Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia)
|
|
|
Qon sporalilar turkumi. (Haemosporidia) avlodi bo’yicha ma’lumotlar to’plami
|
|
O’rinboyeva Naima
|
|
Reja: Qon sporalilarga umumiy tavsif
Qon sporalilar turkumi vakillari xo’jayin almashtirib rivojlanadigan, odam va issiq qonli hayvonlarning eritrotsitlarida parazitlik qiluvchi 100 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. qon sporalilar eymeriyasimonlar singari hujayra ichida parazitlik qilsada, ularning hayot sikli bir necha xo’jayinda o’tadi. Qon sporalilarning jinsiy ko’payishi qon so’ruvchi chivinlar ichagida(asosan, anopheles ), jinssiz ko’payishi hamda makro- va mikrogametotsitlar odam va boshqa umurtqali (qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar) organizmlar qizil qon tanachalarida o’tadi. Chivinlar ularning asosiy xo’jayini, odam va umurtqali hayvonlar esa oraliq xo’jayin hisoblanadi. Qon sporalilarning sporogoniyasi (spora ichida ko’payishi) eymeriyalardan farq qilib tashqi muhitda emas, balki chivinlar organizmida boradi. Bu hashorotlar qon sporalilarning tashuvchilari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |