Adsorbsiyalovchi moddalar.
Faollashtirilgan ko‘mir – karbolen, oq gilvata, talьka adsorbsiyalovchi moddalar hisoblanadi. Bular maydalangan indeferent, suvda erimaydigan kukun bo‘lib, qamrab oluvchi yuzasi katta. SHilliqlarga, teriga kuyilganda zaharli kimyoviy moddalarni, gazlarni qamrabolib, ularning qonga so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi va sezuvchan nervlar oxirini ta’sirlashdan saqlab qoladi. Faollashtirilgan ko‘mir – karbolen tabletkalari asosiy adsorbsiyalovchi modda hisoblanadi, chunki bu modda deyarli hamma zaharli moddalarni hamda gazlarni o‘z yuzasiga qamrab olib, organizmni o‘tkir zaharlanishdan saqlab qoladi. Karbolen kimyoviy moddalar Bilan o‘tkir zaharlanganda, meterizmda – ichakda ko‘p miqdorda gaz – serovodorod yig‘ilganda, bolalar dispepsiyasida qo‘llanadi. Karbolen yuborilgandan keyin oshqozonni chayishni unutmaslik kerak, chunki zahar vaqt o‘tgan sari adsorbsiyalovchi modda yuzasidan ajralib qonga so‘rilishi mumkin. Talьk hamda o‘rab oluvchi shilliqlarning ham adsorbsiyalovchi xususiyati bor.
SHilliq moddalar.
Bu moddalar suv bilan qo‘shilib kamoid eritmalar hosil qilib yallig‘langan joyni o‘rab oladi va yopishqoq suyuqlikni hosil qiladi, natijada so‘rilishini qiyinlashtirib qo‘yadi, nervlarning sezuvchanligi va boshqa ximiyaviy jarayonlar sekinlashadi natijada diffuziya, adsorbsiya shilimshiq pasayadi. Bu moddalarni ham boshqa moddalarga qo‘shib ishlatish mumkin.
Mavzu. Afferent nervlarning faoliyatini kuchaytiruvchi (qoʼzgʼatuvchi) dorilar: taʼsirlovchi moddalar.
REJA:
Ammiak va uning birikmalari. Terpenlar va efir moylari.
Qustiruvchi va balg‘am suruvchi moddalar.
SHirin va achchiq moddalar.
TAYANCH TUSHUNCHALAR:
Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni oshiruvchi moddalar umumiy tavsifi, ahamiyati, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida.
Ammiak va uning birikmalari, terpenlar va efir moylari ta’sir mexanizmi,farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida tushunchalar.
Qustiruvchi va balg‘am suruvchi moddalar ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, qo‘llash va saqlash qoidalari haqida.
SHirin va achchiq dorilarning ta’sir mexanizmi, farmakodinamikasi, dozalari qo‘llanilishi va saqlash qoidalari haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |