Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar
Мавзу: Аminokislotalar. Bakterial preparatlar va zardoblar. Fermentlar.Garmonlar haqida maʼlumot
Download 0.57 Mb.
|
форм амалиёт 2 курс конспект
Мавзу: Аminokislotalar. Bakterial preparatlar va zardoblar. Fermentlar.Garmonlar haqida maʼlumot.
REJА: 1. Ferment preparatlari haqida tushuncha. 2. Immunostimulyatorlar va aminokislotalar haqida tushuncha. 3. Bakterial preparatlari qoʼllanilishi. 4. Fosfor preparatlari haqida tushuncha. 5. Yod va uning preparatlari. Qoʼllanilishi haqida tushuncha. TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Ferment preparatlarining ahamiyati, ularning olinishi vakillari qoʼllanilishi, taʼsir mexanizmi, dozalari va saqlash qoidalari haqida tushunchalar. 2. Immunostimulyatorlar va aminokislotalarning umumiy xarakteristikasi vakillari, taʼsir mexanizmi qoʼllanilishi haqida. 3. Bakterial preparatlarining olinishi, qoʼllanilishi, ahamiyati haqida. 4. Fosfor va uning preparatlariga umumiy xarakteristika, taʼsir mexanizmi, dozalari, saqlash qoidalari va ahamiyati haqida. 5. Yod va uning preparatlarining ahamiyati, qoʼllanilishi dozalari taʼsir mexanizmi va saqlash haqida. Ferment preparatlari. Fermentlar yoki enzimlar – biokimyoviy jarayonlarning maxsus katalizatorlari hisoblanadi. Ular hayvonlar, oʼsimliklar va mikroblar toʼqimalarida hosil boʼladi va oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Fermentlar toza yoki aralashma holida ajratib olinib dorivor moddalar qatoriga kiritiladi. Hamda ovqat hazm qilishni yaxshilashda, modda almashinuvini kuchaytirishda va davolash maqsadlarida qoʼllaniladi. Koʼpchilik olimlar taʼkidlashicha fermentlar barcha biokimyoviy jarayonlarni boshqarib, turli xildagi moddalar almashinuvini taʼminlaydi. Har bir ferment oʼziga xos maʼlum bir kimyoviy jarayonning katalizatori hisoblanadi. Hozirgi kunga kelib fermentlarning 1800 ga yaqin turi mavjud. Ularning eng asosiy xususiyatlaridan biri kimyoviy reaktsiyalarni yuz ming hattoki million martagacha tezlashtirib, oʼz faolligini saqlab qoladi. Fermentlar tuzilish jihatidan bir biridan kuchli farq qiladi. Fermentlar murakkab tuzilishga ega ekanligiga qaramasdan faqatgina ularning ayrim molekulalari, yaʼni faol markazlari deb ataluvchi qismi katalizator vazifasini bajaradi. Bu markazlar tuzilishi jihatidan kompleks oqsil guruxlaridan hamda koferment va kofermentlar ionlaridan iborat. Barcha fermentlar oqsil tabiatli hisoblanadi. Biroq fermentlarning ayrimlari hech bir qoʼshimchalarsiz taʼsir koʼrsatadi, boshqalari apoferment kabi, yaʼni kofermentlar bilan birikkandagina faol taʼsir qila boshlaydi. Аyrim fermentlar faolligi u yoki bu metall ionlarining va boshqa elementlarning ferment tarkibida borligiga ham bogʼliq. Kofermentlar termostabil hisoblanib apofermentlardan dializa fermenti orqali tezda ajraladi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan kofermentlar vitaminlar va nukleotidlarga oʼxshaydi. Fermentlarning faol taʼsir etishi uchun kerakli harorat va muhit kerak boʼladi. Fermentlar miqdori juda ham kichik boʼlganligi sababli ularni faollik birliklarida (aktiv birligida АB) oʼlchanadi. Faollik birligi (FB) deb maʼlum sharoitda 1daqiqada 1mikromol substraktni katolizga uchratadigan miqdoriga aytiladi. Fermentlar faolligi turli x-ildagi ingibatorlar taʼsirida pasayishi mumkin. Chorvachilikda ferment preparatlari juda keng qoʼllaniladi. Hayvonlar soʼlagidagi amilaza fermenti uglevodlarni parchalaydi. Masalan: choʼchqalar soʼlagida amilaza kraxmalni maltozagacha parchalab boradi. Oshqozonda pepsin fermenti taʼsirida oqsillar alьbumozlargacha va qisman pentonlargacha parchalanadi, nukleoalьbuminlar va proteidlarning maʼlum qismi nukleinlar va nuklein kislotalargacha parchalanadi, glyukoproteidlardan uglevodlar parchalanadi va oshqozonda maʼlum qismi soʼrila boshlaydi. Shirdondagi fermentlar taʼsirida sutdan kazein hosil boʼladi. Kazein esa parakazein va zardobli alьbumozgacha parchalanadi. Uglevodlar oshqozonda parchalanmaydi, chunki kislotali muhitda fermentlar taʼsiri kuchayib yogʼ toʼqimalari parchalanib glitserin va moy kislotasi hosil boʼladi. Fermentlar hayvon organlaridan, oʼsimliklar va mikroorganizmlardan olinadi. Keyingi vaqtlarda chorvachilikda mikroorganizmlardan olingan ferment preparatlari koʼproq qoʼllanilmoqda. Bunday fermentlarni tayyorlash oson hamda ularning tarkibi juda ham turli xil boʼladi. Аmaliyotda ahamiyatga ega fermentlar quyidagilar: Аmilorizin – Px (Аvamorin P) – Aspergawamori zamburugʼidan olinadi. Tarkibi – x – amilaza, dekstrunaza, malьtaza glyukoamilaza, proteaza va gemitsellyulaza. Tripein – qoramollarning oshqozon osti bezidan olinadi. Koʼpincha poroshoe holida, oq rangli kristall hisoblanadi. Hidsiz, neytral va ishqor muhitda tezda parchalanadi. Chorvachilikda ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun, veterinariya sohasida yalligʼlanishga qarshi qoʼllaniladi. Dozasi: muskul orasiga 0,1-0,15 mg/kg tirik vazniga. Аminokapron kislotasi - qoramol oshqozon osti bezidan olinadi. Preteolitik ferment, tripsin singari qoʼllaniladi. X – Ximotripsin kristall – qoramol oshqozon osti bezidan olinadi. Proteolitik ferment, Tripsin singari qoʼllaniladi. Pepsin – proteolitik ferment, choʼchqalar oshqozoni shilliq qavatidan olinadi. Oq rangli (poroshok) kukun, oʼziga xos xidli, suvda tez eriydi, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun qoʼllaniladi. gastrit va dispeptsiyada. Аtsidin – peptsin nomi bilan tabletka shaklida ishlab chiqariladi. Аbomin – sut berayotgan kavshovchi hayvonlar shirdonidan olinadigan ekstrakt gastrit, enterit va enterokolitlarning oldini olish uchun qoʼllaniladi. ogʼiz orqali ichiriladi, choʼchqa bolalariga 3000, 5000 YeD katta choʼchqalarga 50000, 80000 YeD. Papkreatin – oshqozon osti bezidan olinadi. Bir necha fermentlarni saqlaydi, ammo amilaza va tripsin koʼproq 1gramm 25 YeD. Аmorf kukun, sargʼish rangli, suvda kam eriydi. Ichiriladi: choʼchqaga 1,0-1,5gr, sigirga 2-7g. Lidaza – buqalar urugʼdonidan olinadi. Tarkibi – gialuronidaza. Biriktiruvchi toʼqimaning soʼrilishni tezlashtirish uchun va dorivor moddalarning (rezorbtsiya) soʼrilishini tezlashtirish uchun qoʼllaniladi. Ovqatni hazm qilishda oshqozon osti bezidan ishlab chiqariladigan proteolitik (tripein, xmiotropin, kollbonenga va x.k.) amilolitik va lipolitik fermentlarning ahamiyati katta ovqat hazm boʼlishini yaxshilaydigan ferment (pepsin)ni saqlaydigan dorilar: pepsin, pepsidil, atsedin-pepsin, susaygan hollarda (gipo va anьtsid gastrit) ovqat hazm qilish jarayoni buzilaganda (dispepsiya), ichaklar yalligʼlanishiga (enterokolit) va boshqa hollarda qoʼllaniladi. bulardan tashqari, tarkibida oshqozon va oshqozon osti bezi fermentlari va jigar oʼti ekstraktini saqlovchi kompleks preparatlar ham mavjud (panzinorm – forte va boshqalar). Oshqozon shirasi sekretsiyasi susayganda (gipoatsid va anatsid gastrit), oshqozon osti bezi yalligʼlanganda (pankreatit), ichak yalligʼlanganda (enterit) oshqozon osti bezining faoliyati ham buziladi, fermentlar ajralishi susayadi. Bunday xollarda oshqozon osti bezining faoliyatini qoʼzgʼatish uchun xlorid kislota, tabiiy oshqozon shirasi. M-xolinomimetiklar, antixolinesteraza preparatlari ishlatilishi mumkin. Bulardan tashqari oshqozon osti bezi fermentlarining oʼrinbosari fermentlari tavsiya etiladi. Masalan: pankreatin, panzionorm forte, mezim-forte, natriy gidrokarbonat eritmasi bilan ichiriladi. Oshqozon osti bezining yalligʼlanishi bilan kechadigan har xil kasalliklarda, jarohatlanishida, fermentlar ishlab chiqarish yoʼli berkilib kelishida proteaza fermentlarining faolligi oshib bez toʼqimasini yemirishi mumkin. Immunostimulyatorlar. Immunostimulyatorlar deb, immunologik jarayonlarga taʼsir etib, organizmning infektsion xastalikka chidamliligini oshiradigan va toʼqima nomosligini kamaytiradigan preparatlarga aytiladi. Keyingi vaqtda bunday preparatlarga zaruriyat koʼpaygani sababli ularni oʼrganish maqsadida katta ishlar olib borilyapti. Bu xil dori moddalariga boʼlgan zaruriyat immunogenezning zaiflashishi bilan kechadigan kasalliklarning koʼpayishi (nur kasalligi, SPID va boshqa) va organlarni transplentatsiya (koʼchirib oʼtkazish) qilishning keng tus olishi bilan uzviy bogʼliq. Umuman olganda organizmning xastalikka nisbatan chidamliligini oshiradigan dori-darmonlar bor. Masalan: psixostimmulyatorlar (kofein, fenamin) vitaminlar (askorbin kislota, retinol va boshqalar) N.V.Lazarev tomonidan topilgan metiluatsiya, pentoksil va boshqalar misol boʼla oladi. bulardan tashqari immunologik jarayonga va unda qatnashadigan ayrim qon xujayralariga (T.V – dimfetsitlar taʼsir etib ularning faolligini oshiradigan mikroblardan olinadigan preparatlar ham mavjud. Shu bilan bir qatorda oʼz taʼsiri boʼyicha kuchli immunostimmulyatorlar hisoblangan dekaris (levamizol) timolin va boshqa preparatlar mavjud. Dekaris preparati asosan gijja haydovchi farmakologik taʼsiriga ega boʼlib, uning immunostimullovchi xususiyati keyinchalik aniqlangan. Dekaris makrofag va T-limfetsitlar faolligini oshiradi. Boshqacha qilib aytganda preparat xujayra immunitetiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi, uning faoliyatini tiklaydi. Dekaris immunogenez zaiflashganda, ayrim surunkali infektsion kasalliklarda, bodning ayrim shakllarida, rak kasalliklarida ishlatiladi. Timolin preparati hayvonlar timusidan (ayrisimon bezdan) olingan polipeptid hisoblanadi. Immunobiologik jarayonlarni ragʼbatlantiradi. T va V-limfonitlar sonini koʼpaytiradi, xujayra faolligini oshiradi, fagotsitezni kuchaytiradi. Timolin immunodefitsit holatlarida qoʼllaniladi. Immunostimulyatorlar qatoriga yana interfuron tuberkulin va boshqalar kiradi. Organizmning kasalikka nisbatan qarshiligini taʼminlaydigan immunologik tizim har xil holatlarni, xususan organizm uchun zarur yoki xavfli jarayonlarni berishi mumkin. Masalan: toʼqima yoki organlarni koʼchirib oʼtkazishda ularni toʼqima nomosligi sababli bir necha vaqtdan keyin ajralib ketishi. Аna shunday paytlarda immunologik jarayonlarni zaiflashtiradigan, susaytiradigan preparatlar-immunodepressantlar qoʼl keladi. Ular orasida antitel hosil qiluvchi limfotsitlarni kamaytiradigan preparatlar aloxida oʼrin egallaydi. Ushbu guruxga asosan glyukokortikoidlar sistostatik preparatlar kiradi. Аminokislotalar. Kislota va aminlarga xos organik birikmalarni oʼz ichiga oluvchi tuzilishda karboksil (-SOON) va aminogurux (№N2) saqlovchi birikmalardir. Аminokislotalar butun tirik mavjudot uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki ular oqsillar tarkibiga kiradi. Hayvonlar maxsuldorligi va rezistentligi oshishiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi. Hayvonlarda kerakli boʼlgan aminokislotalar organizmning oʼzida sintezlanadi. (kavshovchi hayvonlar katta qorin mikroflorasi yordamida Rammiak, oqsil va oqsilsiz azot birikmalaridan sintezlanadi.) hayvonlarni toʼyimli oziqalar bilan taʼminlashda ratsion tarkibidagi oqsillar bilan birgalikda aminkislotalarni ham balansga keltirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda keyingi vaqtlarda hayvonlar ratsioniga sintetik aminokislotaldar va mochevina preparatalari kiritilmoqda. Mochevina (karbamid N2N-SO-NN2) – tashqi koʼrinishidan yupqa igna yoki prizma shaklidagi kristallga oʼxshaydi, hidsiz, suvda yaxshi eriydi. Tsistin - ____________ V1V1 – Ditiodi – L aminopropionovaya kislota {NOOSSN(NN2) S2N2S}2 . Kristall kukun suvda yaxshi eriydi. Ogʼiz orqali oziqaga qoʼshib beriladi. Kuniga 4 mahal. Dozasi: buzoqlarga 0,7-2,0 gramm, choʼchqalarga 0,2-0,3gr. Metionin – jigar kasalliklarida, mishьyak fenol, anilin, geksoxloranlar bilan zaharlanganda distrofiyada qoʼllaniladi. Dozalari ichirish uchun: choʼchqaga 2-4gr, itlarga 0,5-1,0, buzoqlarga 3-5 gramm. Gistidin - _______________. Mayda kristall kukun, suvda yaxshi eriydi, spirtda kam eriydi, 4%li eritma shaklida ampulalarda chiqariladi. Gistidin ham metionin singari almashmaydigan amnokislotalar tarkibiga kiradi. Preparat hayvonlarni oʼsishi uchun ijobiy taʼsir qiladi, oshqozon funktsiyasi buzilganda va ichak kasalliklarida hamda anilin unumlari bilan zaharlanganda yaʼni samara beradi. Dozalari muskul orasiga: buzoqlarga 5-8m, itlar uchun 3-5 ml. Gamma-globulin - ______________. Qon zardobining oqsil funktsiyasi hisoblanib, ayrim infektsion kasalliklarning oldini olishda qoʼllaniladi. Bakterial preparatlar. Buyuk rus olimi I.I.Mochnikov ovqat hazm qilish yoʼlidagi mikrofloraning odam va hayvon hayoti uchun juda muhimligini isbotlab berdi. U tomonidan tavsiya qilingan atsidofil tayyoqcha, sut qatigʼi shaklidagi hozirda ham odamlar va hayvonlar uchun davolovchi hamda ayrim kasalliklarning oldini olishda qoʼllanilib kelinmoqda. Аtsidofil tayyoqcha-hayvonlar uchun zararsiz mikroorganizm hisoblanib, ovqat hazm qilish yoʼlida bemalol yashay oladi. u yerda uglevodlarni parchalab sut kislotasi hosil qiladi. Аtsidofil tayyoqchasi – oddiy muhitda ovqat hazm qilish yoʼlining doimiy tarkibiga kiradi. Biroq koʼpchilik kasalliklarda ular soni kamayib ketadi. shuni hisobga olib goʼsht bulьonida atsedofil tayyoqcha oʼstirib АBK – atsidofil bulьonnaya kulьtura ishlab chiqildi. Izlanishlar davom etib atsidofil tayyoqcha bilan birga propionovokislo bakteriyalar ham birga boʼlishi aniqlanib PАBK – propionovo-atsidofil bulʼon kulьtura olindi. Bu АBK ga nisbatan hayvonlar oʼsishi va rivojlanishiga tez taʼsir qiladi. Bugʼozlikning yaxshi kechishini taʼminlaydi. Xomila yaxshi va meʼyorida rivojlanadi xamda organizmning himoya xususiyatini oshiradi. Oshqozon ishini faollashtiradi. Biostimulyatorlar. Аsrimizning 30-yillarida koʼz kasalliklari boʼyicha yirik olim akademik V.P.Filatov tomonidan amaliyotga joriy etilgan «biogen stimulyatorlar» tushunchasi toʼqimalarni qayta tiklanish va oʼsish jarayonini ragʼbatlantiruvchi moddalarga nisbatan qoʼllanilgan. Ushbu moddalar tananing ayrim aʼzolarini yoki oʼsimliklar toʼqimasini maxsus sharoitda (past harorat, qorongʼulik va h.k.) maʼlum vaqt ichida saqlanganda hosil boʼladi. Ular ushbu noqulay sharoitga moslashishi jarayonining maxsuli deb izohlanishi mumkin. Hozirda hayvon aʼzolaridan yoki oʼsimliklardan koʼplab biostimulyatorlar olinadi. Ular chorvachilikda turli kasalliklarda qoʼllaniladi. Biostimulyatorlar qatoriga quyidagi preparatlar kiradi: Аloe ekstrakti - ________________________. Sarxil yoki quritilgan aloe oʼsimligining bargidan tayyorlangan suyuqlik. Kuchsiz kislotali muhitga ega (rN-5,0-6,8) koʼz kasalliklarida (keratit, irit, konʼyunktivit) oshqozon va 12 barmoq ichak yaralarda, bronxitja va boshqa kasalliklarda qoʼllaniladi. ampulada 2ml dan chiqariladi. Kuniga 1marta 7 kun davomida teri ostiga yuboriladi. FIBS (inʼektsiya uchun) – limon balchigʼini quruq haydash yoʼli bilan olingan maxsulot, tarkibida koʼplab kumarinlar saqlanadi. Аmpulada 1ml dan chiqariladi. Teri ostiga yuboriladi. FIBS-kreatit konʼyuktivit ostrit kasalliklarida tavsiya etiladi. Pelondin - ____________. Davo koʼrsatuvchi balchiq ekstrakti. Biogen stimulyatorlarga xos taʼsirga ega. Shisha idishlarda 500ml hajmda chiqariladi. 40-50 ml dan 2 mahal, ovqatdan 1-2 soat oldin ichish uchun beriladi. Oshqozon ichak kasalliklarida gastrit, kolitlarda qoʼllaniladi. Bitishi qiyin yaralarni davolashda qoʼllash mumkin. Inʼektsiya uchun yoʼldosh osilmasi - _______________________. Odam yoʼldoshining natriy xlorat eritmasida maydalab tayyorlangan osilmasi. Gomogenat 1 soat davomida 1200S da sterilizatsiya qilinadi. Biostimulyator tarzida turli koʼz kasalliklarida (koratit, miopiya, koʼz shox qavatining va shishasimon tananing xiralashuvida) tavsiya etiladi. Teri ostiga 0,5% novokain bilan 7-10 kun davomida yuboriladi. Kalanxoe shirasi - _____________________. Kalanxoe oʼsimligining sarxil bargidan, yashil poyalaridan tayyorlanadi. Oʼsimlik shirasining maxalliy yalligʼlanishiga qarshilik koʼrsatish xususiyati boʼlib, yaralarning tozalanishiga tezroq bitishiga va organizmning xalok boʼlgan toʼqimalardan xoli boʼlishiga imkon beradi. Milklar yalligʼlanishida, aftali stomatitlarda bitmaydigan trofik yaralarda, teri qoʼyganda tavsiya etiladi. Yaralar yuzasini oʼsimlik shirasi bilan shprits yordamida yuviladi, soʼng bogʼlam qoʼyiladi. Bogʼlam kuni aro almashtirib turiladi. Flakonda 100 ml dan va ampulada 10 ml dan chiqariladi. Preparat zararsiz boʼlib, baʼzan maxalliy qitiqlovchi taʼsiri yuzaga chiqishi mumkin. Xonsurud - ______________. Yirik shoxli hayvonlarning kekirdagi togʼay toʼqimasidan tayyorlanadi. Suvda va izotonik eritmada yengil eruvchan tarkibida yuqori molekulalik (20.000-30.000) nukopolisaxarid-xondrantinsulьfat kislotasi saqlaydi. Gailuren kislotasi bilan birga turli xil qoʼshuvchi toʼqimalarda uchraydi. Аyniqsa togʼay toʼqimalarida erkin holda yoki qisman oqsillar bilan birikkan boʼladi. Xondraitin sulʼfatlardan А,V va S farqlanadi, ular kimyoviy tuzilishi jihatidan bir-biriga yaqin. Sekin bituvchi yaralarga davo sifatida qoʼllaniladi. Flakonlarda 0,05-0,1g quruq xolida chiqariladi. Qoʼllashdan oldin 0,5%li novokain eritmasida eritilib ateril doka bilan yara yuzasiga qoʼyiladi. Rumalon - __________. Yosh hayvonlarning togʼay toʼqimasi va suyak iligidan tayyorlangan ekstrakt. Degenerativ oʼzgarishlar yuz bergan, boʼgʼim kasalliklarida (atrez, spondilioz) da tavsiya etiladi. Birinchi kuni 0.3 ml, 2 kundan soʼng 0.5 ml va hafta davomida 2 marta 1 ml dan mushaklar orasiga yuboriladi. Samarali taʼsiri odatda 2-3 haftadan soʼng seziladi. Splenin – hayvonlarning qora talogʼidan tayyorlangan preparat qalqonsimon bezning yon bezlari faoliyati susayganda, xomiladorlikning boshlangʼiya davr toksikozlarida buyuriladi. Preparat yordamida jigarning zararsizlantiruvchi faoliyati kuchayadi. Salkoseril - _______________. Oksidlantirilgan hayvon qonidan tayyorlangan preparat antigenlik xususiyati bartaraf etilgan. Modda almashinish jarayonini yaxshilash uchun, toʼqimalar regeneratsiyasini tezlashtirish maqsadida ishlatiladi. Gangrena, tropik hamda radiatsion yaralarda malham sifatida, eritmalari teri ostiga, mushaklar orasiga berish uchun tavsiya etiladi. Davolash davri kasallikning kechishi bilan bogʼliq. Аpilak - ___________. Ona asalarilarning tabiiy sutidan tayyorlangan preparat. Yosh hayvonlarga gipotrofiyaga, anorektsiyada, katta yoshdagi hayvonlarda gipotoniyada, nevrotik buzilishlarda, laktatsiya jarayoni buzilishida, teri xaltaliklarida tavsiya etiladi. Liofillangan shamchalar yoki tabletka shaklida chiqariladi, 3%li malhami, 5%li xremi teriga surtish uchun moʼljallangan. Zimazon suspenziyasi - ___________________. Аchitqi bakteriyalardan olingan polisaxarid suspenziyasi leykopoez jarayonini ragʼbatlantiruvchi nospetsifik modda qon ishlab chiqarish jarayonini tiklash uchun qoʼllaniladi. nurlar bilan davolashda leykopeniyaning oldini olish uchun tavsiya etiladi. Аmpulada 1 va 2 ml dan mushak orasiga yuborish uchun chiqariladi. Raveron - ______________. Oqsillardan, androgen va estrogen gormonlardan tozalangan hayvon prostata bezining ekstrakti. Prostatit va prostata bezi adenomasining boshlangʼich fazalarida tavsiya etiladi. Davolash davomida siydik chiqarish yengillashadi. Аmpulada 1 ml dan, muskul orasiga yuborish uchun chiqariladi. Fosforli preparatlar, yod va uning preparatlari. Fosfor - _________ - R – biokimyoviy jihatidan juda ham faol element hayvonlar uchun oʼta muhim hisoblanadi. U suyak toʼqimasi tarkibiga kiradi, oqsillar va uglevodlar bilan birikib koʼplab birikmalar hosil qiladi, bufer tizimining asosini tashkil qiladi, koʼplab fermentativ jarayonlarda ishtirok etadi, energiyani tashuvchi hisoblanadi va koʼplab fermentlar tarkibida uchraydi (tiamin fosforat, dekarboksinaza, lipotiaminpirofosfat va h.k.). organizmda fosfor neorganik birikmalar shaklida uchraydi (natriyli, kalьtsiyli va kaliy tuzlari tarkibida) va turli tuman organik birikmalar shaklida uchraydi. Raxit, osteomalatsiyada qoʼllanilsa suyak tarkibi va qattiqligi tezda oʼz holiga qaytadi. Shu bilan birga hayvonlar oʼsishi tezlashib, qizil qon tanachalari koʼpayib, nerv holati yaxshilanadi. Letsitin - __________. Fosfotsitlar guruxiga kiruvchi lipoid hisoblanadi. Hayvonlarda koʼplab uchraydi. 3,5% gacha fosfor saqlaydi. Oqsillar oʼzlashtirilishini tezlashtirib, fosfor yigʼilishini taʼminlaydi. Аnemiya,nevrosteniya va suyaklar sekin oʼsganda qoʼllaniladi. Fitin - _____________. Inozitgeksafosfor kislotasining kalьtsiyli va qisman magniyli tuzi toʼqimalar oziqlanishini tezlashtiradi. Fosfren - __________. Fosfor, fitin, lipoidlar, gematogen temir va kalьtsiy tuzlarini saqlaydi. Modda almashinuvini yaxshilaydi. Qonda qizil qon tanachalarini koʼpaytiradi. Toʼqimalar oʼsishini tezlashtiradi, nerv sistemasini holatini yaxshilaydi. Аnemiya, osteomalyatsiya, raxit, xolsizlanish bugʼozlikda qoʼllaniladi. Yod va uning preparatlari. Yod koʼplab moddalar bilan erkin reaktsiyaga kirisha oladigan va faol taʼsir qiluvchi birikmalar hosil qiladi. Bundan tashqari yengil parchalanib erkin yod ham tez hosil boʼladi. Yod organizmda moddalar almashinuvida ishtirok etishi bilan birga qalqonsimon bez garmoni tarkibiga ham kiradi. Yod mikroelementi koʼplab toʼqima biokolloidlaridan fermentlar hosil boʼlishida qatnashadi. Turli xildagi toʼqimalar bilan birga hosil qilgan birikmalar organizmning himoya reaktsiyasida ishtirok etadi. Yangi toʼqimalar paydo boʼlishida, xomilaning yaxshi rivojlanishi uchun, yosh xayvonlarning oʼsishini tezlashtirish uchun xizmat qiladi. Yod preparatlari ayrim toʼqimalar patologik oʼzgarishlarini toʼxtatish xususiyatiga ega. Masalan: antinomikoz tugunida hosil boʼlayotgan patologik toʼqimalar koʼpayishini yod yuborish yoʼli bilan toʼxtatiladi. Koʼpchilik olimlar yod preparatlari yuborilsa bir necha kasalliklarda qon aylanishini yaxshilashni, qon tomirlar sistemasi tonusi pasayishini kuzatganlar. Yod preparatlari teri va shilliq pardalar orqali tezda soʼrilib ketadi. organizmga tushgan yodning 15-30% saqlanib qolgan 70-85% har xil birikmalar sifatida buyrak orqali, teri orqali, bronxial va soʼlak bezlari orqali va qisman siydik, tezak va sut orqali ajralib chiqadi. Preparat yuborilgach 3-15 daqiqa oʼtgach ajralish boshlanib 1-2 kun ayrim vaqtda 20 kungacha davom etadi. Yod - _______. Qoramtir qizgʼish rangli plastinka yoki kristalchalar, oʼziga xos xidli, suvda yomon eriydigan, spirtda, xloroform va efirda yaxshi eriydi. Taʼsiri: teriga 5-10% li yodning spirtdagi eritmasi surtilsa qizarish va kuydiri kabi jarayonlar yuzaga chiqadi. Yana qayta surtilsa yalligʼlanish, hatto teri usti qavati nekrozi kuzatiladi. Yodning oʼziga xos xususiyatidan biri bakteritsid xususiyati hisoblanadi. Yod tuberkulyoz, manka, simptomatik karbunkula qoʼzgʼatuvchilarini, hatto kuydirgi kasalligi sporalarini ham oʼldiradi. Yodning 0.2-1% li eritmalari 0.1% li sulema eritmasidan kuchliroq taʼsir qiladi. Yod teri osti kanallari uchun ham oʼldiruvchi taʼsir koʼrsatadi. Bundan tashqari oʼpka parazitlari diktiokaulalarni ham oʼldiruvchi taʼsir qiladi. Аntimikrob xususiyatidan veterinariyada xirurgik operatsiyalar oʼtkazishda qoʼllaniladi. Yod eritmasi choʼchqalar metastrogilyozlarini, qoramollar trixomonezini davolashda ham ishlatiladi. Kaliy yodid - _________________. – Natriy yod - _________________. Rangsiz kubsimon kristallar yoki oq kukun suv va spirtda yaxshi eriydi, yorugʼlikka chidamsiz va oʼziga namni tez tortadi. Yodidlar oʼzida erkin yodni saqlamaydi. Shuning uchun ular qitiqlovchi va bakteritsid taʼsir qila olmaydi. Biroq ular tezda soʼrilib yod hosil boʼlishi bilanoq yod singari taʼsir qiladi. Moddalar almashinuvida qatnashib, yalligʼlangan toʼqimalar soʼrilishini taʼminlaydi. Ikkala tuz xam bir-biridan farq qilmaydi. Аntinomikozni va botriomikozni davolashda 0.01 1kg tirik vazniga nisbatan venasiga yuboriladi, har kuni 1marta 8-14 kun davomida. Buyrak va jigar kasalliklarida qoʼllash man qilinadi. Dozalari: ot va qoramollarga – 2-10 gr. Choʼchqa, qoʼylarga – 0,5-2,0 Itlarga - 0,2-1,0 Mushuklarga - 0,1-0,2 Tovuqlarga - 0,05-0,1 Yodoform - _____________, triyodmetan ________ . mayda plastik yaltiroq kristalchalar yoki mayda kristall shaklidagi kukun, limon rangli, oʼziga xos xidli, suvda deyarli erimaydi, 75% spirt, 10% efir va 22% moy aralashmasida eriydi. Yorugʼlik va xavo taʼsirida yodoformdan faol yod ajralib chiqadi. Bu jarayon sekin kechib 2-3 soat davom etadi. Yod qoldiq moddalar va boshqa zararli moddalarni parchalaydi, zaharlarni neytrallaydi, granulyatsiya hosil boʼlishini tezlashtiradi. Jaroxatlar yuzasida yod alьbuminatlari burishtiruvchi taʼsir qilib ekssudat hosil boʼlishini kamaytiradi. Yodoform faqatgina jaroxat ekssudatida parchalanmasdan, balkim ovqat xazm qilishi yoʼllarida ham parchalanadi. Ichirishga berilganda antiseptik, achishga qarshi taʼsir qilib, peristaltikani kuchaytiradi. Jarohatlarni dezinfektsiyalovchi sifatida kukun holatida ishlatiladi, talʼk yoki bor kislotasi bilan 1:1 nisbatda tayyorlanib sepiladi. Yalligʼlanishag qarshi 5-15% li mazʼ holida ishlatiladi. Dozalari: Ot va qoramollarga – 2-5 gr Qoʼylarga – 0,2 - 0,5 Choʼchqaga - 0,1-0,3 Itlarga - 0,05- 0,2 Tovuqlarga - 0,01-0,1g Xinifon (yatren) – 7 yod 8 oksixinolinsulʼfokislota (3 qism) va natriy gidrokarbonat (1 qism) ning aralashmasi. Mayda kristall kukun. Ichirish uchun. Ovqat hazm qilish yoʼlini dezinfektsiyalashda qoʼllaniladi. Dozalari: Ot va qoramollarga – 1-2 gr Choʼchqaga - 0,5-1,0 Itlarga - 0,3- 0,5g Yodinol - _____________. Kompleks preparat tarkibi: yod (1 qism), kaliy yodid (3 qism), poliviniloviy spirt (10 qism) va distillangan suv (1000 qism) toʼq-koʼk rangli suyuqlik yodning hidiga oʼxshash hidga ega, chayqaltirilsa koʼpiradi. Taʼsir mexanizmi yod singari, biroq kuchsiz va uzoq vaqt davom etadi. Dispeptsiya, dizenteriya va boshqa ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklarida davolash va oldini olish uchun qoʼllaniladi. Dozalari: Choʼchqa bolalariga – 3-25 ml Buzoqlarga - 15-25 ml Joʼjalarga - 0,3-0,5 ml. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling