Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar
Мавзу: Ruminator va ichni suradigan moddalar, oʼt haydovchi moddalar
Download 0.57 Mb.
|
форм амалиёт 2 курс конспект
Мавзу: Ruminator va ichni suradigan moddalar, oʼt haydovchi moddalar.
REJА: 1. Surgi moddalari haqida tushuncha. 2. Har xil gurux moddalariga umumiy xarakteristika. 3. Jigarga taʼsir qiluvchi moddalar, ularning ahamiyati, qoʼllanilishi haqida. TАYaNCh TUShUNChАLАR: 1. Surgi moddalariga umumiy xarakteristika berish, ularning vakillariahamiyati, xususiyatlari qoʼllanilishi, taʼsir mexanizmi, dozalari va saqlash qoidalari haqida tushunchalar. 2. Har xil gurux moddalarining oʼziga xos xususiyatlari, ahamiyati vakillari, taʼsir mexanizmi qoʼllash va saqlash qoidalari haqida tushuncha. 3. Jigarga taʼsir qiluvchi moddalar vakillari ularning olinishi, qoʼllanilishi, taʼsir mexanizmi, dozalari, saqlash qoidalari va ahamiyati haqida tushunchalar berish. Surgi dori moddalari taʼsiriga qarab 2-ga boʼlinadi. Tez taʼsir qiluvchilar sekin taʼsir qiluvchilar 1. Xolinomimetik 1. Kanakunjut moyi 2. Аntiatsitilxolin esteraza 2. Аntroxinen birikmalari Kanakunjut moyi – bu asosan kanakunjut urugʼidan ajratib olingan moydir. Kanakunjut moyi surgi sifatida juda koʼp ishlatiladi. Kanakunjut urugʼida uchiglitserid bilan ratsionalь kislotalari bor. Uchiglitserid ratsionalь kislotasi oʼz oʼzadan surgi taʼsir etmaydi. Shuning uchun ham surgi sifatida ishlatilgan kanakunjut moyi taʼsir qiladi. 1-chidan oshqozondagi toʼplangan massani boʼshatib ichaklar boʼylab harakat qilinishiga yordam qiladi. Shundan keyin u oʼn ikki barmoq ichakning ishqorli suyuqligida ratsionalь kislotasi bilan glitseringa parchalanadi. Mana shundan keyin oʼziga xos taʼsir koʼrsata boshlaydi, ichaklarda sezuvchi nerv oxirlari retseptorlarini qitiqlaydi, shu munosabat bilan ichak qisqarishi tezlashadi. Ratsionalь kislotasi juda tez soʼriladi, shuning uchun ham surgi taʼsiri ingichka ichakda chegaralanib, yoʼgʼon ichakda boshlanish bilan tamom boʼladi. Surgi taʼsirida kanakunjut moyi juda sekin sezgi nervlarining oxirlarini qitiqlaydi, shuning uchun ham ularni ichaklarda shamollash boʼlgan paytlarda ham qoʼllash mumkin. Surunkasiga qoʼllanilmaydi, chunki koʼp vaqt qoʼllansa ovqat hazm qilishini buzilishiga olib keladi. Kanakunjut moyi ingichka ichakda taʼsir qilishi uchun qoramolga 400.0. agarda yoʼgʼon ichaklarda boʼlsa 1 kg berishga toʼgʼri keladi, bu juda qimmatga tushib ketadi, bunday hollarda boshqa surgi moddalar qoʼllaniladi. Kanakunjut moyi odamlarda va hayvonlarda qoʼllaniladi. Umuman mayda shoxli hayvonlarga, yirik shoxlilarga koʼp miqdorda talab etiladi. Tashqariga kanakunjut moyi spirtda 1:2 eritmasi yoki past ishqorli eritmasi junlarni oʼsishini tezlashtirish uchun ishlatiladi. Kanakunjut urugʼida kanakunjut moyi bilan birgalikda zaharli modda Ritsin ham boʼladi. Bular ayrim hollarda hayvonlarni zaharlaydi. Ritsin juda kuchli, retseptorli ovqat hazm qilish tizimini qitiqlaydi, bunda kuchli qusish va oʼtkir kataral yalligʼlanish oshqozon va ichaklarda kuzatiladi. Bir necha urugʼidan isteʼmol qilish odam va hayvonlarni oʼlimga olib keladi. Аyrim vaqtlarda hayvonlarga oz-ozdan berib borish ularda immunitet xosil bulishiga olib keladi, shu zaharga nisbatan. Kulunlarda analari kanakunjut urugʼi boshqa oziqalar bilan yeyishi natijasida immunitet yoshligidan, yaʼni emizilish davridan xosil boʼla boshlaydi. Bunday hayvonlar 1 kechgacha kanakunjut urugʼidan yeyish mumkin, hech qanday zarar boʼlmaydi. Ritsin bu oqsil moddasi boʼlib, yuqori tempepraturada zararsizlantiradi. Shuning uchun ham ishlovdan keyin kanakunjut kunjarasi oziqa sifatida ishlatsa boʼladi. Аntraxinon birikmalari. Bu birikmalar asosan usimliklardan olinadigan ant raglikozidli surgilar, bular efirsimon birikmalar bulib kand ajralib chiqqandan keyin emodin , xrizofan kislota va antraxinonning boshqa birikmalarini hosil qiladi. Аntraglikozidli surgilar ichilgandan keyin ichakda hosil buladigan emodin ichakning retseptorlarini kuchli qitiqlaydi. Natijada surunkali spazmatik qitiqlaydi. Shuning uchun ham toza emodinni surgi sifatida qoʼllanilmaydi. Аntraglikozidlar boʼladi: chidamsiz bular tez tarqaladi ichaklarda, chidamli – bular juda sekinlik bilan tarqaladi, taʼsir kuchi ham sekin boradi, hattoki katta dozalarda taʼsiri umerenno boʼladi. Hech qanday kuchli qisqarish boʼlmaydi. Bunday holatlarda pristalьtika va mayatnikaobrazniy harakatlar ichaklarida kuchayadi . Taʼsir kuchi ham koʼp vaqt davom etadi. Аntraxinon birikmalar va antraglikozidblar oʼsimliklarda har xilda boʼladi. Sabur – Аloe. Bu har xil aloe turlarining barglirini tilib qoʼyilgandan keyin oqib chiqadigan qoʼritilgan shira. Аloe dori sifatida juda qadimdan ishlatilib kelingan buni yegipetliklar bundan 3000 yil oldin ishlatganlar bu dorini indusslar, rimliklar va surgi sifatida saburni keng qoʼllagan Parakulьs. Hozirgi vaqtda ham hech qanday dorining kuchi yoʼqolgani yoʼq. Kichik dozalarda sabur taʼsir qiladi. Аchchiq moddalar katerida qitiqlaydi, taʼm bilish nervlarini shuning bilan hazm qilish organlarining ishini yaxshilaydi. Taʼm bilish nervdan tashqari, boshqa sezuvchan nerv oxirlarini ham qoʼzgʼatadi. Masalan: biz kukun holida quruq oziqa bilan bersak nafas olish sistemasida oʼzgarish boʼlishini kuzatamiz, bunda aksirish va yoʼtal kuzatiladi. Sabur kavshovchi hayvonlarda oshqozon sezgi nervlarning oxirlariga taʼsir qilib qitiqlaydi. Sabur ichga yuborilganda taʼsiri surgi sifatida yoʼgʼon ichakka, qachonki tuz surgilari hech qanday naf koʼrsatmaganda. Yoʼgʼon ichakni kuchli qitiqlash natijasida reflektor yoʼl bilan orqa toz qismiga kuchli qon oqishini taʼminlaydi, bunday holat bola tashlashgacha olib keladi. Shuning uchun ham bugʼozlikning ikkinchi yarmida qoʼllanilmaydi va yana agarda oshqozon va ichaklarda yalligʼlanish kechayotgan paytda. Dorini ikkinchi marta 3-5 kundan keyin qoʼllash mumkin. Qoʼllanilishi: Saburni qoʼllaymiz xabdori shaklida, boʼtqa shaklida, kukun shaklida yoki boshqa oʼsimlik hamda tuz surgilari birgalikda qoʼllaniladi. Sabur juda qoʼllash yengil preparat. Har qanday sharoitda ham molga bersa boʼladi, chunki hech qanday jihoz talab etilmaydi. Yaylovda yurganda, ham buni berish boshqa dorilariga qaraganda juda qulay boʼladi. Dozasi yirik shoxli mollarga kattaligi tuxumning kattaligiday qilib beriladi. Qoʼllanilmaydi: oʼtkir gastrit va enterit, yurak ishini buzilishi boʼlganda, bugʼozlik davrida, sigirlar sogʼilishi davrida, chunki sabur taʼsirida sutda achchiq taʼm paydo boʼladi. Surgi moddalaridan podofillin unumlari. Bu ham oʼsimlikdan olinadi, bu oʼsimlik barbarislar oilasiga kirib podofillin oʼsimligini ildizidan olinadi. Bunda boshqalaridan farqi yangi qazib olingan ildizda podofillinboʼlmaydi. Podofillin hosil boʼladi, uni quritilgandan keyin. Yuqori miqdori soni uning (6% yaqin) boʼladi 3-4 yil saqlanadi. Suvda yaxshi erimaydi, sargʼish poroshok, achchiq taʼmi bor, eritiladi 10 boʼlim spirtda. Buni organizmga yuborilgandan keyin taʼsir mexanizmi oshqozonda sezuvchi nervlarining oxirlariga taʼsir etib ularni qitiqlaydi va yoʼgʼon ichakka kelib tamom boʼladi. Lekin yoʼgʼon ichakda qitiqlash kuchliroq boʼladi, oshqozon va ingichka ichakka qaraganda. Bundan biz bilamizki podofillin parchalanishi yoʼgʼon ichakda boʼladi. Qoʼllanilishi: Podofillin oshqozonda surunkali tikilishi kuzatilganda bu yoʼgʼon hamda ingichka ichaklarning funktsiyasining buzilishi bilan bogʼliq boʼlganda. Fenalftalin – Bu ftolangidrid bilan fenolni toʼyintirib olinadigan modda, suvda deyarli erimaydi, hidsiz, mazasiz, oq yoki sargʼish kukun eritiladi spirtda. 12 qism Meditsina uchun tabletka holida chiqariladi 0,1 gr ( ) Purgen nomi bilan. Buning ham taʼsir mexanizmi antraglikozidlarga oʼxshab ketadi. Bu ham asosan yoʼgʼon ichak qisqarishlarini reflektor yoʼl bilan kuchaytirib shilliq pardalarning taʼsirlanishiga sabab boʼladi, uni uzoq vaqt qoʼllash yaramaydi, chunki buyraklarga salbiy taʼsir koʼrsatishi mumkin. Fenalftalin kumulyatsiya hosil qiladi, ishlatilishi tabletka holida ishlatiladi. Surgi tuzlari. Surgi tuzlari veterinariya amaliyotida juda koʼp ishlatiladi, bu moddalar butun ichaklar boʼylab soʼriladi. 1. Natriy sulьfat – NaSO4 (OH2O( glauber tuzi)) natriy sulьfat tuzi juda kam zakharli, lekin juda aktiv surgi moddasi boʼlib, ichaklarga tushgandan keyin eritma holatida suvlarning ovqat hazm qilish kanallari boʼylab soʼrilishini toʼxtatadi. Natriy sulьfat qishloq xoʼjalik hayvonlariga asosan qadimdan oshqozon motorikasi ishini aktivlashtirish uchun qoʼllaniladi. Qoʼllaniladi oshqozon oziqalar bilan toʼlgan vaqtda, ichaklarda spazm boʼlganda oshqozon va ichak sistemasini zaharni tezlashda. 2. Sunʼiy karlavar tuzi. Tarkibi: natriy sulьfat – 44% natriy gidrokarbonat – 36% natriy xlorid – 18% kaliy sulьfat – 2% Mana shunday tarkibdagi suv bor joy Chexoslovakiyada katta davolanish maskani sanatoriya bor. Karlav Var deb nomlanadi. Bunday tarkibdagi tuz taʼsiri ovqat hazm qilish sistemasida bezlardan suyuqlik ishlab chiqishini tezlashtiradi, ichaklar prestaltikasini yaxshilaydi, soʼrilishini tezlashtiradi, shilliq moddalarni eritadi, taʼsiri sekin, lekin uzoq. Dozasi yirik shoxli mollarga – 40,0 – 100,0 Mayda shoxli mollarga – 5,0 – 25,0 3. Magniy sulьfat – achchiq tuz, sibir tuzi, magniy sulьfat taʼsiri xuddi natriy sulьfat taʼsiriday va shunday qoʼllaniladi. 4. Simob monoxlorid (kalomelь) kalomelьning ichni suradigan taʼsirini V.V.Savich 0,6 g dozada qoʼllab juda yaxshi natijani aniqlab bergan. Bu itlarda oʼtkazilgan tajribasida fistula qoʼyilgan itlarda kalomelь hazm bezlarini, shuningdek oʼt sekretsiyasini ancha kuchaytira olishini koʼrsatib berdi. Bundan tashqari kalomelь ichakda bir tekis eriydi va shilliq parda retseptorlarini taʼsirlantiradi, shuning natijasida ham peristaltika kuchayadi. Qoʼllaniladi surgi va dezinfektsiyalovchi modda sifatida ichaklarni har xil infektsiyalardan tozalash va boshqalar. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling