Vm-1; 3-mavzu. Umumiy xirurgiya. Anvarov A. A davolash 310-"B"
Download 26.2 Kb.
|
VM-1; 3-mavzu Umumiy xirurgiya. Anvarov A.A Davolash 310-“B”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Enzimoterapiya
- Albatta bu yerda kimyoviy antiseptikadan faol foydalanilgan.
- Yuqorida fizik antiseptikadan foydalanilmadi. 5. Proteolitik fermentlarni qo’llash antiseptikaning biologik turiga misol bo’ladi.
- Aralash antiseptika
VM-1; 3-mavzu . Umumiy xirurgiya. Anvarov A.A Davolash 310-“B” Qabul bo’limiga 45 yoshli bemor murojaat qildi. So’zidan o’ng oyoq boldir pastki uchligida jaroxat borligidan shikoyat qiladi. Jarroh ko’rik vaqtida o’ng oyoq pastki qismi ichki yuzasida 6 sm diametrdagi 0.5 sm chuqurlikdagi chetlari notekis , nekrotik to’qimalar bor yiringli jarohatni ko’rdi . Jarroh jarohatni 3% li vodorod peroksidi va furatsillin 1:5000 eritmasi bilan yuvdi. Jaroxat tozalanishi uchun proteolitik ferment sepdi va betadin shimdirilgan tampon bilan bog’lam qo’ydi. 1.Bu harakat antiseptikaning qaysi turiga kiradi 2. Biologik antiseptika nima ? Yuqoridagi vaziyatda qo’llanildimi ? 3.Ximik antiseptika nima ? Yuqoridagi vaziyatda qo’llanildimi? 4.Fizik antiseptika nima? Yuqoridagi vaziyatda qo’llanildimi? 5.Proteolitik ferment nima? Ularning ta’sir mexanizmi nimadan iborat Javoblar: 1.Demak birinchi navbatda antiseptika o’zi nima? Bu jarohatdagi , patologik o’choqdagi , a’zo va to’qimalardagi mikroorganizmlarga qarshi kurash chora tadbirlari tizimi bo’lib , faol kimyoviy va biologic moddalar , mexanik va fizik usullarni qo’llashga asoslangan. Jarroh bu yerda kimyoviy va biologik (enzimoterapiya) antiseptika turlarini amalga oshirdi. Bir so’z bilan aytganda xozir xirurgiyada aralash antiseptika keng qo’llaniladi , ya’ni bir vaqtda bir necha antiseptic usullardan foydalanish jarohatni samarali bitishida yordam beradi va ulardagi infeksiyalarning tezroq bartaraf etilishiga xizmat qiladi. Bu yerda xam xam kimyoviy xam biologic antiseptika qo’llanilishi nekrotik zonani tezroq davolash maqsadida amalga oshirilyabdi. Aralash antiseptika yakka turda qo’llanilganidan ancha samaraliroqdir. 2. Biologik antiseptika Biologik antiseptikada mikroblarning o‘sishi va rivojlanishini to‘xtatuvchi biologik vositalar yordamidagi ta’sirlar ko‘zda tutiladi. Bular: 1) antibiotiklar; 2) bakteriofaglar; 3) antitoksinlar (qoqsholga qarshi, difteriya (bo‘g‘ma)ga qarshi zardoblar). Biologik antiseptika - jaroxatdagi, patologik o’choqdagi, a'zo va to’qimalardagi mikroorganizmlarga qarshi biologik xususiyatlarga ega bulgan vositalar yordamida kurash usuli hisoblanadi. Biologik antiseptikaga ba'zi bir mikroorganizmlarning hayot faoliyatida xosil bo’luvchi va ma'lum bir qo’zg’atuvchiga spetsifik ta'sir qiluvchi, hamda organizm immunobiologik faolligini oshiruvchi (antibiotiklar, vaktsinalar, zardoblar, bakteriofaglar, xar xil immun vositalar) vositalar kiradi. Bundan tashqari biologik antiseptikaga proteolitik fermentlar xam kiradi. Bunday vositalarning ishlatilish miqyosi juda keng bo’lib, ularning ishlatish yo’nalishlari va organizmga turli-tuman yo’llar bilan kiritiladi. Xozirgi davrda biologik va sintetik yo’llar bilan olinadigan ko’p miqdordagi antibakterial vositalar mavjud bulib, ular bir necha guruxlarga bulinadi. Biologik antiseptikaga - mos ravishda antitela saqlovchi qon komponentlari - antistafilokokk, antikolibatsillyar giperimmun plazmalar, xamda antistafilokokk γ-globulin, qoqsholga karshi γ-globulinlar quyish kiradi. Antibiotiklar mikrob xujayralarining kupayishi va rivojlanishini tuxtatadi va ular bilan kurash uchun qulay sharoitlar yaratadi. Antibiotiklarni katta dozalarda, uzoq muddat ishlatish organizm mikroflorasini uzgarishiga va disbakterioz xolatiga, xamda organizmning zamburug’lar bilan zararlanishi oqibatida rivojlanuvchi og’ir kasallik kandidozga olib keladi. Shu sababli bemorlarni davolash uchun antibiotiklarni ishlatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: - Antibiotiklarni qat'iy ko’rsatmalarga ko’ra ishlatish lozim. - Antibiotiklarni faqat o’choqdagi mikroflora sezgir bo’lgan turlarini (yoki xamkorligi) ishlatish. - Antibiotiklarni ishlatish yo’riqnomasida ko’rsatilgan bir martalik va sutkalik dozalarda buyurish. - Davolovchi dozani yuborishdan oldin organizmning allergik reaktsiyalarga moyilligini (anamnezidan, sinama o’tkazish yo’li bilan) aniqlash lozim. - Qisqa yoki uzoq antibiotikoterapiya kurslari o’tkazmasdan, kutilgan terapevtik samara olinmagan xolatlarda antibiotikning boshqa turiga almashtirish yoki xamkorlikda buyurish. - Bir guruxdagi antibiotiklarni buyurmaslik. - Xar xil antibiotiklarni bir vaqtda buyurganda ularning xamkorlik qila olishini e'tiborga olish. - Antibakterial vositalarning bemor organizmiga qiladigan qo’shimcha ta'sirlarini xam e'tiborga olish. Antibiotikoterapiyadan asoratlar rivojlangan xollarda tezlik bilan antibiotik yuborishni tuxtatish va desensibillovchi terapiya o’tkazish: vena ichiga 10% li kaltsiy xlorid eritmasi, 2% li dimedrol yoki suprastin (1-2 ml) eritmasi, vitaminoterapiya (B gurux) va nistatin, levorin buyurish zarur. Antibiotiklarning guruxlari: 1. Penitsillin guruxi: benzilpenitsillinning natriyli, kaliyli, novokainli tuzlari; bitsillin-1, bitsillin-3, bitsillin-5; fenoksimetilpenitsilli n; metitsillinning natriyli tuzi, oksatsillinning natriyli tuzi; ampitsillin karbenitsillin dinatriyli tuzi va boshkalar. Bu gurux vositalari grammusbat bakteriyalarga nisbatan samarali xisoblanadi. 2. Streptomitsin guruxi: streptomitsin sulfat, streptomitsinning kaltsiy xlor majmuasi va boshqalar. Bu gurux vositalar kupchilik grammanfiy, ba'zi gramusbat va kislotabardosh bakteriyalarga nisbatan samaralidir. 3. Tetratsiklinlar guruxi: tetratsiklin, tetratsiklin gidroxloridi, oksitetratsiklin digidrati, morfotsiklin va boshqalar. Bu gurux antibiotiklari keng ta’sir miqiyosga ega. 4. Levomitsetin guruxi: levomitsetin, sintomitsin va boshqalar. Bu gurux antibiotiklari xam keng ta’sir miqiyosiga ega bulib, penitsillin va sterptomitsin shtammlariga bardoshli bakteriyalarga nisbatan samarali xisoblanadi. 5. Makrolid guruxi: eritromitsin, oleandomitsin fosfat, oletetrin, olemorfotsiklin va boshqalar. Bu antibiotiklar grammusbat bakteriyalarga ta'sir qilib, grammanfiy bakteriyalarga nisbatan sust yoki deyarli ta'sir qilmaydi. 6. Aminoglikozidlar: gentamitsin sulfat, neomitsin sulfat, sizomitsin sulfat, monomitsin, kanamitsin, tobramitsin, amikatsin. Bu gurux antibiotiklari keng miqiyosda ta’sirga ega 7. Zamburuglarga qarshi antibiotiklar: nistatin, levorin, amfoteritsin B va boshqalar. 8. Tsefalosporinlar guruxi: tseporin (tsefaloridin), tseporeks (tsefaleksin), tsefalotin, tsefazolin. 9. Karbopenemlar guruxi: imipenem, pleropenem, tienam. 10. Ftorxinolonlar guruxi: ofloksatsin, tsiprofloksatsin, levofloksatsin. Vaktsinalar – mikroblar va ular xayot faoliyati maxsulotlaridan olinadigan vositalar bulib, odamlarni davo yoki profilaktik maqsadida faol immunizatsiya qilish uchun ishlatiladi. Xozirgi davrda vaktsinalarning quyidagi turlari ma'lum: 1. tirik, 2. o’lik, 3. anatoksinlar, 4. toksinlar, 5. kimyoviy. Tarkibiga kiruvchi antigenlarga qarab vaktsinalarlarning: 1. monovaktsina – muayyan birorta infektsiyaga qarshi immunizatsiya uchun, 2. divaktsina – ikkita infektsiyaga qarshi immunizatsiya uchun, 3. polivaktsina. Zardoblar – mikrob yoki nomikrob genezli antigen bilan immunizatsiya qilingan hayvonlar qonidan tayyorlanadigan immun vositalar bulib, tarkibida mos ravishdagi spetsifik antitelolar saqlaydi. Bakteriofaglar – bakteriyalar virusi bulib, bakterial xujayra ichiga kirib, uning lizisini chaqiradi. Klinik amaliyotda quyidagi: - antistafilokokk, - antistreptokokk, - antikolibakteriofaglar qo’llaniladi. Bu yerda biologic antiseptikaning Enzimoterapiya usulidan foydalanilgan . Fermentativ preparatlarning xirurgik klinikada qo’llash, ularning ayrimlarini neyrolitik ta’siriga asoslangan, va shu tufayli ular infeksiya tushgan jarohar, yiringli bo’shliqlarning yiring , fibrin ivindisi , yashashga layoqatsiz to’qimalardan tezroq tozalashga imkon beradi. Ayni vaqtda ular yallig’lanishga qarshi ta’sir qiladi va antibiotiklar faoolligini oshiradi. 3. Kimyoviy antiseptika Bakteriyalarning rivojlanishini to‘xtatuvchi (bakteriostatik) va bakteriyalarni o‘ldiruvchi (bakteriotsid) xususiyatga ega moddalarni qo‘llash kimyoviy antiseptika hisoblanadi. Mikroblarga ta’siridan tashqari, kimyoviy moddalar to‘qima, jarohat va organizmga ham biologik ta’sir qiladi. Shuning uchun ham antiseptikaning mazkur turi qo‘llanilayotgan davo muolajalari vaqtida ishlatilayotgan moddalarning dozalari (miqdorlari)ni qat’iyan me’yorlash shart. 1. Tarkibida galoid moddalar bo‘lgan guruh. Xloramin «B» – jarrohlar qo‘liga ishlov berishda, rezina qo‘lqoplarni sterillashda, teri va shilliq pardalarni yuvish va ifloslangan jarohatlarni davolashda 2 % eritmasi qo‘llaniladi. Yodning 5–10 % spirtli eritmasi jarohatlarga ishlov berishda, jarohatlar, tirnalgan va yorilgan terilar atroflariga surtishda ishlatiladi. Yodoform – ifloslangan va sekin bitayotgan jarohatlarga sepma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Lyugol eritmasi – yod va kaliy yodning spirt, glitserin yoki suvdagi eritmasi hisoblanadi. Shilliq pardalarga surtish va yiringli jarohatlarga tampon ko‘rinishida ishlatiladi. Yodoforlar – yodning faol spirtli birikmalar (yodopiron, yodanal, yodanat) bilan hosil qilingan kompleksi hisoblanadi. Asosan teriga ishlov berish, jarohatlarni, kuyishni davolashda va jarrohlik asboblarini sterillashda qo‘llaniladi. 2. Oksidlovchi guruh (kislorodli moddalar). 3 % perekis vodorod eritmasi yiringli jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Mochevina bilan birlashgan tarkibi tabletkalar ko‘rinishidagi gidroperitshaklida ham ishlatilishi mumkin. Qaynatilgan 200 ml suvda 4 ta tabletkasi eritilganda 2 % perekis vodorod eritmasi hosil bo‘ladi. Kaliy permanganat, kuchli oksidlovchi: 0,1–0,5 % eritmalari yiringli jarohatlarni yuvishda, 0,02 % eritmasi bo‘shliqlarni yuvish va chayqashda, 2–5 % eritmalari kuyishlarni davolashda ishlatiladi. Bor kislotasining 2 % eritmasi jarohatlarni yuvishda, chayqashda, shuningdek siydik pufagi va boshqa kovak a’zolarni yuvishda ishlatiladi. 3. Og‘ir metallar tuzlarining guruhi. Simob dixlorid (sulema) – faqat sirtga ishlatiladi: 1:1000 nisbatdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, ipaklarni sterillashda, bemorlar va jarohatlarga ishlatiladigan jihozlarni dezinfeksiyalashda qo‘llaniladi. Sulema – juda kuchli zaharli modda hisoblanadi va bu eritma bilan ishlov berish mobaynida juda ehtiyotkorlik talab qilinadi. Diotsid – kuchli antiseptik xususiyatga ega, sepma yoki tabletkalar ko‘rinishida chiqariladi. 1 ta tabletkasining 5,0 l qaynatilgan suvdagi eritmasi qo‘llar ishlovi uchun, 1 l suvda eritilgan 1 ta tabletkasining eritmasi asboblarni sterillashda qo‘llaniladi. Kumush nitrat – lyapis siydik pufagi va yiringli jarohatlarni yuvishda ishlatiladi. Haddan tashqari tez o‘sayotgan yosh hujayra to‘qimalarin i kuydirish maqsadida 10 % eritmasi qo‘llaniladi. Ammo shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, teri yoki shilliq pardalarga tekkan 10 % eritmasi to‘qimalar nekroziga olib keladi. Protargol – siydik pufagi yallig‘langanda 1–3 % eritmasi yuboriladi. Kollargol–yiringli jarohatlarni yuvishda 0,2–1 % eritmalari ishlatiladi. 4. Spirtlar. Tibbiyot amaliyotida muntazam ravishda etil (uzum) spirti keng qo‘llaniladi. Chunki metil spirti juda zaharli bo‘lib, kuchli zaharlanish holatlarini chaqirishi mumkin. Etil spirti nafaqat dezinfeksiyalash, balki quritish va qotirish xususiyatlariga ham ega. Jarrohlar qo‘llarini yuvishi uchun va operatsiya maydonlariga ishlov berishda keng qo‘llaniladi. Bunday hollarda spirtning 70 % eritmasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki kuchli spirt birikmasi terilarni qotirib, teshiklarini yopib qo‘yishi, chuqurda yotgan mikroblarning saqlanib qolishiga sababchi bo‘lishi mumkin. 90–95 % li spirtlar asosan kesuvchi jarrohlik asboblari va jihozlarni sterillashda qo‘llaniladi. 5. Formaldegid guruhi.Asosan bu guruhdan formalin qo‘llaniladi. Formalin formaldegidning 40 % suvli eritmasidir. Qotiruvchi antiseptik vosita sifatida 0,5–1 % eritmalari qo‘llarga ishlov berishda qo‘llaniladi. 6. Fyenol guruhi. Ko‘p hollarda fenol va qatron ko‘rinishlarida ishlatiladi. Fyenol (karbol kislotasi) – rezina qo‘lqoplar, asbob va jihozlarni sterillashda 3–5 % eritmalari ishlatiladi. Qatron (dyogot) – oq qayin daraxti po‘stlog‘ining quruq ishlovi natijasida olinadi. Antiseptik va yallig’lanishlarning oldini olish xususiyatlariga ega. U Vishnevskiy malhami tarkibiga kiradi. 7. Anilin bo‘yoqlari guruhi. Antiseptiklar sifatida quyidagi bo‘yoqlar: – etakridin (rivanol) – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvishda; – brilliant ko‘kining 0,1–2 % spirtli eritmalari yiringli yaralarga surtish maqsadida; – metilen ko‘ki kuyishlarda, piodermiya va siydik pufagini yuvishda (0,02 % suvli eritmasi) 1–3 % spirtli eritmalari ishlatiladi. 8. Nitrofuranlar hosilalari guruhi. Kam zaharli va kuchli antiseptiklardan sanaladi. Klinik amaliyotda qo‘llaniladiganlari: – furatsillin – yiringli jarohat va bo‘shliqlarni yuvish va chayqashda 0,2 % eritma va malhamlar ko‘rinishida qo‘llaniladi; – furagin – jarohat infeksiyalari va kuyishlarda eritmalari, ichishga tabletkalari ishlatiladi; – furadonin – siydik yo‘llari infeksiyalarida tabletkalar ko‘rinishida qo‘llaniladi. Albatta bu yerda kimyoviy antiseptikadan faol foydalanilgan. Jarroh jarohatni 3% li vodorod peroksidi va furatsillin 1:5000 eritmasi bilan yuvdi. Keyin sea jarohatga betadin antiseptic vositasini ishlatdi, bular uning kimyoviy antiseptikadan foydalanganligidan dalolat beradi. 4. Fizikaviy antiseptika Bu usul ham yaralarga infeksiya tushishining oldini olish va davolashga qaratilgan eng muhim antiseptikaning turi bo‘lib, fizikaviy omillarni qo‘llash orqali mikroblarning miqdorini kamaytirish, ularni parchalab yuborish hamda hayot faoliyati davomida ajratgan zaharli mod- dalar (toksin)ni yo‘qotishdan iborat. Fizikaviy antiseptikaga quyidagilarni kiritish mumkin: –bog‘lamlarning gigroskopikligi (suyuqlikni shimib olishi)dan foydalanish, kapillarlik xossasi tufayli yara yuzasidagi (tarkibida mikrob va uning zahari mavjud) suyuqlikning shimib olinishi; –gipertonik eritmadan foydalanish yaradagi onkotik bosimdan yuqori bo‘lgan osmotik bosimni hosil qilish kapillarlik xossasini keltirib chiqaradi va yuqori samara beradi. Yorug‘lik, quruq issiq, ultratovush, ultrabinafsha nurlar va boshqa omillarni ham fizikaviy antiseptikaga kiritish mumkin. Drenajlash - bunday antiseptikaning asosida jaroxatda mikroblar rivojlanishi uchun noqulay sharoitlar yaratuvchi, ularning toksinlarini va boshqa parchalanish maxsulotlarini kamaytirishga qaratilgan fizikaviy jaryonlar yotadi. Yiringli yaradan yoki bushliqdan saqlamasini faol usulda chiqarish usuli drenajlash nomini olgan. U drenaj naychalar yordamida amalga oshiriladi. Drenaj naychaning eng kup tarqalgan turi xar xil uzunlikda va kengikdagi doka pilikcha xisoblanadi. Yiringli yara yoki bushliqlarni drenajlash uchun drenaj naycha sifatida rezina naycha va pilikchalar ishlatiladi. Ba'zan klinik amaliyotda jaroxatlarni drenajlash uchun rezina va doka drenajlar birgalikda ishlatiladi. Doka ishlatish uning gigroskopik xususiyati borligiga va bu xususiyatning natriy xloridining gipertonik (5-10%) eritmasi shimdirilganida kuchayishiga asoslangan. Jaroxat bushligida siyrak joylashgan doka drenaj uning chekkalarini ochib, yiringning tuplanishiga tusqinlik qiladi. Drenajlanganda jaroxatdagi saqlama passiv (boglamga, jaroxatda Byulau drenajiga) va faol- vakkum Redon drenajiga chiqishi mumkin. Jaroxatlarni ochiq usulda davolash, ultrabinafsha nurlari, lazer nurlari va ultratovush ishlatish xam fizik antiseptikaga kiradi. Jaroxatlarni ochiq usulda davolashda tuqimalarning qurishi xisobiga mikroblar rivojlanishi uchun noqulay sharoit tug’iladi, ayniqsa jaroxat yuzasi fizik omillar ta’sirini maxsus apparatlar yordamida yaratiladigan abakterial muxit sharoitida bulsa. Jaroxatlardagi tuplangan yiring va umuman jaroxat suyuqligini chiqarib yuborish uchun frantsuz xirurgi Shassanyak tomonidan taklif qilingan qizil kauchukdan yasalgan yon teshikchalari bulgan naychalar ishlatilib kelingan. Oldinlari shishadan, alyuminiydan yasalgan naychalar ishlatilgan. Bugungi kunda esa TMMK polivenil naychalar keng qullaniladi. Xozirgi davrda drenajlarni ishlatish cheklangan bulib, asosan tananing sun'iy qilingan yoki tabbiy bushliqli jaroxatlariga nisbatan ishlatiladi. Masalan, plevra bushlig’ida kup miqdorda yiring yigilishi (empiemada) plevra bushlig’iga drenaj naycha urnatiladi va suruvchi apparatga ulanadi. Undan tashqari drenaj naychalar dori vositalari bilan kamaytirib bulmaydigan umumiy shishlarda xam ishlatila boshlandi. Odatda naychalar yugon-ingichkaligiga qarab 16 raqamda tayyorlanadi. Ularni ishlatilishi buyicha bir martali bo’lib sterilizatsiya jarayoni ishlab chiqazish korxonasida nur yordamida o’tkazilgan bo’ladi va klinikada qayta dezinfektsiya qilinmaydi. Drenaj naychalarning yon teshikchalari (aylanasining 1/3 kismidan oshmasligi lozim) bevosita urnatishdan oldin kaychilar yoki maxsus kiskichlar yordamida qilinadi. Uncha katta bulmagan jaroxatlar, oqmalar va boshqalarga drenaj naychalarning urniga, uzunasiga kesilgan naychalardan yasalgan tarnovchalar urnatiladi. Drenaj naychalar u yoki bu tomonga siljib ketmasligi uchun jaroxat yuzasiga biron usulda maxkamlanadi. Ultrabinafsha nurlari bakteritsid ta'sir qiladi, immunitetni oshiradi va jaroxatlardagi tozalanish, regenratsiya jarayonlarini jadallashtiradi. Past energiyali lazer nurlari tuqimalardagi kimyoviy reaktsiyalarni, qizil va infraqizil nurlanishga bulgan sezgirlikni uzgartiradi. Ultratovushning bakteriotsid ta'siri kavitatsiya jarayoni – mikrob xujayrasiga bosim impulsining tovush tezligidan yuqori tezlik bilan ta'siriga asoslangan. Bunda xujayrada bosim 300 atm va xarorat 700°C dan oshadi (fizik samara), jumladan suv molekulasidan HO va OH- larni ajratib, mikrob xujayrasida oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini tuxtatadi (kimyoviy samara). Tuqimalarda lazer nurining yuqori energiyasi ostida quyidagi uzgarishlar sodir buladi: 1) xarorat keskin oshib, termik kuyishni eslatadi; 2) qisqa vaqt davomida kattik va suyuq moddalarning gazsimon xolatga utishi natijasida xujayra ichi va tuqima ichi bosimi keskin ortadi, ya'ni «portlash samarasi» sodir buladi; 3) elektr kursatgichlarni, solishtirma og’irlikni, tuqimalar dielektrik utkazuvchanligini uzgartiruvchi elektr maydon paydo buladi, natijada ularning yuzasida toksinlarning surilishiga tusqinlik qiluvchi, steril koagulyatsion parda paydo buladi. Lazer (optik kvant generatori) – ingliz suzi abbreviaturasi: Light amplification by stimulated emission of radiation – optik kogerent nurlanish manbai bulib, yuqori yunalganlik va zichligi katta energiyaga egaligi bilan xarakterlanadi. Tibbiyotda lazer nurlarining ikki - yuqori va past energiyali turi ishlatiladi. Yuqori energiyali lazer nurlari quyidagi ta'sirlarga ega: 1. tuqimalardagi xarorat bir necha yuz gradusga etadi. Tuqimalarda kuzatiluvchi uzgarishlar termik kuyishni eslatadi; 2. tuqimlarda paydo buladigan «portlash samarasi» - «zarba oqimi» kattiq va suyuq moddalarning bir laxzali gaz xolatiga utishi natijasida sodir buladi. Buning natijasida esa xujayra va tuqima ichi bosimi keskin oshadi; 3. lazer nurlari yuqori energiyasi tuqimalarda elektr maydoni paydo bulishiga olib kelib, elektr kursatkichlarini, solishtirma ogirligi, dielektrik utkazuvchanlik va boshqalarni uzgarishi kurinishida elektroqimyoviy samaraga sabab buladi. Natijada tuqimalar yuzasida steril koagulyatsion parda paydo bulib, toksinlarni surilishiga va infektsiyaning tarqalishiga tusqinlik qiladi. Past energiyali lazer atayin tuqimalardagi reaktsiyalarni uzgartiradi. Kam quvvatli lazer kizil va infrakizil nurlanishga sezgir kimyoviy reaktsiyalarning optik katalizatori rolini uynaydi. Monoxromatik qizil rang yallig’lanishga qarshi va qontomirlarni kengaytiruvchi ta'sir kursatadi, modda almashuv jarayonlarini yaxshilaydi, suyak kumigi va taloqdagi yosh xujayralar kupayish jarayonini, qon tomirlarining usishi va rivojlanishini tezlashtiradi. Yuqorida fizik antiseptikadan foydalanilmadi. 5. Proteolitik fermentlarni qo’llash antiseptikaning biologik turiga misol bo’ladi. Bu yerda Enzimoterapiya usulidan foydalanilgan . Proteolitik ferment preparatlarining xirurgik klinikada qo’llash, ularning ayrimlarini neyrolitik ta’siriga asoslangan, va shu tufayli ular infeksiya tushgan jarohar, yiringli bo’shliqlarning yiring , fibrin ivindisi , yashashga layoqatsiz to’qimalardan tezroq tozalashga imkon beradi. Ayni vaqtda ular yallig’lanishga qarshi ta’sir qiladi va antibiotiklar faoolligini oshiradi. Aralash antiseptika Mikroblarning hujayralari va makroorganizmlarga ta’sir doiralarini o‘rganayotganda antiseptika turlarining o‘rnini almashtirish mumkin emas. Chunki ularning ta’sir kuchlari hamjihatlikda ortib boradi. Mikroblarga qarshi ta’sirini oshirish uchun antiseptikaning bir nechta turini birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Masalan, bugungi kunda jarohatlarni davolash maqsadida birlamchi jarrohlik yo‘li bilan ishlov berilayotganda (mexanik va kimyoviy antiseptika), u biologik (anti- biotiklar va qoqsholga qarshi zardoblarni yuborish) antiseptika bilan to‘ldiriladi va qo‘shimcha ravishda fizioterapevtik muolajalar tavsiya etiladi. Antiseptika qo‘llanilishiga qarab, mahalliy va umumiy antiseptika muolajalariga bo‘linadi. O‘z vaqtida mahalliy antiseptika ikkiga, yuzaki va chuqur turlarga bo‘linadi. Mahalliy yuzaki turi asosan jarohat yuzasiga har xil sepmalar, malhamlar qo‘yish hamda jarohat yuzasi va bo‘shliqlarini yuvish muolajalaridan iborat. Mahalliy chuqur antiseptika turiga yallig’lanish o‘chog‘i va jarohat atrofidagi to‘qimalarga inyeksiya yo‘li bilan moddalarni yuborish (sanchib qo‘yish va har xil blokadalar) kiradi. «Katta zararsizlantiruvchi davolash» yoki umumiy antiseptika tadbirlari deganda organizmni antiseptik moddalar (antibiotik, sulfanilamid) bilan to‘yintirish va moddalarning qon aylanish doirasi orqali jarohatga yetib kelib, mikroblarga ta’sir etishi tushuniladi. Download 26.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling