Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Asosiy afferent nervlarga ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar


Download 0.57 Mb.
bet10/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

Asosiy afferent nervlarga ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar.
Sezuvchanlik – bu organizmning xar xil ta’surotlarga bergan________
Bu ta’surotlarning qabul qiluvchi retseptorlarining joylashushiga qarab sezuvchanlik qabul qilinadi. Afferent innervatsiyaga ta’sir etuvchi moddalar:

  1. afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni kamaytiradigan;

  2. afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni oshiradigan moddalarga bo‘linadi.

Afferent nervlar oxirida sezuvchanlikni kamaytiradigan moddalarni maxalliy anestetiklar va retseptor apparatlarini xar xil ta’surotlardan ximoya qiladigan moddalar bularga burishtiruvchi, o‘rab oluvchi, adsorbsiyalovchi, yumshatadigan va shilimshiq moddalar tashkil etadi.
Maxalliy anesteziyalovchi moddalar.
Anesteziya – sezuvchanlik degan ma’noni anglatadi.
Maxalliy anastetiklar sezuvchan nerv oxiridagi tolalarda o‘tkazuvchanlikni hamda qo‘zg‘aluvchanlikni asliga qaytar fvlajlab qo‘yadi; avvalo og‘riq yo‘qoladi, katta miqdori boshqa sezuvchanliklarni ham kamaytirib boradi.
Qadimgi paytlarda jarroxlik amaliyotida maxalliy og‘riq qoldirish uchun tez uchuvchan suyuqliklar qo‘llanilgan. 1879 yilda rus olimi V.K.Anrep Janubiy Amerikada o‘sadigan ___________ o‘simligidan olingan kokain alkoloidini maxalliy og‘riq qoldiruvchi sifatida amaliy tibbiyotda ishlatishga tavsiya qilingan. 1884 yilda kokain kuz amaliyotida o‘tkaziladigan jarroxliklarda qo‘llana boshlangan. Ammo kokain o‘tkir zaharli, unga qaramlik paydo bo‘lgani uchun boshqa jarroxliklarda maxalliy og‘riq qoldirish uchun ishlatib bo‘lmadi. SHu tufayli kimyogarlar va farmakolog olimlar hamjihatligida yuqorida keltirilgan maxalliy og‘riq qoldiruvchi sintetik moddalar kashf qilindi.
Bulardan 1905 yilda Eyngorn kokain o‘rniga ham zaharli novakainni ishlatadi.
Maxalliy anesteziyalovchi moddalar xushbo‘y kislotalar \ benzoy, paraaminobenzoy \ ning murakkab efirlari – novokain, dikain, anestezin yoki ularning amidlari – lidokain \ ksikain \ , trimekaindan tashkil topgan.
Maxalliy anesteziyalar uchlamchi aminlar bo‘lgani uchun suvda erimaydi, tibbiy amaliyotida ularning suvda eriydigan gidroxlorid tuzlari qo‘llanadi. Maxalliy anesteziya bo‘lishi uchun tuzlar gidrolizlanib, asoslar hosil bo‘lishi kerak. Tuzlar to‘qimalarning mumkin, chunki ularning tuzilishi serotoninoretseptorlarga o‘xshab ketadi. Serotinin gistaminni erkin holda ajratishi mumkin.
Dori modda sifatida serotonin adipinat gemorragik sindromda anemiya, trombotsitopeniya, xavfli o‘smalarnissitostatik moddalar bilan davolanganda ro‘y beradigan gemorragiyalarda qo‘llanadi. Serotonin kapilyar chidamligini oshirib, qon ketishini kamaytiradi. Venaga va mushak orasiga yuboriladi.
Serotonin quyidagi nojo‘ya ta’sirlar ko‘rsatish: yuborilgan venalarda, qorin bo‘shlig‘ida paydo bo‘lishi, nafas qiyinlashishi, ko‘ngil aynishi, siydik kamayishi mumkin. Bu dori moddasining buyrak, gipertoniya kasalliklarida, trombozlarda qo‘llash man etiladi. Serotoninga ham kimyoviy jihatdan hamda ta’siri bo‘yicha meksamin degan modda o‘xshab ketadi. Bu modda asosan radiy nurlaridan saqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Hozirgi kunda serotoninga qarama-qarshi moddalar ham aniqlangan.
D-serotoninoretseptorlarni / ular asosan silliq mushaklarda joylashgan / lizergin kislota dietilamidi falajlaydi.
Lekin o‘tkir zaxarli bo‘lgani uchun bu modda faqat eksperimental tibbiyotda qo‘llaniladi. Indol, triptamin unumlari, aminazin, ba’zi gistaminga qarshi moddalar xam D-serotoninoretseptorlarni falajlaydi.
Narkotik analьgetiklar-morfin, fenadon, promedol, maxalliy anastetiklar-novokain, dikain, xolinolitiklar-atropin, katexolaminlar M-serotoninoretseptorlarga / markaziy nerv sistemasida joylashgan / qarama-qarshi ta’sir ko‘rsatadi, odatdagi ishqoriy muhitida / rN-7,35. 7,4 / gidrolizlanadi, yallig‘langan to‘qimalarda muhit kislotalik tomoniga o‘tadi / 5-6 /, bu muhitda mahalliy anestetiklar tuzlari gidrolizlana olmaydi, anestetik erkin holda ajralmaydi, shuning uchun bu muhitda, ya’ni yallig‘langan to‘qimalarda ularning ta’siri kamayib ketadi.
Ajralib chiqqan anestetik suvda yomon eriydi, nerv tolalari oxirida mikrokristallar sifatida cho‘kib, ular o‘rnini oladi. Mikrokristallar yog‘da eriydigan bo‘lgani uchun nerv tolalari membranalari ularni qamrab oladi. Biroq maxalliy ta’sir bo‘lishi uchun anestetik ionlangan kation shaklga o‘tishi kerak, shundan keyin retseptor bilan bog‘lanish xususiyatiga ega bo‘ladi.
_____________ / maxalliy anestetikning tuzi, suvda yaxshi eriydi, og‘riq qoldirmaydi /.
_____________ / maxalliy anestetik, ionlanmagan, suvda erimaydi, nerv tolalari membranalarida to‘planadi, ularning lipoidlarida eriydi /.
______________ / maxalliy anestetikning ionlangan, kation shaklli retseptorlarni bog‘lovchi xususiyatga ega.
_____________ retseptor. Retseptorlar bilan bog‘lanadi, ionlari membranadan o‘tolmaydi, impulьslar o‘tkazilishi va tarqalishi falajlanadi
Anestetiklarning kation shakli kalьsiy ionlariga nisbatan qarama-qarshi xususiyatga ega. Ular «sust» kalьsiy kanallarini oqsil molekulalari bilan bog‘lab, kalьsiyning nerv xujayralari ichkarisiga o‘tishiga to‘sqinlik qiladi. Maxalliy anestetiklar kalьsiyni faqat nerv xujayralariga emas, uning silliq mushaklarga, miokardga, yurakning o‘tkazuvchan sistemasidagi xujayralariga o‘tishiga xam to‘sqinlik qiladi. Xujayra membranalari mustahkamlanadi, qo‘zg‘aluvchi impulьslar kelganda natriy kanallari ochilmay, xujayra ichiga o‘tolmaydi. SHu tufayli harakat potensiali yo‘qoladi, o‘tkazuvchanlik, qo‘zg‘aluvchanlik falajlanadi.
Maxalliy anestetiklar faqat sezuvchan nerv tolalarini emas, xarakatlantiruvchi, vegetativ nerv tolalarida ham qo‘zg‘aluvchanlik o‘tkazishini falajlaydi. Ularning ushbu ta’siri nervlarning mielin po‘stlog‘i borligi, bu po‘stloqning qalinligi, moddalarning fizik-kimyoviy xossalari bilan bog‘liq. Maxalliy anestetiklarga ayniqsa ingichka mielinsiz tolalar sezuvchan bo‘ladi.
Infilьtratsion anesteziyada dastlab impulьslar qo‘zg‘aluvchanligining falajlanishi shu nervlardan boshlanadi, taktil, og‘riq hamda haroratni sezuvchanlik yo‘qoladi. Anestetiklar simpatik nerv tolalarini ham falajlaydi, yuborilgan joyda qon tomirlar kengachdi, harakatlantiruvchi nervlar oxirida sezuvchanlik yo‘qoladi. Maxalliy anestetiklar nerv tolalarining SHvann po‘stlog‘idan o‘tolmaydi, faqat qo‘zg‘aluvchanlikni o‘tkazish yo‘llarini, Ranvьe tugunchalarini falajlaydi.
Anesteziya maxalliy anestetiklar bevosita nerv to‘qimalari bilan bog‘lanishi tufayli kelib chiqadi. Maxalliy anestetiklar nerv impulьslari o‘tishini markaziy hamda vegetativ gangliylarda falajlaydi. Ular presinaptik tolalardan atsetilxolin, noradrenalinning ajralishiga to‘sqinlik qiladi.
Maxalliy anestetiklar xar xil anestetik / yunoncha «ap» - inkorlik, «____________» sezuvchanlik /, birinchi galda joylarda og‘riqni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi. Bular bolalarda kamroq, faqat tez o‘tadigan, unchalik og‘riq bermaydigan operatsiyalar o‘tkazish uchun qo‘llanadi. Bolalarda bu moddalar ko‘pincha umumiy narkoz moddalari bilan birga qo‘llanadi.
Maxalliy anestetiklar farmakokinetikasi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan murakkab efirlarni / novokain, dikain / qondagi soxta xolinesteraza parchalaydi, ayniqsa novokain tez gidrolizga uchraydi. Bunda novokain unchalik faol bo‘lmagan paraaminobenzoy kislota /PABK/ hamda aminospirt – dietilaminetanolga /DEAE/ parchalanadi. Novokainning rezorbtiv ta’siri ushbu aminospirt bilan bog‘liq. Novokainning gidroliz maxsulotlari o‘ziga nisbatan zaxarsizroq hisoblanadi. Masalan: 2g novokain yuborilganda 30 daqiqadan keyin uning qondagi hajmi 3 barobar kamayadi, bir soatdan keyin novokainni qonda aniqlab bo‘lmaydi. Bir sutka ichida novokainda xosil bo‘ladigan PABK ning 70-80 % i, DEAE ning 20-35% i buyrak orqali chiqib ketadi. Dikainning gidrolizi novakainga nisbatan 5 barobar sekin o‘tadi, uning zaxarliligi ham shunga bog‘liq.
Amidli anestetiklarni / ksikain, trimekain / xolinestereza parchalamaydi, ularning organizmda parchalanishi ancha sekin o‘tadi, ta’siri davomliroq, organizmda to‘planish xususiyatiga ega. Masalan: ksikain 20% o‘zgarmagan holda bir sutka ichida buyraklar orqali chiqib ketadi, qolgan qismi jigarda metobolizmga uchraydi.
Anesteziya turlari: 1. YUza terminal anesteziya. Maxalliy anestetiklar shilliq pardalar, yaralar, jaroxatlar yuzasida joylashgan sezuvchan nerv tolalari oxirida anestetik ta’sir ko‘rsatadi. Bu xil anesteziya oftalьmologiya, stomaologiya, otolaringologiya, urologiya, xirurgiyada yaralarni, kuygan joylarni davolashda qo‘llanadi. Terminal anesteziya uchun kokain , dikain, lidokain qo‘llanadi, bu moddalar shilliiq qavatdan sezuvchan nervlar oxiriga osongina o‘tadi. Terminal anesteziya uchun suvda erimaydigan anestetik – anestezin ham qo‘llaniladi, bu modda jarohatlangan, yaralangan yuza joylarga qo‘yiladi. Oshqozon yarasida kukun shaklida ichishga hamda to‘g‘ri ichak kasalliklarida – bavosilda shamchalar shaklida to‘g‘ri ichakka quyiladi. Pediatriyada yuza anesteziya kuzning rangdor pardasini, burun yo‘llarini / intranazal / intubatsiya qilishda, oshqozon, uretrani zond bilan tekshirishda, kuygan yuzalarni davolashda qo‘llanadi.
2. Infilьtratsion anesteziya. Bunda anestetik eritma to‘qimalarga, teridan boshlab ketma-ket chuqurroq joylashgan to‘qimalarga, jarroxlik uchun tilinadigan joyga yuboriladi. Maxalliy anestetiklar sezuvchan nerv tolalariga va ularning oxiriga ta’sir ko‘rsatadi. Bu xil anesteziyani paydo qilish uchun novokain, trimekain, ksikain / lidokain / qo‘llanadi.
3. Regionar anesteziya. Bu anesteziyani paydo qilish uchun anestetik modda nerv ustuniga yuboriladi, bunda ushbu nerv innervatsiya qiladigan joyda sezuvchanlik yo‘qoladi. Regionar anesteziya uchun novokain, trimekain, ksikain qo‘llanadi. Bu xil anesteziya stomatologiyada xamda nevralgiyalarni davolashda qo‘llanadi.
4. Orqa miya anesteziyasi. Bunda anestetik orqa miyaning subaraxnoidal bo‘shlig‘iga, epudural – orqa miya pardasidan yuqoridagi bo‘shliqqa, orqa miyaning oldingi va orqadagi sezuvchan ildizchalariga ta’sir qilish uchun yuboriladi. Bu xil anesteziyaga paravertebral, sakral anesteziyalar ham kiradi. Ushbu anesteziya tufayli sezuvchanlik tananing pastida – chanoq a’zolarida, seklarda yo‘qoladi, shu joylarda o‘tkaziladigan jarroxlik uchun qo‘llanadi. Bu anesteziya uchun sovkain, bollarda trimekain hamda ksikain qo‘llanadi.
5. Suyaklar ichi anesteziyasi. Anestetik eritmasi suyaklarning govak moddasiga yuboriladi, yuborilgan joyning yuqorisiga elastik tasma bog‘lab qo‘yiladi. Bu xil anesteziya ortopediya, travmatologiyada asosan novokain hamda trimekain bilan yuzaga keltiriladi.
Ko‘pchilik anestetiklar yuborilgan joyidan qonga so‘rilib, rezorbtiv ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kokain - kuchli anestetik ta’sir ko‘rsatadi, shu bilan birga qonga so‘rilishi xususiyati ham bor. YUza anesteziya uchun qo‘llanganda shilliq pardalardan qonga so‘rilib, zaharli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Kokain qonga so‘rilgandan keyin asosan markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko‘rsatadi – eyforiya / kayf /, psixomotor qo‘zg‘alish paydo qiladi, toliqishni yo‘qotadi. Kokainning qonga so‘rilishi davom etsa, uzunchoq miya markazlari / nafas, qon tomir, qusish markazi /ni qo‘zg‘atadi, spinal reflekslar tonusi oshib, talvasa ro‘y berishi mumkin. Agar kokain miqdori oirilsa, nerv sistemasini rag‘batlantiruvchi ta’siri tormozlovchi ta’sirga aylanadi, hayot uchun o‘ta zarar bo‘lgan markazlar / nafas markazi / falajlanishi mumkin.
Kokainning adrenergetik innervatsiyani qo‘zg‘atish, adrinomimetiklar ta’sirini kuchaytirish xususiyati ham bor. Kokain katexolaminlarning qayta neyronlar surilishiga to‘sqinlik qiladi, shuning uchun qon tomirlar torayib, bosimi oshadi, yurak tez uradi, qorachiq kengayadi.
Kokain bilan o‘tkir zaharlanganda / agar u ichilgan bo‘lsa / oshqozon kaliy permanganat eritmasi bilan chayiladi, adsorbsiyalovchi va surgi moddalar yuboriladi. SHilliqlardan yuborilgan bo‘lsa, ular izotopik eritma bilan yuvib tashlanadi,to‘qimalar orqali yuborilgan bo‘lsa, so‘rilishni to‘xtatish uchun yuborilgan joyidan yuqoriroqdan jgut bog‘lanadi. Og‘ir zaharlanishda traxeotomiya qilinadi, sun’iy nafas beriladi, agar talvasalar bo‘lsa, venalarga seduksen yuboriladi.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling