Xossalari va tarqalishi


Vodorod suffiddan oltingugurt ishlab chiqarish


Download 1.14 Mb.
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1131384
1   2   3
Bog'liq
portal.guldu.uz-Noorganik moddalar ishlab chiqarish texnologiyalari

Vodorod suffiddan oltingugurt ishlab chiqarish
  • Ayrim gaz konlaridan chiqadigan tabiiy gaz tarkibida ma’lum miqdorda (Orenburg, Astraxan gazlarida 6—29 % gacha, Muborak gazlarida 5 % gacha H2S bo‘ladi) vodorod sulfid gazi bo'ladi. Vodorod sulfid zaharli bo‘lgani uchun bunday gazlardan foydalanib bo'lmaydi. Tabiiy gaz tarkibidan H2S ni ajratib olinsa, so'ngra tozalangan gazdan foydalanish mumkin. Tabiiy vodorod sulfidli gazlarni H2S dan gaz oltingugurti olish texnologiyasi ancha takomillashgan bo‘lib, shu usulga asoslangan yirik gaz oltingugurti zavodi Muborak shahrida 1974- yilda qurilib ishga tushirildi. Bu zavod yiliga 500 ming t. oltin­gugurt ishlab chiqarmoqda. Vodorod sulfidli tabiiy gazlar maxsus qurilmalar yordamida mono- va dietanolamin bilan absorbsiyalab tozalanadi.
    • Oltingugurt ishlab chiqarishning Klaus qurilmasi ikki xil: termik va katalitik bosqichlardan iborat. Katalizator sifatida boksitlardan foydalaniladi. Tabiiy boksit asosan aluminiy gidroksidi va temir oksidlaridan iborat. Uning tarkibida S02, Ti02, CaO, MgO, MnO, P205 va boshqalar ham bo‘ladi. Hozirgi kunda boksit o‘miga aktivlangan aluminiy oksidi keng qo‘llanmoqda.
    • SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQAR1SH Xossalari, ishlab chiqarish usullari va ishlatilishi
    • Xossalari. Kimyoviy toza sulfat kislota (monogidrat) og‘ir, moysimon, rangsiz, hidsiz, suyuqlik bo`lib 96% li (massa bo‘yicha) zichligi 1,84 g/sm3, 104,6° С da qotadi, muzlaydi va 338,8°C da qaynaydi. Suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi, bunda ko‘p issiqlik ajralib chiqadi.
    • Suvda eriganda 3 xil gidratlar hosil qiladi.(H2S04 *H20, H2S04 * 2H20,
    • H2S04 * 4H20) S03 Oleum havoda tutaydi, chunki undan SO3 desorbsiyalanib turadi.
    • Sulfat kislotaning monogidrati olti xil konsentratsiyali gidratlar hosil qila oladi. Ular individual kimyoviy birikmalar bo‘lib, qattiq holatlarda bir-birida erimaydi, Ularda S03 ning massa ulushi 0 %dan 64,35 % gacha bo‘ladi.
    • 64,35 % dan 100 % gacha S03 saqlasa bunday konsentratsiyali oleum, muzlaganda qattiq eritma hosil qiladi.
    • Shuning uchun ham qish paytida SO3, ning konsentratsiyasiga yaqin konsentratsiyali kislota ishlab chiqarish mumkin emas, chunki bunday eritmadan kristall cho‘kishi va kislota quvurlarini, ombor- larini, nasoslarini, isitiladigan apparatlarni to‘ldirib, to‘sib qolishi mumkin. Ishlab chiqariladigan barcha kislota turlari evtektik aralash- maga yaqin bo‘ladi. Sulfat kislotasining quyidagi turlari sanoatda ishlab chiqariladi: kuporos moyi va akkumulyator kislotasi 92—93 % li, oleum — 20,65 % li, minorali kislota 75 % li.
    • 98,3 % li sulfat kislota azeotrop aralashma bo'lib, uning qaynash va bug‘laming kondensatsiyalanish haroratlari bir xildir, ya’ni 336,8°C (3- rasmda suyultirilgan sulfat kislotasining va suvsiz SO3, ni sulfat kislotada qaynash diagrammasi berilgan).
    1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling