Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va nazorat qilish texnologiyasi
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va nazorat qilish texnologiyasi
asoslari Detallar kirdan yuvib, tozalangandan keyin yaroqli-yaroqsizlarga ajratiladi, ya‘ni nuqsonlarni aniqlash maqsadida tekshiriladi va uch guruhga: keyinchalik foydalanishga yaroqli, yaroqsiz va ta‘mir talab detallarga saralanadi. Detallarning nuqsonlarini aniqlash va yaroqli-yaroqsizlarga saralash ishlari ishlab chiqarish samaradorligiga, shuningdek ta‘mirlangan mashinalar sifati hamda puxtaligiga katta ta‘sir etadi. Shuning uchun bu ishlarni texnik shartlarga aniq amal qilgan holda bajarish kerak. Detallardagi nuqsonlarni ko‗zdan kechirib, shuningdek maxsus asboblar, moslamalar va uskunalar yordamida aniqlanadi. Keyinchalik foydalanishga yaroqli detallar yashil rang, yaroqsizlari qizil rang, tiklashni talab etgan detallar esa sariq rang bilan belgilanadi. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish natijalari nuqsonlar ro‘yxatida qayd etiladi yoki maxsus hisoblash qurilmalari yordamida hisobga olinadi. Bu ma‘lumotlar statistik usullarda ishlangandan keyin detallarning 92 yaroqlilik, almashinuvchanlik va tiklash koeffitsientlarini aniqlash yoki ularga tuzatish kiritish imkonini beradi. Ishga yaroqli detallar saralangandan keyin korxonaning komplektlash (butlash) uchastkasiga, so‗ngra mashina agregatlarini yig‗ishga, yaroqsizlari esa chiqindilar omboriga yuboriladi. Ta‘mir talab detallar ta‘mirlashni kutayotgan detallar omboriga va tegishli tiklash uchastkalariga jo‗natiladi. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratish va saralash texnik shartlari karta (qog‗oz) ko‗rinishida bo‗lib, unda har qaysi detalga oid quyidagi ma‘lumotlar keltiriladi: detal to‗g‗risidagi umumiy ma‘lumotlar; detaldagi nuqsonlar ro‘yxati; nuqsonlarni bartaraf etish usullari; ta‘mirsiz ruxsat etiladigan o‗lchamlar va nuqsonlarni bartaraf etishning tavsiya etilgan usullari. Detallarni yaroqli-yaroqsizlarga ajratishda vaqtni tejash maqsadida quyidagi tartibga amal qilinadi. Detallarni tashqi tomondan ko‗zdan kechirib yirik darzlar, teshilgan-yorilgan, singan, tirnalgan, chizilgan, zanglagan joylar aniqlanadi. Detallar ish sirtlarining o‗zaro joylashishidagi va detallar ashyosining fizik- mexanik xossalaridagi nuqsonlar maxsus moslamalar yordamida aniqlanadi. Ko‗zga ko‗rinmaydigan nuqsonlar (ko‗rinmaydigan darzlar va ichki nuqsonlar) aniqlangandan keyin detallar ish sirtlarining o‗lchamlari va geometrik shakli tekshiriladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling