar 3 haftadan keyin soʼyishga ruxsat berilishi kerak. bu muxlatdan oldin soʼyilsa, maxsus sanitariya ekspertiza koʼrigidan tekshirilib keyin isteʼmolga chiqariladi yoki qayta ishlov berishga (kolbasa, sosiska va h.k.) yuboriladi.
FOB lar toza xolida 1000% (АDV) – faol taʼsir qiluvchi modda – FTM saqlovchi texnik preparatlar va emulʼtsiyalar, kukunlar, pastalar xolida chiqariladi. Bundan tashqari 5-12% FTM saqlovchi doʼstlar holida chiqariladi. Shuning uchun FOB larning davolovchi miqdori FTM boʼyicha hisoblanadi.
FOB larga: xlorofos, DDVF, karbofos, trixlormetafos, Dibran, trolen, Аmidofos va boshqalar kiradi.
Xlorofos – Chlorophosum 0,0 Dimetil (1-oksidi 2,2-2-trixloretil) fosfonat.
Kristall kukun yoki parafinga oʼxshash massa oq rangda sargʼish aralash boʼladi, oʼziga xos hidli. +250S da erib ketadi, +500S dan yuqori harorat taʼsirida DDVF ga aylanadi. Suvda 1:7 nisbatda eriydi. Sotish uchun chiqarilgan xlorofos tarkibida 97 yoki 80% toza modda boʼladi. 7-5% li doʼst holida, 50% li spirtda eritilgan xolida, 11,6% li spirtli-moyli eritma xolida chiqariladi.
Insektitsid sifatida juda xam faol taʼsir qilib 3-10 daqiqa davomida oʼldiruvchi taʼsir koʼrsatadi. Qichima kanalariga eritma xolida qoʼllanilganda kanalar oʼlimi 1-8 soat ichida roʼy beradi, shuning uchun xlorofosni bu maqsadlarda qoʼllanilmaydi. Chivinlar xlorofosning 0,1% li eritmasida 2-5 daqiqa ichida oʼladi. Xlorofos xashoratlarga bugʼ xolida ham oʼldiruvchi taʼsir qilib 1 metr uzoqlik masofadan oʼldiradi.
Xlorofos qoramollarni yaylovda boqilganda yoz oylarida pashshalar va buka chaqmasligi uchun va kanalar qon kasalliklaridan himoyalash maqsadida 1% li eritma shaklida qoʼllaniladi. xar 7-10 kunda 1 marta choʼmiltirilib turiladi. 2-3% li eritmasi bilan chorva binolari kanalardan tozalash uchun ishlatiladi. 1000200 ml eritma 1m2 pol yuzasiga nisbatan. Tovuq kanalari va patxoʼrlarga qarshi xlorofosning 0,5% li eritmasi ishlatiladi. Tovuqxonalarga 2% li eritma bilan ishlov beriladi. Xlorofosning 0,25-0,5% li suvdagi eritmasi xayvonlar ustidagi bitlarni oʼldirish maqsadida qoʼllaniladi. Xlorofos bu xashoratlarning tuxumlariga kam etishini hisobga olib 2-3 marta har 10 kun oraliq vaqt bilan ishlov berilishi kerak.
Qoʼylarning qon soʼruvchi xashoratlari va junxurlarga qarshi xlorofosning 0,5% li suvdagi eritmasidan bir qoʼyga 500 ml miqdorda qoʼllash mumkin 2-3 marta, 10 kun oraliq vaqt bilan.
Oziqa tayyorlash xonalarida, sut qabul qilish xonalarida pashshalarga qarshi xlorofosning 0,1% li aralashmasidan foydalanish zarur. Аralashmani tayyorlash uchun 0,1% li xlorofos eritmasiga 1-2% shakar asal yoki sut qoʼshiladi.
Xlorofos aerozol usulida qoʼylarning estroz kasalligida yaxshi natija beradi. Buning uchun 1m3 xonaga 20% li xlorofosning 20 ml eritmasi purkalib qoʼylar 25 daqiqa davomida saqlanadi. 11,6% li spirtli moyli eritma xolida gipodermatoz (buka) kasalligida ishlatiladi.
Xlorofos ayrim gelьmintoz kasalliklarni davolash maqsadida ham qoʼllaniladi, bu kasalliklarga gemonxoz, trixostroigilyoz, diktiokoulyoz, myullerioz, trixotsefalyoz va boshqalar.
DDVF – dimetindixlorvinilfosfat – bu fosfor kislotasi unumli xisoblanib, tashqi kurinishidan rangsiz, oʼziga xos hidga ega, uchuvchan suyuqlik. Spirt va moyda yaxshi eriydi, suvda qiyin eriydi.
DDVF – xashoratlar va kanalar uchun zaharli hisoblanib, pashsha, buka, tovuqlar ektoparazitlari bilan kurashishda qoʼllaniladi. Eritma, doʼst va aerozol xolida ishlatiladi.
Karbofos – Carbophosum – ditiofosfor kislotasi unumi, toza xolida rangsiz suyuqlik, toʼq sariq yoki malla rangda, oʼziga xos xidli. Suvda yomon eriydi. Organik erituvchilarda yaxshi eriydi. 30% li va 60% li emulʼsiya va 4% li doʼst hamda 25% li kukun xolida chiqariladi. Keng taʼsir qiluvchi insektitsid sifatida qoʼllaniladi.
Аmidofos – Amidophosum. Oq kristall kukun, organik erituvchilarda yaxshi eriydi 25% li emulʼsiya, 25% li kukun, 6% li moyli eritma va 10% li doʼst xolida ishlab chiqariladi. Аmidofos gipodermatozda yaxshi samara beradi. Buning uchun qoramollar 5% li suvdagi emulʼsiyasi bilan purkaladi. Baxorda va kuzda choʼmiltiriladi. Bundan tashqari amidofos pashsha, chivin, bitlarga qarshi ishlatiladi.
b) Xlororganik birikmalar.
Xlor xashoratlar uchun faqatgina nafas yoʼli orqali oʼldiruvchi taʼsir qiladi. Bunday taʼsirni ishlab chiqarish sharoitida yaratish mumkin emas. Shuning uchun izlanishlar yangi xlor birikmalari yaratishni yuzaga chiqardi, yaʼni xlororganik birikma (XOB) lar xashoratlarga qarshi xlorga nisbatan oʼta kuchli va odam hamda hayvonlar uchun kuchsiz zaharli hisoblangan preparatlar kashf etildi. Koʼpchilik XOB FOS lar singari kuchli va faol taʼsir qilish xususiyatiga ega, biroq ular tashqi muxitda va organizmda juda sekin parchalanadi. Bundan tashqari organizmda toʼplanish xususiyatiga ega ekanligi bilan odamlar va hayvonlar uchun xavfli hisoblanadi.
XOS larga: geksoxloran, kikoxloran SK-9 SK-9, taksofenlar kiradi.
Geksoxloran – xlorning benzolga birikishi natijasida olinadi. Suvda erimaydi, atsetonda (1:2), benzolda 1:3, efirda 1:5 xloroformda 1:4, kerosinda 1:7 nisbatda eriydi. Oʼsimlik va mineral yogʼlarda yaxshi eriydi. Ishqor va karbomatlar taʼsiri ostida parchalanib ketadi. Geksoxloran kuchli insektitsid va akaritsid xususiyatiga ega. Kreolinga nisbatan 8-20 marta, arsenat natriyga nisbatan 2-6 marta kuchli taʼsir qiladi. Ovqat xazm qilish sistemasi va nafas yoʼllari orqali hamda qisman hashoratlarning xitin pardasi orqali oʼtib taʼsir qiladi. Hashoratlar juda ham qisqa vaqt 20-40 soniya ichida oʼladi. Geksaxloran juda ham oʼtkir zahar. Hayvonlar organizmiga terisi orqali, ovqat hazm qilish yoʼli orqali, nafas yoʼli orqali tushadi. Geksoxloran pashsha va chivimnlarga qarshi 3-5% li suvda suspenziya, 0,5-1% li moyli emulʼsiyasi qoʼllaniladi. Bit, junxoʼrlarga qarshi 5% li doʼst shaklida, qoʼllash mumkin. Kanalarga qarshi ham 5% li doʼst shaklida qoʼllash mumkin.
v) Karbomatlar.
Kartamin kislotasining birikmalari insektitsid taʼsir qilishi avvaldan maʼlum, karbomatlar insektitsid taʼsir etishining asosini xolinesteraza faolligini buzishi tashkil qiladi., ular atsetilxolin sistemasini blokada qilib xolinesteraza funktsiyasining buzilishiga olib keladi. Insektitsid taʼsir qilish xususiyatlari XOB larga oʼxshash. Аsosiy vakili sevin hisoblanadi.
Sevin – Sevinum. Oq kristall kukun, hidsiz. Issiqqa chidamli, suvda qiyin eriydi va juda sekin eriydi (1:10000 nisbatda). Koʼpchilik organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Bu insektitsid kontakt yoʼli bilan va ichak orqali taʼsir qiladi. Juda ham kichik dozalarda xashoratlarni oʼldirish xususiyati bilan bebaxo hisoblanadi. Sevin quyosh nurlari taʼsirida buzilmaydi, shuning uchun teriga surtilgan 4-5 kungacha taʼsiri saqlanib turadi. Doʼst shaklida sepilganda esa taʼsiri 10 kungacha choʼziladi. Sevin xashoratlar xitin pardasiga yaxshi yopishadi, biroq sekin oʼtadi, shuning uchun oʼlim 10-15 kun daqiqadan keyin boshlanadi. Zahar taʼsirida xashoratlarda avvaliga qoʼzgʼalish kuzatiladi., keyinchalik harakati buziladi va oʼlim sodir boʼladi.
Hayvonlar uchun oʼtkir zaharli dozalari: kalamushlar uchun – 540 mg/kg, quyonlar uchun – 840 mg/kg. Oʼtkir zaharlanishga nisbatan surunkali zaharlanish juda xavfli hisoblanadi. Hayvonlar organizmida sevin birikkan naftolga aylanadi va buyraklar orqali ajralib chiqariladi.
Sevin ichirish uchun qoramollar gipodermatozida qoʼllaniladi – 50 mg/kg miqdorda, 5% li doʼst shaklida har xil hashoratlarga qarshi kurashishda ishlatiladi.
Dikrozil – Dicresilum. 20-30% li kontsentrat emulʼsiya holatida, 40% li kukun va 7% li doʼst holida ishlab chiqariladi. Texnik dikrezilkristall modda boʼlib pushti rangda, kuchsiz krezol hidli, tashqi muhit sharoitlariga chidamli, suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Junxoʼrlarga nisbatan 0,7-1,0% li suspenziya, iksodo kanallariga qarshi 1,0% li eritma va tovuq kanalariga va piroplazmozni yuqtiruvchi kanalarga qarshi qoʼllaniladi.
Oʼsimliklardan olinadigan insektitsid va akaritsidlar.
Kavkaz ramashkasi – koʼp yillik oʼsimlik, murakkab guldoshlar oilasiga kiradi. 2 turi mavjud: pushti romashka – Piretrum roseum va qizil romashka Piretrum Sarneum M.B.
Davolash maqsadida gulidan foydalaniladi. Kukun, ekstrakt tayyorlab ishlatiladi.
Dalmat romashkasi – Piretrum cinerariaefolium. Murakkab guldoshlar oilasiga kiruvchi koʼp yillik oʼsimlik. Ukraina, Shimoliy Kavkaz va Krimda oʼsadi. Taʼsir qiluvchi moddasi – murakkab efirlar. Oʼsimlik poyasi, gullari va barglari gullash davrida terib olinib, quritilib, maydalanib kukun xoliga keltiriladi va doʼst ekstrakt va boshqa dorivor shakllar tayyorlanib hayvonlarning ektoparazitlariga qarshi kurashishda qoʼllaniladi.
Oltingugurt va uning birikmalari.
Oltingugurt – S. Hayvon va oʼsimliklar oqsil molekulalari komponenti. Tabiatda turli oltingugurt metallari, tuzlari va toza xolida koʼplab tarqalgan. Oltingugurt xar xil taʼsir qilish xususiyatiga ega, biroq uning akaritsid taʼsiri va qisman bakteritsid taʼsiri ahamiyati katta.
Oltingugurt – Sulfur S. Sariq rangli kukun suvda erimaydi, moylarda yomon eriydi. 112,80S da suyuqlanadi, 444,60S suv qaynaydi. Oʼzi hech qanday taʼsir qilmaydi, biroq ishqor va oqsillar bilan faol birikmalar hosil qilib, kuchli taʼsir qiladi. Masalan, oltingugurtning oʼzini teriga surtilsa tezda oltingugurt angidridi (SO2) hosil boʼlib akaritsid, antiseptik va qitiqlovchi taʼsir qila boshlaydi.
Oltingugurtni ichirish uchun berilsa oz miqdorda peristaltikani kuchaytiradi, maʼlum qismi tezak bilan birga ajralib chiqadi, oz miqdorda ishqoriy muhitda natriy sulʼfat (Na2S), natriy gidrosulʼfat (NaNS), kabi faol farmakologik birikmalar hosil qiladi. Bu birikmalarning hosil boʼlishi ingichka ichaklarda boshlanib yoʼgʼon ichaklarda yanada tezlashadi.
Oltingugurt tashqi tomondan qichima kasalliklarida qoʼllaniladi, u asosan maz shaklida surtiladi. Koʼpincha aralashma shaklida tayyorlanadi. Quritish uchun sinkoksidi bilan qitiqlovchi taʼsir qilishi uchun Dyogot yoki naftalin bilan, qichimaga qarshi esa dyogot, spirt, ixtiol kreolin yoki ishqorlar bilan birga aralashtirib ishlatiladi: oxak-oltingugurt.
Koʼpchilik vet. vrachlar goʼshtxoʼr hayvonlarning peristaltikasini kuchaytirish maqsadida, modda almashinuvini tezlashtirish uchun ichiradilar. Аyrim vet. vrachlar sut xaydovchi sifatida ham qoʼllaydilar.
Metallar bilan zaharlanganda ovqat xazm qilishni yaxshilash modda almashinuvini yaxshilash maqsadida, simob va qoʼrgʼoshin bilan oʼtkir zaxarlanganda antidot sifatida qoʼllaniladi.
Natriy tiosulʼfat – Natrii tiosulfas. Rangsiz yaltiroq kristallar, hidsiz0, achchiqshoʼr taʼmli, suvda yaxshi eriydi, spirtda erimaydi. Suvdagi eritmalari neytral muxitga ega.
Natriy tiosulʼfat – samarali antitoksik va desensibilizatsiyalovchi modda hisoblanadi.
Qoʼllanilishi – oʼtkir yalligʼlanishlarda, kuyganda, metallar bilan zaharlanganda, nafas olish yoʼllari va aʼzolari kataral yalligʼlanishida.
Dozalari: ot va sigirlarga 25,0-50,0; choʼchqa va qoʼylarga – 10,0, itlarga 1-2,0.
Venasiga yuborish uchun: otga – 5-5,0; sigirga – 5-10,0; itga – 1-3,0.
SАVOLLАR:

1. Insektitsid moddalar deganda nimani tushunasiz va ularning taʼsir mexanizmini tushuntiring?


2. Аkaratsid moddalarning ishlatilishi va dozalari qanday?
3. FOB, XOB va karbonatlarning qanday birikmalarini bilasiz. Ularning farmakodinamikasini tushuntirib bering?
4. Qanday oʼsimliklardan insektitsid va akaritsid moddalar olinadi va ularning ishlatilishini tushuntiring?
5. Oltingugurt preparatlari qachon va qanday maqsadlarda, qanday dozalarda ishlatiladi?
Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling