Mavzu. Tana haroratini tushiruvchi va analgetiklar Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar


Mavzu:Modda almashinuviga taʼsir qiluvchi moddalar


Download 0.57 Mb.
bet17/20
Sana11.03.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1259878
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
форм амалиёт 2 курс конспект

Mavzu:Modda almashinuviga taʼsir qiluvchi moddalar.

MODDALAR ALMASHINUVI


Moddalar almashinuvi, metabolizm – tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli hujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalandi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemirladi va yangilanadi.
Masalan, Odamda barcha toʻqima oksillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, mushak oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi.
Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalzatorlar – fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar tufayli hujayra strukturasi va faoliyatini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va boshqa(lar) jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi.
Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro bogʻlik boʻlgan ikki jarayon – anabolizm va katabolizmagm iborat. Katablik jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp miqdorda energiya ajraladi.

Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy makroergik bogʻlar, asosan, adenozitrifosfat kislota (ATF) va boshqa(lar) molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reaksiyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz (anaerob yoʻl – glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl – nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evolyutsion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar C02 va suvgacha toʻliq parchalanadi.


Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich reaksiyalari hisoblanadi. Biroq moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Masalan, glikogenning latat kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi.
Glikogenning laktat kislotadan hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik reaksiyalar ham oʻzaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum qismlari – kopartamentlarda amalga oshadi.
Masalan, glikoliz jarayoni hujayra sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari – lizosomalarda, lpidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi ribosomalada roʻy beradi. Moddalar almashinuvining umumiy bosqichlari bir-biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy oraliq moddasi piruvat kislota karbonsuvlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi.
Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi moddalar almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yoʻnaltirilganlgi fermentlar faolligiga taʼsir koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda moddalar almashinuvi koʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv tizimi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib tuziladi.
Mavzu. Vitaminlar va vitaminli preparatlar.
REJА:
1. Vitaminlar guruxidagi moddalarga tushuncha.
2. Suvda eruvchi vitaminlar.
3. Moyda eruvchi vitaminlar.
4. Polivitaminlarning veterinariyada ahamiyati.

TАYaNCh TUShUNChАLАR:


1. Vitaminlar va vitaminsimon taʼsir qiladigan preparatlar toʼgʼrisida tushuncha.
2. Suvda eriydigan (tiamin-bromid), riboflabin, piridoksin, sianokobelamin, folь kislota, nikotin askorbin kislotalari rutin.
3. Yogʼda eriydigan (akserftol, ergokalьtsiferol, xolekalьtsiferol, tokoferol, vitamin K) vitamin preparatlarining ahamiyati va qoʼllanilishi.
4. Pivo achitkisi, vitamin F, polivitaminlar (baliq moyi, trivit) ning veterinariya va chorvachilikdagi ahamiyati. Koʼrsatkichlari.
Vitamin va vitaminli preparatlar.
Vitaminlar (_______- hayot va ________ - aminlar) insonga hayvonlar yashashini taʼminlovchi aminlar boʼlib, organizmni oʼsib, rivojlanishi uchun gʼoyat zarur boʼlgan moddalar. Ularni koʼpchiligi qon va toʼqimalar maxsus oqsillari bilan birikib, fermentlar hosil qiladi.
Vitaminlar organizmga asosan ovqat bilan tushib kimyoviy jarayonlarda, moddalar almashinuvida qatnashadi va ularni yetishmovchiligida avitaminoz yoki gipovitaminozlar yuzaga keladi.
Bu kasalliklar qadim zamonlardan maʼlum 1880 yil rus olimi Lunin aniqlagan, keyin 1912 yilda polyak olimi Funk vitaminlar deb nom bergan.
Ornganizmda gipovitaminozning sabablari: isteʼmol qilinayotgan ozuqalarda vitaminlarni yetishmovchiligi, oshqozon ichak kasalliklari tufayli qonga vitaminlar soʼrilishining buzilishi, oʼsayotgan yosh organizmning vitaminlarga ehtiyojini oshishi va x.k.
Hozir vitamin va unga oʼxshash 500 ga yaqin preparatlar sintez qilingan va kelib chiqishi boʼyicha 4 guruxga farqlanadi.
1. Ozuqa vitaminlari – bular ozuqalarda toza yoki birikkan holatda b-di
2. Toza vitaminlar – oʼsimliklar tarkibidan ajratib olinadi.
3. Mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladigan vitaminlar.
4. Sintez yoʼli bilan olinadigan vitaminlar.
Veterinariya amaliyotida vitaminoz yoki gipovitaminoz davolash bilan birga ularni boshqa vositalar bilan koʼpchilik yuqumli va yuqumsiz kasalliklarni davolashda qoʼllaniladi.
Vitaminlarni 2 ta turi mavjud.
1. Suvda eruvchilar: V majmuasi S,R.
2. Yogʼda eriydigan: А.D.E.K.R.
1. Tiamin bromid (V1) – oq kristall poroshok, suvda yaxshi eriydi.
Vitamin V1 - oʼsimlik va hayvon maxsulotlarida: bugʼdoy, shoxli nuxat, jigar, goʼsht, tuxum tarkibida koʼp. Kavshovchi hayvonlar oshqozon mikroflorasi ham ishlab chiqadi.
Ichaklarda soʼrilgan fosfat birikmalariga – kokarbaksilazaga aylanadi.
Taʼsiri: Vitamin V1 uglevod, oqsil, yogʼ va suv almashinuviga taʼsir etib, qonda qand miqdorini kamaytiradi, insulin faolligi АTF hosil boʼlishini orttiradi, yurak, skelet muskullari nerv toʼqimalariga quvvat beradi.
V1 yetishmovchiligida organizmda uglevod almashinuvi izdan chiqadi sut va pirouzum kislota toʼplanadi, glyukoza toʼliq parchalanmaydi austilxolin sintezi toʼxtaydi. Natijada markaziy va periferik nerv sistemasini funktsiyasi buziladi, yurak, hazm sistemasi ishi oʼzgaradi, organizm rezistentligi susayadi.
Qoʼllash: V1 gipo- va avitaminozda, polinevritda oshqozon ichak atoniyasida hayvonlar oʼsishini tezlatish uchun ayniqsa tovuqlarda.
Hayvonlarga ogʼiz orqali teri ostiga, muskulga qoʼllaniladi.

2. Riboflavin (V2) – sariq krisstal poroshok boʼlib, sut maxsulotlarida, jigar, tuxum, boshoqlilarda koʼp boʼladi.


Taʼsiri: Qonga soʼrilgan oqsil bilan birikib, fermentlar tarkibiga kiradi va oqsidlanish – qaytarilish jarayonlari boshqarib, uglevod oqsil yogʼ almashinuvida qatnashadi. Koʼz faoliyatini yaxshilashda, gemoglobin hosil boʼlishida ahamiyati katta. V2 vtishmasa hayvonlar oʼsmaydi teri kasallanadi, koʼz shikastlanadi, yurak ishi buziladi, maxsuldorlik pasayadi (tovuq).
Qoʼllash: V2 gipo va avitaminozda, tovuqlar oʼsishi va mahsulotini oshirish, koʼz va teri kasalliklarida.
3. Pirodoksin (V6) – oq poroshok, jigar, miya, buyrak, dukkaklarda koʼp, ichak mikroflorasida ham xosil boʼladi. Vitamin V6 aminokislotalar, fermentlar, gemoglobin hosil boʼlishida taʼsir etadi. Zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Vitamin V6 yetishmovchiligida oqsil almashinuvi buziladi, dermatit, anemiya rivojlanadi.
Qoʼllash: V6 gipo va aminozda dermatit va anemiya muskul orasiga teri ostiga, ogʼiz orqali yuboriladi.
4. Sianokobelamin (V12) – toʼq qizil poroshok. Mol jigari juda boy hayvonlar oshqozon-ichak mikroflorasi sintezi qiladi va qonga soʼriladi. Tarkibida kobalьt mavjud.
Taʼsiri: V12 – oʼsish vitamini hisoblanadi. Oqsil, nuklein kislotalar hosil boʼlishida qatnashadi, eritrotsitlar hosil boʼlishini kuchaytiradi, markaziy va vegetativ nerv sistemasini yaxshilaydi moddalar almashinuvini kuchayadi.
V12 yetishmasa anemiya kelib chiqadi, qon,hazm va nerv sistemasi shikastlanadi.
Qoʼllash: V12 – gipo va avitaminozda, yosh hayvonlarda oʼsishini tezlatish uchun, ular yuqumli kasaalliklarga chidamligini oshirish uchun, jigar hazm sistemasi kasalliklarida, nefritlarda, muskul orasiga, teri ostiga qoʼllaniladi.
5. Аskorbin kislota (Vit.S) – oq poroshok, karam, koʼk piyoz, limon, apelьsin, namatak mevalarida mavjud.
Hayvonlar organizmida uglevodlardan sintezlanadi.
Taʼsiri: Vit.S. organizmda oksilanish-tiklanish jarayonlarida qatnashadi, uglevodlar almashinuvini boshqaradi, oqsillar, garmonlar hosil boʼlishida qatnashadi. Аntitoksik va yalligʼlanishlarga qarshi taʼsir etadi, tomirlar oʼtkazuvchanligini kamaytiradi. Vit.S. yetishmasa – singa kasalligi paydo boʼladi, tomirlar yoriladi. Tishlar qimirlab qoladi, anemiya rezistentligi pasayishi kuzatiladi.
Qoʼllash: Vit.S. yetishmasligida , singa kasalligida, qon ketishlarda intoksikatsiyalarda teri va shilliq pardalar kasalliklarida, yosh hayvonlar oʼsishini tezlatish va rezistentligini oshirish uchun. Hayvonlarga ogʼiz orqali, vena tomirlariga.
6. Retinol (VITА) – sariq yogʼ, jigar, tuxum sarigʼi, baliq sutda koʼp boʼladi. Oʼsimliklarda – karotin holida uchrab organizmda VITА aylanadi. Karotin sabzi koʼk piyoz shavil, koʼk beda, silos koʼp boʼladi.
Taʼsiri: Vit.А organizmda oksidlanish-tiklanish jarayonlarida epiteliyni oʼsishida qatnashadi, nerv sistemasi ishini yaxshilaydi, koʼrish pigmenti rodopsinni hosil boʼlishida qatnashadi, hayvonlarni jinsiy faoliyatiga taʼsir etadi, xomilani ona rivojlanishiga yordam beradi.
Vit.А. yetishmasa teri va shilliq pardalar shikastlanishi, yaralar tuzalishi qiyinlashishi, hazm sistemasi faoliyati buzilishi kuzatiladi qorongʼida koʼrish buziladi, hayvonlar oʼsishdan qoladi.
Qoʼllash: Vit А yetishmovchiligida, yosh hayvonlarni oʼsishi va rivojlanishi tezlatishda, yuqumli kasalliklarda teri va siydik ayiruv kasalliklarida teri ostiga, muskul orasiga ogʼiz orqali qoʼllaniladi.
7. Vit D (kalьtsiferol) – bu raxitga qarshi vitamin veterinariyada amaliy ahamiyatga ega D2 – erkokaьtsiferolь va D3 – xolekalьtsiferolь D3-D2 – ulьtrabinafsha nurlari taʼsirida hosil boʼladi.
Taʼsiri: Organizmda Sa,R va mikroelementlarni toʼplanishi va soʼrilishini taʼsirlaydi,suyak toʼqimasi rivojlanishiga taʼsir etadi. Vit D yetishmasa yosh hayvonlarda raxit, katta hayvonlarda osteomelyatsiya (suyak boʼshashi) paydo boʼladi, hayvonlar oʼsmaydi, teridagi yaralar tez tuzalmaydi.
Qoʼllash: Raxit va osteomalyatsiya kasalliklarida suyak kasalliklarida, teri kasalliklarida yosh hayvonlar oʼsishini tezlatishda, albatta Sa va R preparatlari birga qoʼllaniladi.
Hozir veterinariya amaliyotida Vit А va D yetishmovchiligida turli xil polivitaminlar: trivit, tetravit, baliq moyi qoʼllanilmoqda.
Trivit А1 D3 va Ye vitaimnlar moyli eritmasi 1ml da Vit А 30000 XB, D3 – 40000XB, Ye – 20mg. 100ml flakonda bir yil muddat bilan chiqariladi. Hayvonlarga muskulga yuboriladi.
Tetravit А,D,E va R vitaminlar moyidagi eritmalari inʼektsiya uchun 1ml da А-50000 XB, D2 – 2500, Ye – 20ml, R – 5mg saqlaydi. 100ml flakonda 1yil muddat bilan chiqariladi.
Baliq moyi. – Quyuq, och sariq oʼziga xos xidli suyuqlik boʼlib, baliq va boshqa dengiz hayvonlari jigaridan olinadi. Tarkibida Vit А, D2 , xolesterin yod va fosfor saqlaydi. 1g baliq moyida vit А-350XB D2-30 XB saqlaydi.
Vitamin А,D yetishmovchiligida, teri kasalliklarida qoʼllaniladi ogʼiz orqali va tashqi tomonga.
8. Tokoferol (Vit Ye) – sariq rangldi yogʼda eriydi goʼsht, sut, tuxum, yeryongʼoq, juxorida koʼp boʼladi.
Vitamin Ye boshqa jinsiy koʼpayish vitaminli deb ataladi. Xomiladorlikni, spermatogenez rivojlanishida, hayvonlar bepushtligini oldini olishda ahamiyati katta.
9. Vikasol (Vit 12). Аntigemorragik vitamin, beda, sabzi, krapiva koʼp boʼladi.
Qonda trombin hosil boʼlishiga taʼsir etib, qonning ivishini tezlatadi hamda yaralar tuzalishini tezlatadi.
Qon toʼxtatuvchi dori sifatida – vikasol holida oshqozon – ichak oʼpka, bachadon va x.k. larda qon ketishida qoʼllaniladi. Muskul orasiga.


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling