Qurbonmurodov jahongirning


Biologik muvozanatning o‘zgarishi va moddalarning biologik almashinishining buzilishi


Download 0.92 Mb.
bet5/11
Sana31.03.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1311500
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
jahon tabiayt

Biologik muvozanatning o‘zgarishi va moddalarning biologik almashinishining buzilishi. Organik dunyo landshaft komponentlari orasida antropogen ta’sirga ayniqsa kuchli beriladigan va o‘zgaradigan komponentlardir. Organik olamga antropogen ta’sir shakllari xilma-xildir (tasodifiy yoki ataylab o‘simlik va hayvonlarni bir landshaftdan boshqasiga o‘tkazish, ayrim turlarni tes - nobud qilish, biotsenozlar tuzilmasini buzish, katta maydonlarda tabiiy biotsenozlarni batamom yo‘qotish va ularni tabiiy - madaniy (suniy turkumlar bilan aholi manzilgohlari, yaroqsiz yerlar bilan almashtirish).
Organizmlar yashash sharoitining o‘zgartirilishiga arid va semiarid hududlardagi yerlarning sug‘orilishi, tabiiy muhitni ifoloslanishi, o‘rmonlarning kesilishi, o‘rmon yong‘inlari, ayrim hayvonlarning ko‘plab ov qilinishi sabab bo‘ladi. Bularning natijasida landshaftning tabiiy muvozanati o‘zgarib, biotsenoz ham o‘zgaradi. Biotsenozda ro‘y beradigan har qanday o‘zgarish organizmlar o‘rtasidagi aloqalarnigina o‘zgartirib qolmasdan, landshaftning noorganik komponentlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda ham aks etadi. O‘simlik qoplamining o‘zgarishi landshaftdagi geokimyoviy va geofizikaviy jarayonlarning o‘zgarishiga olib keladi. Ma’lumki, o‘simlik qoplami Quyoshning nur energiyasini fotosintez jarayonida kimyoviy energiyaga aylantiruvchi, minerallar va gazlarning aylanma harakatida muhim vositadir. Shu sababli o‘simlik qoplamining o‘zgarishi yoki buzilishi landshaftdagi geokimyoviy aylanma harakatga (uglerod, kislorod, azot, fosfor va b.) ta’sir etadi va uni o‘zgartiradi.
Geografik oqibatlarining ko‘lamiga ko‘ra o‘rmonlarning kesilishi birinchi o‘rinda turadi. O‘rmonlarning kesilishi tabiiy biotsenozlarning batamom yo‘qotilishiga, turli antropogen landshaftlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Tabiiy biotsenozlar tuproqdagi elementlar nisbatini bir xilda saqlab turadi, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘ladi. Agrosenozlarning vujudga kelishi tufayli tabiat moddalarining biologik aylanma harakatida ham sifat, ham miqdor jihatdan o‘zgarish ro‘y beradi. Madaniy ekinlarning hosili bilan birga tuproqdan millionlab tonna turli elementlar chiqib ketadi. Landshaftlarning biologik komponentlari tiklanuvchi komponent hisoblanadi. Ammo ekologik sharoit o‘zgartirilganda genofond nobud bo‘ladi va biologik komponentlar hech qachon tiklanmaydi. Qulay tabiiy sharoit va genofond mavjud bo‘lganda ham turli yo‘llar va turli vaqtda tiklanadi. Shu sababli tabiatdan foydalanishni tashkil etishda biologik komponentlarning bu xususiyatlari albatta e’tiborga olinishi lozim.
3-Rasm


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling