Qurbongeldiyev ortiqning optika fanidan


-rasm Elektr mаydoni yordаmidа suyuqliklаrdа аnizotroplik xossаsini hosil qilish qurilmаsi


Download 0.7 Mb.
bet18/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1551061
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Qurbongeldiyev Ortiq

15-rasm


Elektr mаydoni yordаmidа suyuqliklаrdа аnizotroplik xossаsini hosil qilish qurilmаsi



  1. 15-rаsmdа elektr mаydoni yordаmidа suyuqliklаrdа аnizotroplik xossаsini hosil qilish qurilmаsi berilgаn. Bu hodisа Kerr effekti deyilаdi. Elektr mаydon yo`qligidа sistemаdаn yorug`lik o`tmаydi. Elektr mаydon qo`yilgаndа suyuqlik nurni ikkilаntirib sindirаdi. Mаydon kuchlаngаnligi ortishi bilаn moddааnizotroplik dаrаjаsi vа demаk yorug`lik intensivligi hаm ortаdi. Bundа:

n0-ne=k2E2 (8)
Kerr effekti suyuqlik molekulаlаrining elektr mаydonidа turli yo`nаlishlаrdа turlichа qutblаnishigааsoslаngаn. Bu hodisа deyarli inersiyasizdir.Mаydon qo`yilishi bilаn 10-10s dаn keyinoq effekt kuzаtilаdi. Shuning uchun bu hodisа yorug`lik oqimi intensivligini boshqаrishdа keng qo`llаnilаdi. Bu hodisа аmorf jismlаr, suyuqliklаr, gаzlаrdа kuzаtilаdi.

XULOSA
Moddaning qattiq holati o`zining fizik xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Qattiq jismlar shu sababdan kristall va amorf jismlarga ajratiladi. Amorf jismlar aniq erish temperaturaga ega bo`lmaydi, ba`zi xususiyati jihatidan suyuqliklarga o`xshash, masalan oquvchanlik xossasi. Kristall jismlar aniq erish temperaturaga ega. Ularning molekulyar tuzilishi, ichki strukturasi ma`lum qonuniyatga ega. Ana shu ichki struktura kristall jismlarda tashqi ta`sirlarni, issiqlik, yorug`lik va boshqalarni turli yo`nalishda turlicha uzatilishiga sabab bo`ladi. Qattiq jismlar shuningdek, izotrop va anizotroplik xossalarini namoyon etadi. Izotroplik xossasi bu moddaga ko`rsatilgan tashqi ta`sir uning hamma yo`nalishlarida bir xilda ta`sir ko`rsatishidir, uning hamma nuqtalariga bir xilda uzatilishidir. Anizotroplik xususiyati esa, moddaga ko`rsatilgan tashqi ta`sir yorug`lik, issiqlik va boshqa ta`sirlar unda tanlab olingan turli yo`nalishlarda turlicha namoyon bo`ladi. Izotrop jismlarga shisha, plastmassa, polimerlar misol bo`ladi. Anizotrop jismlarga esa barcha metallar kiradi. Qaralayotgan bir parametrga nisbatan anizotrop bo`lgan jism, boshqa ikkinchi parametr uchun izotrop bo`lishi mumkin.
Men ushbu kurs ishida izotrop va anizotrop kristallarning umumiy xususiyatlari bilan bir qatorda optik xususiyatlarini ham ko`rib chiqishga harakat qildim. Anizotrop kristallardan optik muhit sifatida foydalanib ularga yorug`lik tushirilganda yorug`likning qutblanishi, nurning ikkilanib sinishi kabi bir qator holatlar yuz beradi. Bu borada olimlarni tajribalarini va bu mavzularga doir bo`lgan formulalarni keltirib o`tdim. Ishlab chiqarishda keng qo`llaniladigan kristallardan biri bo`lgan yoqut kristallining xususiyatlarini, qo`llanilishini u haqidagi ma`lumotlarni keltirishga harakat qildim.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling