Qurbonov f. A. Tarmoq mashinalari puxtaligi


Ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar


Download 4.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/149
Sana28.10.2023
Hajmi4.07 Mb.
#1730975
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149
Bog'liq
F. Qurbonov - Tarmoq mashinalari puxtaligi

Ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar 
Shikastlanishni ruxsat etilgan va ruxsat etilmaganlarga bo‗lish bilan mos 
ravishda bunday tushunchani ishlamay qolishga ham qo‗llash maqsadga 
muvofiqdir.
Ruxsat etilgan ishlamay qolishlar eskirish jarayoni bilan bog‗liq bo‗lib, 
bular mahsulotning chiqish parametrlarini asta-sekin yomonlashuviga olib keladi. 
Bu yerda tasodifiy ishlamay qolishlarni kiritish lozim bo‗lib, ular mahsulotni 
ekspluatatsiya qilishda texnik shartlarda ko‗rsatilgan chegaralarda bo‗lsa, salbiy 
omillarning qo‗shilishidan kelib chiqadi. Ba‘zan konstruktor konstruksiyani 
osonlashtirish va arzonlashtirish uchun ataylab ishlamay qolish paydo bo‗lishining 
kichik ehtimolligiga ruxsat beradi. Bunda ishlamay qolish albatta, halokatli 
oqibatlarga olib kelmasligi kerak.
Ruxsat etilmagan ishlamay qolishlar ishlamay qolish va ekspluatatsiya 
qilishning quyidagi shartlarini buzilishi bilan bog‗liqdir: 
- mahsulotni tayyorlash va yig‗ishda texnik shartlarning buzilishi; 
- ekspluatatsiya qilish va ta‘mirlash qoidalari va shartlarining buzilishi – 
mashina ish tartibotining ruxsat etilganining oshib ketishi, ta‘mir qoidalarining 
buzilishi va hokazo; yashirin sabablar, texnik shartlar va me‘yorlarda hisobga 
olinmagan parametrlar. Mahsulot texnik shartlar bilan qat‘iy mos ravishda 
bajarilgan bo‗lishi mumkin, biroq texnik shartlarning o‗zi puxtalikka ta‘sir 
qiladigan va ekspluatatsiya qilish jarayonida yuzaga chiqadigan mavjud barcha 
omillarni hisobga olmaydi.
Mahsulot holatining faza fazosida tasodifiy jarayon trayektoriyasi 
sifatida berilishi 
Mashina yoki alohida tizim ishlamay qolishining turli variantlarini tahlil 
qilish uchun ushbu jarayonni dastlab ma‘lum bir mavhum matematik model kabi 
umumiy ko‗rinishda berish maqsadga muvofiqdir.
Har bir mahsulot uning holatni belgilovchi va 
 
t
X
vaqtning tasodifiy 
funksiyalari bo‗lgan ma‘lum bir 
n
X
X
X
...;
;
;
2
1
chiqish ko‗rsatkichlari (ishlash 


114 
ko‗rsatkichlari) bilan tavsiflanadi. Shu sababli tizimning ishlashi, uning holatining 
umumiy tavsifi kabi vaqtda o‗zgaradi.
Ko‗plik nazariyasi tushunchalaridan foydalanilsa, mahsulot ishlashi sohasini 
ishlamay qolish yuz bermaydigan 
i
X
ko‗rsatkichlar qiymatlari bilan belgilanuvchi 
G holatlar ko‗pligi kabi qarab chiqish mumkin. 
Ushbu 
 
t
X
holatining G ko‗plikka tegishliligi, ya‘ni 
 
G
t
X

, ushbu 
mahsulot ishlashini ko‗rsatadi. 
i
X
istalgan qiymati ushbu ko‗plik chegarasidan 
chiqqan bo‗lsa, mahsulot ishlamay qolishi ro‗y bergan. 
Mahsulot holati bir necha chiqish ko‗rsatkichlari bilan tavsiflanib, barcha n 
ko‗rsatkichlar o‗zgarishi jarayoni ro‗y bera boshlasa, G ko‗plik n-o‗lchamli faza 
fazosi bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Mashinaning ishlamay qolish jarayoni n-o‗lchamli faza fazosida 
 
t
X
tasodifiy funksiya trayektoriyasi tarzida berilishi mumkin. 
Faza trayektoriyasi koordinata o‗qlari 
 
 
 
t
X
t
X
t
X
n
...;
;
;
2
1
ni va (
0

t
vaqt 
momentida) boshlang‗ich koordinatalar tizimi 
n
X
X
X
0
02
01
...;
;
;
bo‗lgan 
 
t
X
vektor 
funksiya bilan ta‘riflanishi mumkin.
G ko‗plik chegaralari 
max
max
2
max
1
...;
;
;
n
X
X
X
ko‗rsatkichlarning eng chekka 
yo‗l qo‗yiluvchi qiymatlari bilan belgilanadi.
Misol sifatida 2.7-rasmda podshipniklar eskirishida ―g‗altak – tayanch‖ 
tuguni buzilishi jarayonining ikki realizatsiyasi ko‗rsatilgan bo‗lib, unda g‗altak 
aylanishi aniqligiga ikki asosiy ko‗rsatkichlar bo‗yicha talab qo‗yiladi: 
e
X

1
– 
g‗altakning radial urilishi (buralish eksentrisiteti) va 


2
X
– g‗altak o‗qi qiyaligi 
burchagi.
Mahsulotning boshlang‗ich holati 
0
e
va 
0

qiymatlari bilan tavsiflanib
g‗altak va uning tayanchlarining tayyorlanish texnologiyasi va yig‗ilishiga bog‗liq 
va muvofiq yo‗l qo‗yishlar bilan belgilanadi. Ko‗rsatkichlardan qaysi biri ishlatish 
texnik shartlarida ko‗rsatilgan yo‗l qo‗yiluvchi 
max
e
yoki 
max

qiymatdan oshib 
ketsa, chekka holat (ishlamay qolish) ro‗y beradi.


115 

Download 4.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling