- Xossalari va tarqalishi. Oltingugurt tabiatda keng tarqalgan. U Yer qobig‘i massasining 0,5 % ini tashkil etadi. Dengiz va okean suvlarida 1200—10 min. t. oltingugurt, birikmalar shaklida suvda erigan holda bo‘ladi. Oltingugurt sariq rangli kristall mo‘rt modda. Suvda deyarli erimaydi, ammo ba’zi organik erituvchilarda eriydi. 444,6 °C da qaynaydi.
- Zichligi = 2,07 g/sm3. Oltingugurtning yirik konlari AQSh, Italiya, Kanada, Yaponiya, Ukraina, Rossiyada joylashgan. 0‘zbekistonda Fag‘onava Muborakda oltingugurt konlari mavjud.
- Olinish usullari. Oltingugurt eramizdan ilgari II asrlardan boshlab vulqon jinsi (vulqon otilishi natijasida paydo bo‘lgan jins) sifatida malum bo'lgan. U birikmalar — sulfidlar, sulfatlar shaklida minerallar holida uchraydi. Tabiiy ko‘mir, neft va oqsil moddalari tarkibida (ayniqsa, soch, par, jun kreatinida ko‘p bo‘ladi) uchraydi. Tug'ma oltingugurt tarkibida uning miqdori 30 % dan oshmaydi. Shuning uchun u boyitiladi. Ruda maydalanadi va kerosin bilan flotatsiyalanadi. Olingan konsentrat (80 % S saqlaydi) 6 atm. bosimda suv bug‘i bilan avtoklavda ishlov berilib, oltingugurt suyuqlantirib (oltingugurtning suyuqlanish harorati 112,8°C) ajratib olinadi. Shunday yo‘l bilan 98,6—99,3 %li sof oltingugurt olinadi. Oltingugurt to‘g‘ridan-to`g`ri yer ostiga 170°C gacha qizigan bug‘ yuborish orqali ham suyuqlantirib olinadi.
- Oltingugurt mis rudalariga (mis rudasi asosan pirit — FeS2 dan va kamroq xalkopirit — CuFeS2 dan iborat) koks qo'shib qizdirish orqali olinadi. Bunda, pirit qizdirilganda parchalanadi:
- 2FeS=2FeS+S2
- FeS ning oksidlanishidan hosil bo‘lgan S02 gazi esa koks bilan qaytarilib oltingugurt hosil qiladi.
- Oltingugurt yana H2S ni chala oksidlash yo‘li bilan ham olinadi. Bu usulda oltingugurt olish Fransiya, Rossiya va 0‘zbekistonda keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |