Qurbonmurodov jahongirning


Sardoba suvomborining yorilishi


Download 0.92 Mb.
bet3/11
Sana31.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1311500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jahon tabiayt

Sardoba suvomborining yorilishi.
2) Insonning bu taʻsiri tabiat komponentlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarda qanday o'zgarishlarga olib keladi. Chunonchi bunyod etilgan suv ombori taʻsirida boshqa komponentlarda nimalar sodir bo'ladi, yaʻni yer osti suvi sathi ko'tariladimi, yer osti suvining sho'rligi qanday o'zgaradi, buning taʻsirida tuproq jarayonlarida qanday o'zgarishlar bo'ladi, suv omborining tevarak atrofidagi o'simlik qoplamida qanday o'zgarish ro'y beradi, tabiiy geografik jarayonlar (surilma, qulash, lyossning o'tirishi va b.)da o'zgarishlar bo'ladimi. Havoning harorati, namligi qanday o'zgaradi. Bularning hammasi o'simlik va hayvonot olamida qanday o'zgarishlarga olib keladi.
3)Maʻlumki, tabiat komponentlarigina o'zaro bog'langan bo'lmay, qo'shni landshaftlar ham o'zaro bir-biriga taʻsir ko'rsatib turadi. Binobarin, insonning xo'jalik faoliyati taʻsirida o'zgargan landshaft qo'shni landshaftlarga ham taʻsir ko'rsatadi. Shuning uchun ham insonning xo'jalik faoliyati taʻsiri bilvosita taʻsir ko'rsatilgan joydan atrofga qancha masofaga yoyiladi va u qanday oqibatlarga olib keladi. Buni o'rganish ham muhimdir.
4) Landshaftlarga ko'rsatiladigan har qanday taʻsir ularda muntazam ro'y beradigan o'zgarishlarga olib boradi. Bu o'zgarishlar juda xilma-xil bo'lishi mumkin:uzoq davom etadigan, qisqa vaqtda tugaydigan, asliga qaytadigan yoki qaytmaydigan, barqaror yoki beqaror va h.k. Landshaftlarning inson taʻsiri ostida o'zgarishining tezligi va yo'nalishi ularning barqarorligiga bog'liq. Shu sababli landshaftning tashqi taʻsirga nisbatan qanchalik barqaror ekanligini o'rganish tabiiy muhitga inson taʻsirini tadqiq qilishdagi markaziy masaladir.
1-Jadval

Tabiiy muhitning tarkibiy qismlari

Jamiyatning tabiatga ta’siri


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling