Qurbonmurodova Moxinur va Ochilova Mohigulning “O‘zbek tili tarixi” fanidan amaliy mashg‘ulot matni


Download 152.95 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2023
Hajmi152.95 Kb.
#1165012
  1   2   3
Bog'liq
o\'zbek tili tarixi mmm




Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
o‘zbek filologiyasi fakulteti 306-guruh talabalari
Qurbonmurodova Moxinur va Ochilova Mohigulning
“O‘zbek tili tarixi” fanidan
amaliy mashg‘ulot matni


Eski turkiy til davri.


Reja:
1.Eski turkiy til davri haqida umumiy maʼlumot.
2.Eski turkiy til davriga oid asarlar.
3.Eski turkiy til davri yozuvlari.
4. Xulosa

Eski turkiy til davri.
XI—XIV asrga kelib, siyosiy va ijtimoiy parokandalik (Qoraxoniylar davlatining ikkiga bo'linishi va b.) tufayli adabiy tilning ikkinchi shevasi shakllandi:biri —Sirdaryo quyi oqimi, Xorazm , Ozarbayjon, Qrim, Misrda tarqalgan y lashuvchi qipchoq-o‘g‘iz guruhi, ikkinchisi — Movarounnahrda shakilangan i-a-z lovchi qorliq, o‘g‘iz-qipchoq shevasi. Har ikki sheva XV asrda Navoiy asarlarida mukammailashtirilgan yagona eski o‘zbek adabiy tiliga asos bo‘ldi. Har ikki adabiy tilning asosi — qoraxoniylar davrida shakllangan eski turkiy til deb tushunish kerak.(G'. Abdurahmonov, Sh. Shukurov, Q.Mahmudov. O'zbek tilining tarixiy grammatikasi.B.19)
XI asrdan eski turkiy adabiy til davri boshlanadi.Bu bosqich XIV yuzyillikning boshlariga qadar davom etgan. Muhimi shundaki, bu davrning ilk bosqichlarida, xususan, qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili “qadimgi turkiy til” davrida yaratilgan bitiglar tiliga juda yaqin, ularda qadimgi yozma til an’analari davom etgan. Birgina misol: Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk” asarida keltirilgan turkiy og‘zaki ijod namunalari ham til, ham badiiy jihatdan ancha burungi davrlarga ildiz otgan. Yoki mashhur “Qutadg‘u bilig” dostonining tili, lug‘at qatlamidagi sanoqli arabcha, forscha so‘zlarni demaganda, ko‘k turk bitiglarining tili bilan aytarli birday.
Eski turkiy adabiy til davri quyidagi bosqichlarni birlashtiradi: 1) Qoraxoniylar davri tili (qoraxoniylar davrida yaratilgan yozma yodgorliklar tili);
2) “Chig‘atoy turkiysi”;
3) Eski xorazm turkiysi (Oltin O‘rda va Xorazm muhitida amal qilgan adabiy til);
4) Eski qipchoq tili (Misrda yozilgan grammatik asarlar va lug‘atlar hamda g‘arbiy turk o‘lkalarida qipchoqlar yaratgan asarlar tili);
5) Eski anato‘li turkchasi (Bu XIII–XV asrlarda o‘g‘uz turklari qo‘llagan yozma adabiy tildir. Keyinchalik buning negizida usmonli turkchasi otini olgan adabiy til yuzaga keldi.(Qosimjon Sodiqov Turkiy til tarixi. B.6)

Download 152.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling