Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Detallarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Detallarda uchraydigan nuqsonlar tasnifi. Turli jarayonlarning birgalikda 
detallarga ko‗rsatgan ta‘siri natijasida ularda nuqsonlar paydo bo‗ladi. 
Nuqsonlarning turi juda ko‗p bo‗lib, ularni quyidagi besh guruhga bo‗lish 
mumkin:
1) ish sirtlarining o‗lchamlari va geometrik shaklining o‗zgarishi;
2) ish sirtlarining o‗zaro joylashishidagi aniqlikning buzilishi;
3) detallarning mexanik shikastlanishi va deformatsiyalanishi;
4) zanglab shikastlanishi;
5) detallar ashyosining fizik-mexanik xossalarining o‗zgarishi.


93 
Detallar ish sirtlarining o‗lchamlari yeyilish natijasida o‗zgaradi. Sirtlar 
notekis yeyilganda ularning geometrik shakli buziladi. Fikrimizni asoslash uchun 
dvigateldagi eng muhim ikkita detal – silindrlar gilzalari va tirsakli valning 
yeyilish xususiyatlarini ko‗rib chiqamiz. Silindrlarning gilzalarida uning ichki ish 
sirti yeyiladi. Yeyilish natijasida gilza ish sirtining diametri kattalashadi, uning 
shakli esa buziladi. Gilzaning ichki sirti uzunligi bo‗yicha noto‗g‗ri konus, aylanasi 
bo‗ylab esa, oval shakliga keladi.
Silindrlar gilzasining yuqori qismi, yuqorigi kompression halqaning 
ishqalanish joyi ko‗proq yeyiladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Yonilg‗i 
yonganda gilzaning yuqori qismida gazlar harorati va bosimi keskin oshadi. Gazlar 
porshen halqalarining ostiga kirib, ularning gilza sirtiga bosimini oshiradi. Yuqori 
harorat natijasida moy parda suyulib, gilzaning yuqori qismini moylash sharoitlari 
yomonlashadi. Bundan tashqari, yonuvchi aralashma moyni qisman yuvib 
yuboradi. Yonilg‗i yonganda tarkibida karbonat angidrid gazi va oltingugurtli 
birikmalar bo‗lgan gazlar hosil bo‗ladi. Bu gazlar suv bug‗lari bilan qo‗shilib, 
sulfat va ko‗mir kislotalarini hosil qiladi, bu kislotalar sirtning zanglab yeyilishi 
uchun sharoit yaratadi.
Porshenning gilza devoriga notekis ta‘sir etishi gilza ish sirtining oval 
shaklga kelishiga sabab bo‗ladi. Bu esa porshenning gilza sirtiga bosimi katta 
bo‗lishligi bilan tushuntiriladi va shu joylar tez yeyiladi. 
Dvigatelning 
tirsakli 
vali 
ish 
jarayonida 
ish 
gazlarining 
siklik 
(takrorlanuvchi) bosimi, ilgarilanma harakatlanuvchi va aylanuvchi qismlarning 
inersiya kuchlari ta‘sirida bo‗ladi.
Bunday sharoitlarda tirsakli valning o‗zak va shatun bo‗yinlari yeyiladi. 
Tirsakli valning bo‗yinlariga kuchlar notekis ta‘sir etganidan ular aylana bo‗ylab 
notekis yeyiladi. Masalan, shatun bo‗yinlari tirsakli valning o‗zak bo‗yinlarining 
o‗qiga qaragan tomonda ko‗proq yeyiladi. Bunga sabab shuki, val bo‗ynining bu 
tomoniga inersion kuchlar uzluksiz ta‘sir etadi.
Ish sirtlarining o‗zaro joylashishidagi aniqlikning buzilishi mashinalarning 
detallarida ko‗p uchraydigan nuqsonlar qatoriga kiradi. Bunday nuqson sodir 


94 
bo‗lganda silindrsimon sirtlar mexvarlari o‗rtasidagi oraliq, mexvarlar va 
tekisliklarning o‗zaro parallelligi yoki tikligi, silindrsimon sirtlarning o‗qdoshligi 
buziladi va hokazo.
Nuqsonlarning sodir bo‗lishiga ish sirtlarning notekis yeyilishi, detallarni 
tayyorlashda paydo bo‗ladigan ichki kuchlanishlar, ish vaqtida detalga ortiqcha 
yog‗ tushib, ularda qoldiq deformatsiya paydo bo‗lishi va boshqalar sabab bo‗ladi. 
Detallar ashyosidagi ichki kuchlanishlar uning egiluvchanlik chegarasidan 
oshganda deformatsiya sodir bo‗ladi. Qoldiq deformatsiya detallarda egilish, 
buralish, qiyshayish ko‗rinishida bo‗ladi. Tirsakli vallar va taqsimlash vallari 
deformatsiyalanib qoladi, korpus detallar (silindrlar bloki, uzatmalar qutisining 
karteri va h.k.) qiyshayadi, shatunlar buraladi.
Detallarga o‗zgaruvchan ishorali kuchlar takror-takror ta‘sir etganda metalda 
ichki zo‗riqishlar to‗plana boradi, detallarning uzoq vaqtga chidamliligi kamaya 
boradi, darzlar va nuqsonlar paydo bo‗la boshlaydi, detal ashyosi toliqadi. 
Ashyolarning toliqish hodisasi tirsakli vallar, burish sapfalari, yarimo‗qlar, 
ressorlar, prujinalar kabilarda sodir bo‗ladi. Ashyolarning zanglab shikastlanish 
hodisasi detalga tashqi muhitning kimyoviy yoki elektr kimyoviy ta‘siri natijasida 
sodir bo‗ladi. Detallar zanglaganda ular sirtida oksid pardalar, dog‗lar va o‘yilgan 
joylar paydo bo‗ladi.
Detallarning nurashi, suyuqlik ta‘sirida sodir bo‗ladi. Nurash natijasida 
detallar sirtida o‗yilgan joylar va dog‗lar paydo bo‗ladi. Bunday shikastlanishni 
dvigatel sovitish tizimining detallarida, kuzovda va uning kapotlarida kuzatish 
mumkin. Agar detalga ta‘sir etayotgan suyuqlik tarkibida jilvir zarrachalar mavjud 
bo‗lsa, nurash kuchayadi.
Kavitatsion shikastlanishlar detalga ta‘sir etayotgan suyuqlik oqimi shu 
oqimda paydo bo‗lgan gaz pufakchalari ta‘sirida uzilib-uzilib turganda sodir 
bo‗ladi. Kavitatsion pufakchalar yorilganda gidravlik zarblar paydo bo‗lib, detal 
sirtida diametri 0,2 – 1,2 mm li chuqurchalar hosil bo‗ladi.
Detallardagi nuqsonlar qo‗shimcha dinamik yuklarni vujudga keltirib, 
ularning yeyilishini tezlashtiradi. Shuning uchun detallarni yaroqli-yaroqsizlarga 


95 
ajratib saralashda, nuqsonlarni topish va ta‘mirlash jarayonida ularni bartaraf etish 
zarur.

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling