Qurbongeldiyev ortiqning optika fanidan


Nurning ikkilanib sinishida qutblanishi


Download 0.7 Mb.
bet9/20
Sana17.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1551061
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Qurbongeldiyev Ortiq

Nurning ikkilanib sinishida qutblanishi. Ko`pchilik shaffof kristallar nurni ikkiga ajratib sindirish qobiliyatiga egadirlar. Bu hodisa birinchi bo`lib Daniyalik olim E.Bartolin (1670-yil) tomonidan island shpati CaCO3 da kuzatilgan.Ikkiga ajratib sindirish Maksvell nazariyasi asosida elektromagnit yorug`likning anizotrop moddasidan o`tishidagi hossasi sifatida tushuntiriladi.
Qalin island shpati kristaliga ingichka yorug`lik nuri tushirilsa, kristalldan ikkita o`zaro va tushuvchi nurga parallel bo`lgan nur dastasi chiqqanligini ko`ramiz.
Birlamchi nur kristallning tabiiy yoniga normal bo`lgan, ya`ni tushish burchagi nolga teng bo`lgan holda ham singan nur ikkiga ajraladi, bulardan biri birlamchi nurning davomi bo`ladi, ikkinchisi shunday og`adiki, bunda og`ish burchagi noldan farq qiladi.

2-rasm. Yorug`likning ikkilanib sinishi.
Oddiy nur(o); oddiymas nur (e)

Bu hol va oddiy sinish qonunlarida bo`ladigan qator chetlashishlar bu nurlarning birinchisini oddiy nurlar (o) deb, ikkinchisini oddiymas nurlar (e) deb atashga sabab bo`ldi (2-rasmga qarang). Ikkala nur og`ishining turlicha bo`lishi ularga nisbatan kristallning sindirish ko`rsatkichi turlicha bo`lishini bildiradi. Shuningdek oddiy (o) nurning sindirish ko`rsatkichi kristallning hamma yo`nalishlar bo`yicha bir xil, oddiymas nurning sindirish ko`rsatkichi yo`nalishga bog`liq bo`lishini payqash mumkin.

3-rasm. Yorug`lik sirtining bir o`qli kristaldagi O , O1 o`qi atrofidagi ellips aylanasining ko`rinishi.
ne >n-musbat; ne

Kristallda ma`lum bir yo`nalish borki, bu yo`nalishga parallel tushgan nur ikkilanib sinish hodisasiga uchramaydi, bu yo`nalishga kristallning optik o`qi deb ataladi.Shu yo`nalishga parallel yo`nalishda o`tkazilgan har qanday chiziq kristallning optik o`qi bo`la oladi. Kristallar simmetriyasiga bog`liq ravishda bir o`qli va ikki o`qli ya`ni bir yoki ikki optik o`qli kristall bo`lishi mumkin. Yorug`lik nuri yo`nalishi va optik o`qi bo`ylab o`tuvchi tekislikka kristallning bosh optik o`qi deyiladi.
Oddiy nur kristallda hamma yo`nalishlar bo`ylab bir xil tezlikda tarqaladi, v0=c/n0 oddiymas nur tezligi ve=c/ne esa optik o`q bo`ylab oddiy nur tezligiga teng (n0=ne, v0=ve) bo`lib, boshqa yo`nalishlar bo`ylab farq qiladi, natijada kristallda yorug`likning ikkiga ajralib sinishi vujudga keladi.
Bir o`qli kristall ichiga nuqtaviy S yorug`lik manbasi o`rnataylik va oddiy hamda oddiymas nurning tarqalishini kuzataylik. Oddiy nurning to`lqin sirti sferik, oddiymas nurniki esa ellipsoid shaklida bo`ladi (3-rasmga qarang).
Oddiy va oddiymas nurlarning to`lqin sirtlari bir-biridan optik o`qqa perpendikulyar yo`nalishda eng katta farq qiladi.
Optik o`q yo`nalishida esa ular o`zaro teng bo`ladi. Agar oddiymas nurning tezligi oddiy nurning tezligidan kichik ve0 bo`lsa, kristall musbat kristall deb, oddiymas nurning tezligi oddiy nurning tezligidan katta ve>v0 bo`lsa, bunday bir o`qli kristall manfiy kristall deb ataladi. Island shpati manfiy kristalldir.
Qutblangan yorug`lik olish uchun ko`pincha prizma va qutblantiruvchilardan foydalanadilar. Prizmalar yassi qutblangan nur beruvchi va ikkita o`zaro perpendikulyar tekislikda qutblangan nur beruvchi prizmalarga bo`linadi.
Qutblantiruvchi prizmalardan Nikol prizmasida nurning yo`lini ko`raylik (4-rasmga qarang).


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling