Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Nikellash. Elektrolit va kimyoviy nikellash detallarning yeyilishga 
chidamliligini oshirish, zanglashdan himoyalash va dekorativ qoplama hosil 
qilishda qo‗llaniladi. Elektrolitik nikellash xromlashdagi kabi tog‗oralarda 
bajariladi, kimyoviy nikellash esa, detallarni eritmaga botirib, ma‘lum haroratda 
tutib turish, (elektr tokini ishlatmasdan), metalni yeyilgan sirtga o‗tirishini 
ta‘minlashdan iborat. Yonilg‗i nasoslari va gidravlik asboblarning po‗lat, mis va 
alyuminiy qotishmalaridan aniq tayyorlangan detallarini unumdorligi bu usulning 
afzalligidir.
Mislash yeyilgan va siqilgan bronza vtulkalarni tiklash, sirtlarni 
sementlashda muhofazalash, elektr asboblarning kontaktlarini ta‘mirlashda yoki 
xromlash va nikellash oldidan quyi qatlam sifatida qo‗llaniladi.
Oqartirish – ta‘mirlangan detallarning ishlab moslanishini yaxshilash uchun 
sirtlarga qalay qatlamini yetkizishdan iborat. 
Detallarni plastik deformatsiyalash usuli bilan tiklash metallarning sovuq va 
issiq holatlarda plastik deformatsiyalana olish xossasiga asoslangan. Uglerodli 
po‗latlar, rangli metallar va ularning qotishmalaridan tayyorlangan detallar 
sovuqlayin, tarkibida ko‗pi bilan 0,3 foiz uglerod bor bo‗lgan detallar esa issiq 
holatlarda plastik deformatsiya usulida tiklanadi.


106 
Detallarni qizdirmasdan tiklashda katta kuch qo‗yish talab etiladi. Bunda 
metall tuzilishini o‗zgartirmasdan deformatsiyalanadi, puxtalash natijasida esa 
qovushqoqlik pasayadi, oquvchanlik chegarasi kattalashadi va detal metallining 
qattiqligi oshadi. Detalni suyuqlanish haroratining 0,8-0,9 qismigacha qizdirganda 
plastik deformatsiyalashga sarflanadigan kuch 12-15 hissa kamayadi, shunda uning 
tuzilishi va mexanik xossalari sezilarli darajada o‗zgarmaydi.
Amalda detallarni cho‗ktirib, bosib qirgizib, kengaytirib, aylanasiga siqib, 
cho‗zib va to‗g‗rilab tiklanadi. Bundan tashqari, detallarni tiklash va mexanik 
xossalarini yaxshilashning turli usullari keng qo‗llaniladi.
Detallarning yeyilgan sirtlarini bosim bilan ishlov berib tiklanganda 
detalning ishlamaydigan qismidagi metall uning yeyilgan qismiga suriladi. Bu 
jarayon detalni tayyorlash, deformatsiyalash va deformatsiyalangandan keyin 
ishlov berishdan iborat. Detallarni deformatsiyalashga tayyorlash ishlov 
beriladigan sirtlarni sovuqlayin deformatsiyalash oldidan yumshatish yoki yuqori 
haroratda qizdirib bo‗shatish, yoki issiqlayn deformatsiyalash oldidan ularni 
qizdirish ishlaridan iborat.
Qattiqligi 25 NRC dan kam bo‗lgan po‗lat detallar, shuningdek rangli 
metallardan tayyorlangan detallar dastlab termik ishlov bermasdan sovuqligicha 
deformatsiyalanadi.
Rus fizigi V.V. Petrov 1802 yilda yoyli razryad hodisasini va undan 
metallarni suyultirish uchun foydalanish mumkinligini aniqladi. 1882 yilda rus 
injeneri N.N. Benardos dunyoda birinchi bo‗lib metallarni payvandlashda elektr 
yoydan foydalanadi. Bunda o‗zgarmas tokda erimaydigan ko‗mir elektrod 
yordamida elektr yoy hosil qilinib, metall chiviq suyultirib yotqizilgan. 1882 yilda 
boshqa rus injeneri N.G.Slavyanov o‗zgaruvchan va o‗zgarmas toklarda eruvchan 
metall elektrod bilan elektr yoyli payvandlash usulini ishlab chiqdi. Bu usul hozir 
elektr payvanlashning asosiy turi sifatida keng qo‗llanmoqda. Bu usulda qalinligi 1 
mm va undan qalin uglerodli va legirlangan barcha markadagi po‗latlarni 
payvandlash va suyultirib qoplash, cho‗yan va rangli metallarni payvandlash 
mumkin.


107 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling