Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi
-§. Materiallarda o„zgarishlarni ta‟riflovchi qonuniyatlar tahlili
Download 4.07 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi
2.4-§. Materiallarda o„zgarishlarni ta‟riflovchi qonuniyatlar tahlili
Materiallar xususiyatlari va holatining o„zgarishi mahsulotning ishlamay qolishi sababi sifatida Mahsulot tayyorlangan materiallarning boshlang‗ich xususiyatlari va holatining o‗zgarishi uning ishlamay qolishining birinchi sababidir, chunki bu o‗zgarishlar mahsulotning shikastlanishiga va ishlamay qolish paydo bo‗lishi xavfiga olib kelishi mumkin. Materiallar xususiyatlari va holati o‗zgarishi jarayonlarini ta‘riflovchi qonuniyatlar qanchalik chuqur o‗rganilgan bo‗lsa, ekspluatatsiyaning ushbu sharoitlarida mahsulot harakatini shunchalik to‗g‗riroq bashoratlash mumkin. 117 Puxtalikni baholash uchun, odatda, ehtimollik tavsiflaridan foydalanilsa ham, bu mahsulot harakati to‗g‗risida faqat statistik izlanishlar asosidagina fikr yuritish mumkinligini anglatmaydi. Aksincha, mashina ishlamay qolishi asosida doimo fizikaviy qonuniyatlar yotadi, biroq ta‘sir etuvchi omillar turli-tumanligi va o‗zgaruvchanligi tufayli bu bog‗liqliklar ehtimollik xarakteriga ega bo‗ladi. Materialning shikastlanishi ma‘lum bir jarayoni tezligi qator kirish ko‗rsatkichlari qatori n Z Z Z ...; ; ; 2 1 va vaqtning t funksiyasi bo‗lsin, bunda ushbu bog‗lanish fizikaviy-kimyoviy qonunlar asosida olingan: t Z Z Z dt dU n ; ...; ; ; 2 1 . i Z ko‗rsatkichlari ekspluatatsiya shartlari (yuklamalar, tezliklar, harorat va boshqalar), material holati (qattiqlik, mustahkamlik, yuza sifati va hokazo) va materialning shikastlanishi jarayoni kechishiga ta‘sir etuvchi boshqa omillarni tavsiflaydi. Biroq ushbu hodisani yetarlicha to‗g‗ri ta‘riflovchi faqat funksional bog‗liqlikning bo‗lishidagina bu jarayon qanday kechishini aniq bashoratlab bo‗lmaydi, chunki n Z Z ...; ; 1 argumentlarning o‗zi tasodifiy kattaliklardir. Haqiqatan, mashina ishlashida yuklamalar, tezliklar, haroratlar, yuzalar ifloslanish darajasining ko‗zda tutilmagan o‗zgarishlari ro‗y beradi. Bundan tashqari, mashina detallarining o‗zi texnologik ko‗rsatkichlar (aniqlik, materialning bir turdaligi va boshqalar) turli yo‗l qo‗yishlar bilan bajarilgan bo‗lishi mumkin. Biroq jarayonning fizikaviy qonuniyatlarini bilish jarayon borishini baholash imkoniyatini bu jarayon faqat statistik kuzatishlar asosidagina baholanishiga nisbatan tubdan o‗zgartiradi. Funksional bog‗liqlik jarayon fizikaviy mohiyatini ma‘lum darajada yaqinlashtirish bilangina aks ettirsa ham, turli vaziyatlarda jarayon borishi ehtimolini bashoratlashga imkon beradi. Masalan, tenglamaga argumentlar o‗rtacha qiymatini qo‗yilishi jarayonni ta‘riflovchi tasodifiy funksiyaning matematik kutilishi to‗g‗risida tasavvur beradi, tasodifiy argumentlar dispersiyasi bo‗yicha esa tasodifiy jarayon dispersiyasini baholash mumkin. Shu sababli 118 ekspluatatsiya sharoitlarida materiallar xususiyatlarining o‗zgarishi qonuniyatlarini o‗rganuvchi ―Ishlamay qolishlar fizikasi‖ mashinalar puxtaligini o‗rganish va baholash uchun asos bo‗ladi. Download 4.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling